25-27 gacha razryadlar - budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraq raqami kodi.
Moliyaviy aktivlarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar belgilangan: 10 “Hisobvaraqlardagi budjet mablag‘lari”; 11 “Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar”; 12 “Kassa”; 13 “Boshqa pul mablag‘lari”; 14 “Moliyaviy qo‘yilmalar”.
Moliyaviy aktivlarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar belgilangan: 10 “Hisobvaraqlardagi budjet mablag‘lari”; 11 “Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar”; 12 “Kassa”; 13 “Boshqa pul mablag‘lari”; 14 “Moliyaviy qo‘yilmalar”.
Hisobvaraqlardagi budjet mablag‘larining hisobi.
Davlat budjeti g‘azna ijrosi sharoitida budjet tashkilotlari pul mablag‘lari G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlarida ochilgan shahsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. G‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari pul mablag‘lari banklarda ochilgan hisobvaraqlarida yuritiladi. Budjet tashkilotlarining budjet mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarining ochilishi moliya organlari tomonidan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
a) budjetdan mablag‘ oluvchining moliya organi rahbarining yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning ruxsat beruvchi yozuvi qo‘yilgan shaxsiy hisobvaraq ochish to‘g‘risidagi arizasi.
Agar, budjetdan mablag‘ oluvchi bir vaqtning o‘zida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, quyi budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lsa, tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochish uchun bir nusxada ariza, unga ilova qilib xizmat ko‘rsatiladigan quyi budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxati taqdim etiladi;
b) xarajatlar smetasi nusxasi, jumladan vaqtinchalik va aniqlangan hamda unga moliya organlarining mansabdor shaxslari tasdiqlagan va moliya organlarining muhri qo‘yilgan zarur hujjatlarning ilovalari bilan, Zaxira jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalari nusxalari.