Boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi
Byudjet tashkilotining boshqa daromadlari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu – tashkilotning ushbu mablag’lari bo’yicha moliya yili mobaynida hisoblangan daromadlari va mazkur vaqt mobaynida amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichdir. Bunda ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlarva ular hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar bo’yicha moliyaviy natijalarni aks ettiriladi. Byudjet tashkilotining boshqa daromadlari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija 27 “Boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” scho’tida hisobga olinadi.
Buxgalteriya o’tkazmalari
№ Muomalalar mazmuni DT KT
1. Boshqa daromadlar hisobiga sotib olinganda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar hisobdan 270 271 chiqarilganda
2. Moliya yili oxirida boshqa byudjetdan tashqari 272 270 daromadlar hisobdan chiqarilganda
3. Yil oxirida inventarizatsiya natijalariga ko’ra aniqlangan ortiqcha mol-mulklar qiymatini 273 270 moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarilganda
4. Boshqa byudjetdan tashqari daromadlar bo’yicha joriy moliyaviy natijalar (ijobiy) hisobdan 270 284 chiqarilganda
5. Boshqa byudjetdan tashqari daromadlar bo’yicha joriy moliyaviy natijalar (salbiy) hisobdan 284 270 chiqarilganda
Byudjet tashkilotlarida boshqa daromadlar bo’yicha moliyaviy natijani shakllanishini sxematik ko’rinishi