v) kapital qurilish ob’ektlari bo‘yicha xarajatlarning oylik yoyilmasi, qurilishlarning manzilli ro‘yxati (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati) nusxasi, qurilishlarning titul ro‘yxati nusxasi (kapital qurilish buyurtmachilari uchun);

g) bir nusxada yuqori tashkilot tomonidan yoki notarial tasdiqlangan moliyaviy hujjatlarga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotning mansabdor shaxslarining imzo namunalari va shaxsiy hisobvaraqlar bilan muomalalarni amalga oshirishdagi tashkilotning muhr izi tushirilgan kartochkasi.
Shahsiy hisobvaraq ochilgandan keyin G‘aznachilik bo‘limlariga belgilangan tartibda naqt pul va boshqa buxgalteriya xujjatlarini olish uchun moddiy javobgar shaxs nomiga ishonchnoma rasmiylashtirilib taqdim etiladi. Bu ishonchnoma berilgan shaxs nomiga g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan naqt pul olish uchun chek rasmiylashtirilib beriladi yoki g‘aznachilik bo‘limlaridan shahsiy hisobvaraqdan ko‘chirma va unga ilova qilingan xujjatlarni olishiga ruxsat beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli "Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, budjetdan mablag‘ oluvchilarni Davlat budjetidan xarajatlarning to‘rt guruhi bo‘yicha moliyalashtirish tartibi belgilangan:

I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);