Aholining daromadlari miqdori oshib borishi bilan jamg'armalar miqdori ham oshib boradi. Bundan tashqari iste’mol bozorida faqat fuqoralar emas, balki ularga xizmat ko'rsatadigan korxona va tashkilotlar ham xaridor hisoblanadi. Iste’mol va jamg'arish chizig'i iste’molchilar jamg'armasida bo'layotgan o'zgarishlarga, narx va soliq, iste’molchi qarzi darajasi, shuningdek, uy xo'jaliklarining taqsimlanadigan daromadlaridagi o'zgarishlarga bog'liq.
Iste’mol va jamg'armaga o'rtacha va chegaraviy moyillik aholi daromadlarining qancha qismi iste’molga va qancha qismi jamg'armaga ketyotganligini tushinish imkoniyatini beradi.
Investitsiya yoki kapital qo'yilmalar hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo'yilgan mablag' hisoblanadi. Demak, investitsiya yangi korxonalar qurishga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga ketgan xarajatlardan iborat. Investitsiyaga qilingan xarajatlar sof foydaning kutilayotgan me’yori va foiz stavkasiga bog'liq.
To’la ish bilan bandlik - barcha ishchi kuchining 100% ish bilan ta'minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friktsion va strukturaviy ishsizlik ilojsiz xol bo’lganligini xisobga olsak, biz mutlaq to’la ish bilan bandlilikka erishib bo’lmasligini tushunamiz.Agarda davriy ishsizlik bo’lmasa u xolda to’la ish bilan bandlilikka erishiladi. To’la ish bilan bandlik davrdagi ishsizlik ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi. Bunga ish qidiruvchilar soni bo’sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish mumkin. Agarda real ish xaqi xajmi oshsa ishbilarmon ishchi kuchiga bo’lgan talabni qisqartiradi, agar real ish xaqi xajmi kamaysa ishchi kuchiga bo’lgan talab ortadi.Ishsizlik tabiiy darajasining ikki xolatini, ya'ni, birinchidan, u iqtisodiyotning ishlab chiqarish potentsialidan to’liq foydalana- yotganligini ko’rsata olmaydi, chunki amaliyotda ishsizlik darajasi "ishsizlikning tabiiy darajasi"dan ko’proq bo’ladi, ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u qonun va milliy an'analar bilan boqliq xolda o’zgarishini bilishimiz lozim.