Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi reja: Moliyaviyaktivlar va ular hisobini tashkil etish, maqsadi va vazifalari



Yüklə 484,38 Kb.
səhifə4/8
tarix21.10.2023
ölçüsü484,38 Kb.
#158576
1   2   3   4   5   6   7   8
BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY AKTIVLAR HISOBI

II. Ish haqiga qo‘shimchalar;

III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq);

IV. Boshqa xarajatlar (oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va boshqa xarajatlar).

Budjetdan mablag‘ oluvchilarning I va II guruh bo‘yicha xarajatlar to‘lovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda, I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari to‘lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi.

Tegishli budjet bo‘yicha I va II guruh xarajatlari to‘lovi uchun g‘azna hisobvaraqlarida zarur mablag‘larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo‘lganda, I va II guruh xarajatlarini to‘liq amalga oshirgan tashkilotlar bo‘yicha IV guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi.

IV guruh "Boshqa xarajatlar" bo‘yicha mablag‘larning sarflanishi o‘rnatilgan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:

- ovqatlantirish;

- dori-darmonlar;

- kommunal xizmatlar;

- boshqa xarajatlar.

Buxgalteriya hisobida g‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari budjet pul mablag‘lari hisobi 10 “Hisobvaraqlardagi budjet mablag‘lari” schyotida quyidagi subschyotlarda yuritiladi:

Buxgalteriya hisobida g‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari budjet pul mablag‘lari hisobi 10 “Hisobvaraqlardagi budjet mablag‘lari” schyotida quyidagi subschyotlarda yuritiladi:

100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari”; 101“Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari”. 100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” subschyotida g‘azna ijrosiga o‘tilmagan ayrim tashkilotlarning markaziy apparatini saqlash uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq sarflanadigan mablag‘larning harakati hisobga olinadi.

101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” subschyotida bosh mablag‘ taqsimlovchilar tomonidan qaramog‘idagi muassasalarga o‘tkazish uchun va markazlashtirilgan tadbirlarga sarflash uchun mo‘ljallangan mablag‘lar, shuningdek kapital qo‘yilmalar va boshqa tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun (kapital qo‘yilmalarning hisobi xarajatlar smetasining ijrosi bilan yagona balansda yuritilgan hollarda) ajratilgan mablag‘lar xarakati hisobga olinadi. Quyi mablag‘ taqsimlovchilar tomonidan bu subschyotda ular ixtiyoriga ochilgan va muassasalarni saqlash uchun, shuningdek, qaramog‘idagi muassasalarga o‘tkazish uchun moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobga olinadi.


Yüklə 484,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin