Byudjet hisobi


 Byudjet tashkilotlari balans hisobvaraqlari va balans moddalarini



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix10.06.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#61166
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
14 Бюджет ҳисоби сиртқи узб

 
3. Byudjet tashkilotlari balans hisobvaraqlari va balans moddalarini 
inventarlash 
Qonunchilikka muvofiq asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital 
qo’yilmalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari, hisob-kitoblar va balansning 
boshqa moddalarini inventarizatsiyadan o’tkazishlari shart. 
Inventarizatsiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: asosiy vositalar
kapital qo’yilmalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari va qat’iy hisobda turuvchi 
blankalari va boshqa aktivlarning haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlariga taqqoslash yo’li bilan aniqlash, shuningdek moddiy boyliklar va 
pul mablag’larining saqlanishini nazorat qilish; qonunchilikda belgilangan tartibga 
muvofiq belgilangan normativdan yuqori bo’lgan va foydalanilmayotgan moddiy 
boyliklarni aniqlash; moddiy boyliklar hamda pul mablag’larini saqlash qoidalari 
va shart-lariga rioya qilish; balansda hisobga olingan moddiy boyliklar
kassalardagi, banklarning depozit hisob raqamlaridagi, shuningdek O’zbekiston 


27 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligining 
G’aznachiligi 
va 
uning 
hududiy 
bo’linmalaridagi (keyingi o’rinlarda G’aznachilik bo’linmalari deb yuritiladi) 
shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa 
moddalari qiymatining haqiqiyligini tekshirish. 
Balanslarda o’chirish va ustiga yozishlar bo’lmasligi kerak. Balanslarda 
xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni balanslarga imzo 
chekkan shaxslar tasdiqlaydilar. Moliyaviy hisobotlarga kiritilgan barcha 
tuzatishlar haqida ularni yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tekshirish va 
tasdiqlashda mazkur balanslar taqdim etilgan barcha joylarga (manzilgohlarga) 
majburiy tartibda xabar qilinishi shart. 
Tashkilotlar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) hamda boshqa byudjet 
mablag’larini oluvchilar (byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilar) o’z 
tasarrufidagi tashkilotlarning balanslarini qabul qiladilar, ko’rib chiqadilar hamda 
tasdiqlaydilar, agarda qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo’lsa. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya 
organlari o’tgan yilgi moliya yakunlarini chiqarishda vazirlik va idoralar, 
hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)ning o’z tasarrufidagi tashkilotlarining yillik 
balanslarini ko’rib chiqishda ishtirok etishlari mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari 
quyidagi huquqlarga ega: 
zarur hollarda balansda keltirilgan ma’lumotlar yuzasidan tushuntirishlar 
talab qilish; 
buxgalteriya balanslari ma’lumotlarini hamda ularning hujjatlar bilan 
asoslanganligini, shuningdek taftish dalolatnomalari va tashkilotning moliya-
xo’jalik faoliyatini o’rganish materiallarini joyida ko’rib chiqish. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organ lari 
balanslarda nomuvofiqliklar va noaniqliklar mavjud bo’lganda o’z e’tiroz va 
takliflarini tegishli tashkilotlarga ular qabul qilingan kundan boshlab 10 kundan 
kechiktirmasdan xabar qiladi. 


28 
Ma’lumki tashkilotda buxgalteriya xizmatini tashkil etish, moliya-xo’jalik 
faoliyatidagi amalga oshirilgan muomalalarni amaldagi qonun xujjatlariga 
muvofiqligi hamda buxgalteriya xujjatlarini saqlanishini ta’minlash tashkilot 
rahbari zimmasiga yuklatigan. Shundan kelib chiqqan holda, bevosita buxgalteriya 
xizmatining asosiy vazifasi kuyidagilarga qaratilmog’i kerak: 

buxgalteriya hisobini qabul kilingan qonuniy xujjatlar, yo’riqnomalar va 
boshqa me’yoriy xujjatlarga amal qilgan holda yuritish; 

buxgalteriya xujjatlarni o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda 
amalga oshirilayotgan muomalalarni qonuniyligini oldindan nazorat qilish; 

byudjet mablag’larini, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’larni smetada 
ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri va tejamli sarflanishi, shuningdek pul 
mablag’lari va moddiy boyliklarni butligi ustidan muntazam nazorat qilish; 

tashkilot xodimlarining ish xaqlarini, o’quv yurtlari talabalarining 
stipendiyalarini belgilangan tartibda o’z vaqtida hisoblab chiqish va to’lash; 

buxgalteriya hisobi va hisobotiga oid nizomlar, yo’riqnomalar, qo’llanmalar, 
uslubiy ko’rsatmalarni va bevosita buxgalteriya hisobiga oid me’yoriy – xuquqiy
xujjatlarni tizimli ravishda hisobini olib borish va ish jarayonida muntazam 
foydalanish va boshqalar.
Byudjet tashkilotlarida hisob ob’ektlari bo’yicha byudjet tashkilotlari 
buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqish. Bu orqali byudjet 
tashkilotlarida davlat sektori buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari 
talablaridan kelib chiqib o’ziga xos jihatlarni inobatga olgan holda byudjet 
tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish bo’yicha uslubiy 
ko’rsatma ishlab chiqish. Bunda faoliyat turidan kelib chiqib byudjet tashkilotlari 
buxgalteriya hisobini tashkil etishlari va yuritishlari yuqori turuvchi vazirlik va 
idoralar tomonidan yagona tarzda amalga oshirilishi lozim. 


29 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin