Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi reja: Moliyaviyaktivlar va ular hisobini tashkil etish, maqsadi va vazifalari


Tashkilot naqd pullarining tushumlari va berilishi KO-4-son yoki 440-son shakldagi kassa daftarida hisobga olinadi. Bunda chet el valyutasi mablag‘lari bo‘yicha alohida kassa daftari yuritiladi



Yüklə 484,38 Kb.
səhifə8/8
tarix21.10.2023
ölçüsü484,38 Kb.
#158576
1   2   3   4   5   6   7   8
BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY AKTIVLAR HISOBI

Tashkilot naqd pullarining tushumlari va berilishi KO-4-son yoki 440-son shakldagi kassa daftarida hisobga olinadi. Bunda chet el valyutasi mablag‘lari bo‘yicha alohida kassa daftari yuritiladi.

Boshqa pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalar hisobi

Budjet tashkilotlarida boshqa pul mablag‘lari bo‘yicha akkreditivlar, yo‘ldagi pul mablag‘lari va tashkilotlarning boshqa pul mablag‘lari hisobi yuritiladi.

Akkreditiv shaklida hisob-kitob qilish tartibi Markaziy bank qoidalarida belgilab qo‘yilgan.Akkreditiv bankning shartli pul majburiyatnomasi bo‘lib, bank bu xujjatni mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontragentiga beradi. Bu shartnomaga ko‘ra akkreditiv ochgan bank (emitent bank) mahsulot yetkazib beruvchiga pul to‘lashi yoxud shunday to‘lovlar o‘tkazish uchun boshqa bankka vakolat berishi mumkin. Bunda mijoz akkreditivda ko‘zda tutilgan xujjatlarni taqdim etishi va akkreditivning boshqa talablarini bajarishi shart qilib qo‘yiladi. Akkreditiv asosan mol yetkazib beruvchining taldabiga muvofiq ochilishi mumkin. Mol yetkazib beruvchi nomiga akkreditiv ochilganda yetkazib beriladigan tovarlar, ish va hizmatlar uchun to‘lov kafolatlanishi ta’minlanadi.

 Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin:

 Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin:

- qoplangan (deponentlangan) yoki qoplanmagan (kafolatlangan);

- qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan.

Agar akkreditiv ochilayotgan vaqtda emitent bank to‘lovchining o‘z mablag‘larini yoki unga berilgan kreditni emitent bank majburiyatlari amal qiladigan butun muddatga «Akkreditivlar» degan alohida balans hisobvarag‘iga qo‘yish uchun mahsulot yetkazib beruvchi banki (ijrochi bank) ixtiyoriga o‘tkazsa, bu qoplangan (deponentlangan) akkreditiv hisoblanadn.

Banklar orasida korrespondentlik munosabatlari o‘rnatilgan hollarda qoplanmagan (kafolatlangan) akkreditiv ijrochi bankda unga emitent bankning ijrochi bankdagi hisobvarag‘idan butun akkreditiv summasini chiqarib olish xuquqini berish yo‘li bilan ochilishi mumkin.

“Boshqa pul mablag‘lari” schyotida quyidagi subschyotlarda yuritiladi. 130 “Akkreditivlar”;

131 “Yo‘ldagi pul mablag‘lari”;

132 “Pul ekvivalentlari”.


Yüklə 484,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin