Tovarlar ishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan chiqarish tartibi.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli
bo’ladi:
1. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib, uning tarkibiga
kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar
ko’rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom
ashyo va materiallar.
2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o’rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inventarlarning, xo’jalik buyumlarining va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining qiymati.