Debetorlik qarz vujudga kelgan bo’lishi mumkin, ya’ni mablag’ yetkazib berilgan (kassa xarajati amalga oshirilgan ), lekin 500.0 ming so’m miqdorda tovar olinmagan.
Materiallar olingan lekin xarajatga chiqarilmagan (asosiy vositaga eskirish hisoblanmagan) yoki byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari hisob-varaqlariga (masalan, rivojlantirish jamg’armasiga) o’tkazilgan, lekin xarajat qilinmagan.
Aktiv
Passiv
Nomoliyaviy
aktivlarni
hisobga oluv-
chi subscho’t
yoki 112 -
subscho’t
Byudjet
mablag’lari
boyicha joriy
yilga moliyaviy
natija
500.0
500.0
Balans
Balans
500.0 ming
so’m
b)
500.0 ming
so’m
Byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi
Byudjet tashkilotining byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu – tashkilotning byudjet mablag’lari hisobiga moliya yili mobaynida amalga oshirilgan kassa xarajatlari va mazkur vaqt mobaynida byudjet mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichdir. Byudjet mablag’lari bo’yicha moliyaviy natija 23 “ Byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar ” scho’tida hisobga olinadi.