Byudjet hisobi va gaznachilik



Yüklə 63,33 Kb.
səhifə12/15
tarix24.12.2023
ölçüsü63,33 Kb.
#190873
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Byudjet hisobi va gaznachilik-fayllar.org

Buyuk Britaniya. 2013 yilda tashkil etilgan Raqobat va bozorlarni tartibga solish boshqarmasi (The Competition and Markets Authority) Buyuk Britaniyaning raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir asosiy organi hisoblanadi. Boshqarma Angliyada va qirollikning boshqa hududlarida iste’molchilar manfaati yo‘lida raqobat muhitini shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ustida ishlar olib boradi. Asosiy maqsad barcha diqqat e’tiborni bozorlarni iste’molchilar, korxonalar va iqtisodiyot manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga qaratishni ta’minlashdan iborat. Raqobat va bozorlarni tartibga solish boshqarmasi qonunlarga rioya etilishini va to‘g‘ri tushunilishini ta’minlash va hamda iste’molchilarga to‘g‘ri tanlovni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etish maqsadida boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Boshqarma kam ta’minlangan iste’molchilarni himoya qilish, bozorlarga ishonchni oshirish, iqtisodiy o‘sish va ishlab chiqarish mahsuldorligini qo‘llab-quvvatlash nuqtai nazaridan Buyuk Britaniya iqtisodiy hayotining markazi bo‘lib hisoblanadi.
Saudiya Arabistoni. Ushbu mamlakatda iste’molchilarning huquqlarini Saudiya Arabistoni Savdo vazirligi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi amalga oshiradi (Consumer Protection Agency at Ministry of Commerce). Agentlik iste’molchilarni firibgarlikdan, aldovdan hamda reklama qilishning ta’qiqlangan usullaridan, nohalol raqobatdan himoya qiladi, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash uchun tovarlar va xizmatlar ustidan nazoratni amalga oshiradi, iste’molchilik savodxonligini oshirish va tovarlar sifatini yaxshilash hisobiga milliy iqtisodiyotni mustahkamlash ham tashkilotning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Savdo vazirining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Agentlik rahbari sifatida faoliyat yuritadi va iste’molchilarga taalluqli normativ hujjatlarni ishlab chiqish va amalda qo‘llash, shuningdek, iste’molchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun va zaruriy qarorlarni qabul qilish uchun tegishli vazirlik va muassasalar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.[5]
Singapur. Singapur raqobat va iste’molchilar masalalari bo‘yicha komissiyasi (Competition and Consumer Commission of Singapore) davlat boshqaruv agentligi hisoblanib, uning asosiy vazifalari sifatida bozorlar adolatli faoliyat yuritishini rag‘batlantirish hamda iste’molchi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun teng imkoniyatlar yaratilishini ta’minlash hisoblanadi. Komissiya iste’molchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatlarni qabul qilmaydi, bu vazifani boshqa nodavlat tashkilotlar amalga oshiradi. Biroq Komissiya iste’molchilarga adolatsiz munosabatda bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan qonuniy chora qo‘llash vakolatiga ega hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu davlat organi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini olib boradi, shuningdek iste’molchilar bilimini oshirish maqsadida ko‘plab axborot materiallarini tayyorlaydi.

Yüklə 63,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin