Qonunlashtiruvchi metrologiya sohasidagi xalqaro kelishuvlar.
Respublikada oʻlchashlar birliligining qonuniy asoslarini boshqarish sohasidagi davlat qarorlari.
Davlat standartlashtirish xizmati tomonidan qabul qilingan tarmoqlararo me’yorlashtirish aktlari.
Qonunlashtiruvchi metrologiya sohasidagi xalqaro kelishuvlar.
Metrologiyaning fan va texnikaning turli sohalarida mustaqil rivojlanishi oʻlchash vositalarini qiyoslash boʻyicha turli yoʻriqnomalar va me’yoriy hujjatlarning katta miqdori yaratilishiga sabab boʻldi, bu esa metrologiya sohasida va xususan oʻlchash asboblarini xalqaro almashuvini sezilarli darajada qiyinlashtirdi. Xalqaro savdoning rivojlanishi qiyoslash yoʻriqnomalarining birxillashishini, qiyoslash qoidalarining oʻzaro tan olinishini va oʻlchash asboblariga xalqaro miqyosda joizliklarni talab etdi. Shu maqsadda 1955 yilda Metrologiya qonunlarini chiqaruvchi xalqaro tashkilot (MOZM) tashkil etildi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi – davlat metrologik xizmatlarni va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir. Hozirgi vaqtda uning tarkibiga 59 ta mamlakat toʻla huquqli a’zo, 67 ta mamlakat esa korrespondent-a’zo hisoblanadi.
Tashkilot faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
– tashkilotga a’zo boʻlgan mamlakatlar uchun oʻlchash vositalarining uslubiy me’yoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash;