Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzishning hususiyati, maqsadi va ahamiyati


Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini va shtatlar jadvalini tuzish ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibi huquqiy asoslari



Yüklə 60,28 Kb.
səhifə3/7
tarix20.04.2023
ölçüsü60,28 Kb.
#101110
1   2   3   4   5   6   7
Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini

2.Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini va shtatlar jadvalini tuzish ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibi huquqiy asoslari
Shtatlar jadvali rejalashtirilayotgan yilning 1 yanvar holatiga har bir tashkilot bo‘yicha alohida holda, ularning tuzilmaviy bo‘linmalari kesimida mazkur tashkilot uchun o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq ravishda tuziladi.
Shtatlar jadvaliga kiritiladigan lavozimlar nomlari va ma’muriy- boshqaruv, o‘quv-yordamchi va yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi va texnik) xodimlarining soni, xodimlar va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha ularning razryadlari (bazaviy stavkalari) quyidagilarga muvofiq bo‘lishi shart:

  • belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadvalida va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlarda (bazaviy stavkalarda) nazarda tutilgan lavozimlarga;

  • xodimlarning umumiy birliklari doirasiga va boshqaruv xizmatchilarining xodimlar birliklariga;

  • davlat boshqaruv organlarida xodimlar toifalarining me’yoriy nisbatlarini Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari lavozimlarining nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003 y., 23-son. ro‘yxat raqami 1288, 2003 yil 9 dekabrda tasdiqlangan qaror bilan tarifikatsiya ro‘yxatiga muvofiq mehnatga haq to‘lanishi hisob-kitob qilinadigan lavozimlar shtatlar jadvaliga stavkalar soni, lavozimlarning har bir guruhi bo‘yicha (o‘qituvchilar), to‘lovlarning turlari bo‘yicha oylik mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini ko‘rsatgan holda va tarifikatsiya ro‘yxatini shtatlar jadvaliga ilova qilgan holda kiritiladi.

Shtatlar jadvalida, shuningdek, yakun bo‘yicha alohida qatorda mehnatga haq to‘lash shartlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi va yil bo‘yicha hisob-kitoblar natijasida ustamalar to‘lashga, qo‘shimchalar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ko‘rsatiladi. masalan, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga nisbatan 15 foiz miqdorda shakllanadigan Byudjet tashkilotlari va muassasalarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi. Uzoq yillik mehnati uchun bir martalik rag‘batlantirishni to‘lash, moddiy yordam ko‘rsatish, mukofotlash uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetlarida hamda mahalliy byudjetlarda turuvchi har bir maktabni moliyalashtirish uchun tasdiqdangan xarajatlar smetalari bo‘ladi va shu asosda byudjetdan moliyalashtirish amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasi maktabni saqlashga hamda xo‘jalik va madaniy qurilish bo‘yicha markazlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishga byudjetdan moliyalashtirishning hajmini, maqsadli yo‘nalishini va choraklar bo‘yicha taksimotini belgilovchi asosiy reja hujjati bo‘lib hisoblanadi.
Maktablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli «Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan byudjetdan moliyalashtirish normativlariga asoslangan holda, tasdiqlangan namunaviy shtatlar asosida xarajatlar smetalari, shuningdek, shtat jadvallarini mustaqil ishlab chiqadi. Xarajatlar smetalariga faqat Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, shu bilan birga belgilangan xarajatlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimiyatlar tomonidan, ularga berilgan huquqlar doirasida nazarda tutilgan xarajatlar kiritiladi.
Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi maktab bo‘yicha xarajatlar smetalari
1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan muddatga tuziladi va amal qiladi. Joriy yilda ishga tushiriladigan maktablar bo‘yicha esa ularning byudjet yilida ishlagan muddatiga tuziladi va amal qiladi.
Xarajatlar smetalari maktablar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining amaldagi iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhi bo‘yicha, boshqa xarajatlar va ularning hisob-kitobini o‘z ichiga olgan to‘liq yoyilmasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllari asosida tuziladi. Maktablarning xarajatlar smetalari tegishli yuqori halq ta’limi organlari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Xarajatlar smetasini tuzish bo‘yicha ishlarni tashkil etish davomida avval sanab o‘tilgan maktablarning tegishli yuqori xalq ta’limi organlari o‘zlarining tasarrufidagi maktablarga xalq deputatlari Kengashi sessiyasining qarorlaridan va moliya organlarining ushbu masala bo‘yicha ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil xarajatlar smetalarini tuzish tartibi va muddatlari haqida ko‘rsatmalar beradilar. Bir vaqtning o‘zida ularga ijtimoiiy rivojlanishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida (sinflar soni, o‘quvchilar soni va h.k.) kelgusi yil uchun ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yozma ravishda xabar qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalporiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, tegishli hokimiyatlarning xalq ta’limi boshqarmalari va bo‘limlari raxbarlarining o‘zlari tasarrufidagi maktablarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun xujjatlariga zid bo‘lmasa, jumladan:

  • xarajatlar smetasiga ish haqi uchun mablag‘lar o‘rnatilgan ish haqi tizimi, ish haqi stavkalari va ularga qo‘shimcha to‘lovlardan, amaldagi namunaviy shtatlar va normativlarga rioya qilishdan kelib chiqib, foydalaniladi;

  • o‘qituvchilarning ish haqi uchun kerakli mablag‘lar summalarini aniqlashda, qonun xujjatlarida belgilangan ish haqi stavkalaridan hamda o‘quv yuklamalariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejasi, tasdiqlangan tarifikatsiyaga muvofiq daftar tekshirish va sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha haq to‘lash me’yorlaridan kelib chiqiladi;

  • xodimlarning ish haqi summasiga nisbatan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga o‘tkaziladigan summalar hajmi, O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan barcha ish haqi summasiga nisbatan hisoblanadigan, qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urta badallari hisoblanadigan sug‘urta to‘lovlari tariflariga asosan xarajatlar smetasiga kiritiladi;

  • kommunal xizmatlar uchun xo‘jalik xarajatlari kommunal xizmatlar uchun amaldagi baho va tariflar asosida hisoblanadi;

  • bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatlanishga ketadigan xarajatlar summasi qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan tashkilotlarning ayrim turlari uchun belgilangan ovqatlanish me’yorlari ovqatlanish kunining sonidan kelib chiqib hisoblanadi;

  • dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar summasi qonun xujjatlari bilan belgilangan pul xarajatlari me’yoriga qarab hisoblab chiqiladi;

  • ijtimoiy-madaniy tashkilotlarni ayrim guruhi uchun kiyim-kechak poyafzal, choyshab, yotish anjomlari va boshqa yumshoq buyumlar sotib olishga ketadigan xarajatlar, moddiy ta’minotning amaldagi me’yorlari asosida, lekin ajratilgan mablag‘lar doirasida, hisoblanadi.

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va xarajatlarning byudjet mablag‘laridan tashqari qoplashning boshqa manbalariga ega bo‘lgan maktablar ham qo‘shimcha daromadlar va ulardan kelib chiqadigan xarajatlar uchun xarajatlar smetasini tuzadilar. Bu xarajat smetalari bo‘yicha daromadlar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarga qarab aniqlanadi.
Maktabning xarajatlar smetasi uch nusxada tuziladi va maktabning direktori hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi, smetaning birinchi nusxasi. Maktabda, ikkinchi nusxasi tegishli mahalliy moliya organida qoladi va uchinchi nusxasi yuqori xalq ta’limi organiga taqdim etiladi.
Kelgusi yilga ochilishi kerak bo‘lgan maktablarni tashkil etish, saqlash bo‘yicha xarajatlar smetasi xokimiyatlarning tegishli xalq ta’lim organlari tomonidan har bir yangi tashkil etilayotgan maktabga alohida holda, ish haqining o‘rtacha stavkasi va faoliyat ko‘rsatayotgan tegishli maktablarda mavjud bo‘lgan xarajatlarning o‘rtacha me’yorlaridan kelib chiqdan holda tuziladi. Bunda yangi maktablarni saqlash uchun ketadigan xarajatlar ushbu maktablar ochilishi belgilangan muddatlardan kelib chiqib, ushbu muddat to‘g‘ri keladigan yilning qismiga hisoblanadi. Kelgusi yilda maktablarning o‘qituvchilari uchun ish haqi bo‘yicha umumiy xarajatlar smetalarini tuzishda smetaga ilova va o‘qituvchi hamda maktablarning boshqa xodimlari uchun tegishli xalq ta’limi organi smetasi bo‘yicha nazarda tutilgan ish haqi fondining hisob-kitobi to‘ldiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Respublika byudjetida turuvchi maktablarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetida turuvchi maktablarga, viloyatlar byudjetida turuvchi maktablarga, shaharlar byudjetida turuvchi maktablarga va tumanlar byudjetida turuvchi maktablarga bo‘linishi sababli ularni xarajatlar smetalarini ham muayyan maktab qaysi byudjetda tursa, shu byudjetni ijrosi bilan shug‘ullanuvchi tegishli moliya organi ko‘rib chiqishga qabul qiladi.
Tegishli xalq ta’limi organlari o‘z tasarrufida bo‘lgan maktablardan kelib tushgan umumiy va alohida xarajatlar smetalarini quyidagi tartibda ko‘rib chiqadi:
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman byudjeti loyihasi tegishli idoralarda ko‘rib chiqilishi bilan tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralar bo‘yicha xarajatlarini qoplashga belgilangan mablag‘larning summasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman bo‘yicha esa jami tarmoqlar bo‘yicha, byudjetni tasdiqlashda qabul qilingan summalarni, ish xaqi, ish haqiga ajratma, kapital qo‘yilmalar va O‘zbekiston Respublikasi Xukumati tomonidan byudjetni tasdiqlash paytida eng ko‘p miqdorlari belgilanadigan boshqa xarajatlar haqida zudlik bilan xabar qiladilar. Xalq ta’limi organlari tegishli moliya organlari tomonidan xabar qilingan tegishli tarmoqlar bo‘yicha mablag‘lar doirasida, maktablarning bo‘ysunuvidan va xarajat me’yorlaridan kelib chiqib, o‘z tasarrufidagi tashkilotlarga tegishli byudjetlar bo‘yicha (respublika, viloyat (Toshkent shahar) byudjeti va viloyat bo‘ysunuvidagi tuman va shahar, shuningdek shahar bo‘ysunuvidagi tumanlar byudjetlari bo‘yicha) mablag‘larining hajmini alohida yetkazadi.
Xalq ta’limi organlarining rahbarlari o‘zlari tasarrufidagi maktabning xarajatlar smetasi loyihalarini ko‘rib chiqadilar va xarajatlarni tashkilotlar smetalari bo‘yicha tegishli byudjetlarda turganlar uchun belgilangan mablag‘lar doirasida kabul qiladilar.
Bir vaqtning o‘zida xarajatlar smetasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari hisoblanadi hamda ularni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish ko‘rsatkichlariga mosligi tekshiriladi. Tegishli xalq ta’limi organlari belgilangan yillik byudjetning choraklar bo‘yicha taksimotiga amal qilgan holda, xajmlari byudjet bilan har bir chorakka alohida belgilangan xarajatlar smetalarining umumiy summasi, shchuningdek ish haki, ish haqiga ajratmalar, kapital qo‘yilmalar va boshqa turdagi xarajatlar summasini byudjetning tasdiqlangan choraklar bo‘yicha taksimotiga to‘g‘ri kelishini ta’minlaydi.
Umumiy xarajat smetalari tasdiqlanganidan so‘ng tegishli xalq ta’limi organi (yoki markazlashtirilgan buxgalteriya) bu xarajatlar smetalari bo‘yicha moliyalashtiriladigan maktablarga quyidagilarni xabar qiladilar:

  • shtatlar va maktab xodimlari ish xaqi stavkalari haqidagi ma’lumotni;

  • ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari (o‘quvchilar, sinflar, bolalar, joylar, joy-kun, bola-kun va h.k.), bepul yoki imtiyozli ovqat oluvchi o‘quvchilarning soni, birinchi sinf o‘quvchilarining soni, aholining kam ta’minlangan qismidan bepul qishqi kiyim va poyafzal ajratiladigan boshlang’ich sinf o‘quvchilarining soni va boshqa tarmoq ko‘rsatkichlarini;

  • ovqatlanishga, dori-darmonlarga ketadigan xarajatlarning me’yorini;

  • maktabni xo‘jalik va davolash maqsadlari uchun rejalashtirilayotgan yilga ajratiladigan tegishli natural ko‘rsatkichlarini;

  • byudjet mablag‘lari doirasida sotib olishga muljallangan inventarlar va asbob-uskunalar ro‘yxatini;

  • kapital ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxatini;

  • tegishli moliya organlari tomonidan, yuqori moliya organlari bilan kelishilgan holda, belgilangan maktablarga xabar beriladigan ko‘rsatkichlar va shakllar ro‘yxatini.

Maktablarning belgilangan tartibda tasdiqdangan xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, shuningdek amaldagi smetalarga va shtat jadvallariga kiritiladigan o‘gartirishlar moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng amalga kiritiladi.
Yuqorida aytilanidek, maktabning shtat jadvallari va xarajatlar smetalarini ro‘yxatdan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli bank muassasalari maktablarning ish haqiga va xarajatlariga mablag‘lar berishni, ularning xarajatlar smetasini tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiradilar.
Maktab xarajatlar smetasining ijrosi bevosita ushbu maktabning direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabda o‘qituvchilarni tarifikatsiyalash.
«Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilarini tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar»iga ko‘ra o‘qituvchilar tarifikatsiyasi har yili 1 sentyabr holatida sinflar, guruhlar to‘ldirilgan hamda o‘quv yuklamasi taqsimlangandan so‘ng amalga oshiriladi. Ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006 yil 5 yanvardagi 03 - 01/23-sonli qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlangan Tarifikatsiya bo‘yicha ishlar maktab direktori buyrug‘i bilan tashkil etiladigan tarifikatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Bu ishlarni o‘tkazishda umumta’lim muassasasi direktori, direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda ushbu muassasa kasaba uyushmasi raisi ishtirok etadi.
Tarifikatsiya komissiyasi o‘quv rejasi asosida maktabdagi o‘qituvchilarning sonini, ularning o‘qitadigan fani bo‘yicha mutaxassisligini, shuningdek, pedagogik tajribasini va toifasini hisobga olgan holda har bir o‘qituvchiga o‘quv va pedagogik yuklamalarini taqsimlashni amalga oshiradi. O‘qituvchining umumiy yuklamasi o‘quv va pedagogik yuklamadan iborat bo‘lib, u bir yilda 1548 soatni tashkil etadi. Pedagogik yuklama belgilangan o‘quv yuklamasidan proportsional ravishda boshlang‘ich sinflarda 1,0 va yuqori sinflarda 0,8 koeffitsientlarni qo‘llash orqali belgilanadi. Reja bo‘yicha o‘qituvchining umumiy bir oylik yuklamasi 154,8 soatni tashkil qiladi. Xaftalar soni bir oyda 4,3 hafta deb qabul qilingan. O‘qituvchining 1,0 stavkasi uchun haftalik umumiy yuklamasi 36 soatni (boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘quv yuklamasi 18 soat va pedagogik yuklamasi 18 soat; yuqori sinf o‘qituvchisining o‘quv yuklamasi 20 va pedagogik yuklamasi 16 soat) tashkil qiladi. Lavozimlar qo‘shib olib borilganda yoki xodim asosiy vazifasi bilan bir vaqtda vaqtincha ish joyida bo‘lmagan o‘qituvchining vazifalarini bajarganda uning oylik, chorak va yillik yuklamalari bajarilgan ishlari hisobiga oshadi. Vaqtincha ishda bo‘lmagan o‘qituvchining vazifalarini o‘rindoshlik asosida bajarganda u pedagogik yuklamani barcha komponentlar bo‘yicha to‘liq hajmda bajarishi shart.
Boshqa maktablardan o‘rindoshlik asosida jalb etilgan pedagog va mutaxassislar mehnatiga hamda maktabning rahbar xodimlariga asosiy lavozimini haftasiga 10 soatgacha o‘qituvchilik lavozimi bilan qo‘shib olib borib o‘quv yuklamasini bajarishi mumkin va ularga soatbay ish haqi hisoblanadi. O‘rindoshlik asosida o‘qituvchilik lavozimida ishlovchi xodimlarga to‘lanadigan soatbay haq bazaviy tarif stavkasini o‘quv komponentidagi soatlarga 0,8 koeffitsientni qo‘llab aniqlanadi.
O‘rindoshlik asosida ishlovchi o‘qituvchi o‘ziga yuklatilgan pedagogik yuklamalarini ayrim komponentlarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Bajarilishi majburiy bo‘lmagan yillik yuklamaning ayrim komponentlari mehnat shartnomasida aniq belgilangan bo‘ladi. Tarifikatsiya ro‘yxatlari ma’lumot va malaka toifalarini berish haqidagi hujjatlarning tasdiqlangan nusxasi, qonunchilikda ko‘zda tutilgan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar joriy etilishi haqidagi buyruq nusxasi bilan birga muayyan maktab bo‘ysunuvchi tegishli yuqori halq ta’limi organiga taqdim etiladi.
Byudjet mablaјlari bo‘yicha. Doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro‘yxatga olinguniga qadar - birinchi chorak uchun oylar kesimida moliya bo‘limlarida ro‘yxatga olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari nusxalarini. Doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro‘yxatga olingandan so‘ng moliya organlarida ro‘yxatga olingan, oylar kesimida doimiy xarajatlar smetalarini. Byudjetdan tashqari mablaјlar bo‘yicha moliya organlarida ro‘yxatga olingan, byudjetdan tashqari mablaјlarning kelib tushishi va ishlatilishining cheklanishi oylar kesimida ko‘rsatilgan vaqtinchalik va aniqlangan xarajatlar smetalari nusxalarini taqdim etadilar Byudjetdan mablag’ oluvchilar byudjet mablag’lari bo‘yicha xarajatlar smetalari nusxalarini va ularga ilovalarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maіkamasi Zaxira jamg’armasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi zaxira jamg’armasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimligi zaxira jamg’armalari mablag’lari hisobiga va byudjetdan tashqari mablag’lar bo‘yicha smetalarni, ular moliya organlarida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olinganidan so‘ng, g’aznachilik bo‘linmalariga taqdim qiladilar.
Kapital qurilish obyektlari bo‘yicha kapital qurilish buyurtmachilari g’aznachilik bo‘linmalariga tegishli moliya organlari bilan kelishilgan, tasdiqlangan qurilishlarning manzilli ro‘yxati va qurilishlarning titul ro‘yxati asosida tuzilgan xarajatlarning oylar kesimidagi yoyilmasini taqdim etadilar.
Kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlarning oylar kesimidagi yoyilmasiga aniqliklar qurilishlarning manzilli va titul ro‘yxatlarining aniqlanishi asosida kiritiladi.
G’aznachilik bo‘linmalari byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjet tasnifining tegishli bo‘lim, bob va paragraflari bo‘yicha xarajatlarini quyidagi hollarda to‘xtatish quyidagiga ega:

  • Byudjetdan mablag’ oluvchilarning tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan hisobotlarni taqdim etmagan hollarda (moliya organlari tomonidan g’aznachilik bo‘linmalarini byudjetdan mablag’ oluvchilarning hisobot topshirmaganligi to‘јrisidagi yozma bildirishnomasi bo‘yicha), tegishli byudjetdan mablag’ oluvchilarning rahbarlarini xabardor qilgan holda;

  • Tegishli moliya organlari tomonidan tegishli byudjetlarning vaqtinchalik va doimiy daromadlar va xarajatlar yoyilmalari belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda - ular taqdim etilgunga qadar muddatga;

  • moliya organlari tomonidan ajratilgan byudjet mablag’larini o‘zgartirishga taqdimnoma kelishish uchun taqdim qilinganda - ular tomonidan taqdimnomalar asosida tayyorlangan smetalarga tegishli barcha o‘zgartirishlarni va ularning o‘zaro muvaffaqiyatli solishtirishlari yoki tegishli moliya organining kiritilayotgan o‘zgartirishlarni rad etganligi to‘g’risidagi yozma xabarnomasi taqdim etilgunga qadar muddatga;

  • Tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasiga, byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalariga, qurilishlarning manzilli va titul ro‘yxatlarga o‘zgartirishlarning kiritilishi moliya organlari tomonidan byudjetdan mablag’ oluvchilar va buyurtmachilar bilan birgalikda, ushbu o‘zgartirishlar uchun so‘rovnomalar va taqdimnomalar tegishli g’aznachilik bo‘linmalari bilan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Ajratilgan byudjet mablag’lari qoldiqlari summalarining qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlar, shuningdek amalga oshirilgan kassa xarajatlarining ajratilgan byudjet mablaјlari qoldiqlari summalaridan oshishiga olib keladigan miqdorlarda byudjet mablaqlarining kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tegishli byudjet mablag’larining taqsimlovchilari (oluvchilari) tashabbusi bilan byudjet mablag’lari bo‘yicha xarajatlar smetalariga o‘zgartirish kiritilgan hollarda, ular tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan so‘rovnomalar imzolash uchun g’aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladi.
So‘rovnomada ko‘rsatilgan xarajatlar turlari bo‘yicha ajratilgan byudjet mablag’lariga taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud bo‘lganda, g’aznachilik bo‘linmalari G’aznachilik dasturiy majmuida ushbu byudjet mablag’larini taqsimlovchilar (oluvchilar)ning shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridagi tegishli xarajatlar moddalari bo‘yicha keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirishni to‘xtatib qo‘yadi.
G’aznachilik dasturiy majmuida keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirish to‘xtatib qo‘yilgandan so‘ng, byudjetdan mablag’ oluvchilarning so‘rovnomasi tegishli g’aznachilik bo‘linmalarining vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi va muhіri bilan tasdiqlanadi.
Imzolangan va muhіr bilan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritish to‘g’risidagi so‘rovnoma, uni g’aznachilik bo‘linmasiga taqdim qilingan kunning keyingi ish kunidan kechikmagan muddatda, byudjet mablag’ining taqsimlovchiga keyinchalik uni tegishli moliya organlariga taqdim etish uchun qaytariladi.
Yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band bo‘lmagan byudjet mablag’lari mavjud bo‘lmaganda va byudjet mablag’lariga so‘rovnomada ko‘rsatilgan xarajat turlari bo‘yicha taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud bo‘lmagan hollarda, g’aznachilik bo‘linmalari so‘rovnomani qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda byudjetdan mablag’ oluvchilarga qaytaradilar.
Byudjet mablag’lari bo‘yicha xarajatlar smetalariga tegishli moliya organlari tashabbusi bilan o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda, ular tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan taqdimnoma yoki ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihalari g’aznachilik bo‘linmalariga imzolash uchun taqdim etiladi.
G’aznachilik bo‘linmalari taqdimnomada taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarni amalga oshirish imkonini, taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar summasini tegishli byudjet mablag’larining taqsimlovchilari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar, shuningdek kassa xarajatlari bilan band qilinmagan ajratilgan byudjet mablag’lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradi.
G’aznachilik dasturiy majmuida keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirish to‘xtatib qo‘yilgandan so‘ng, moliya organining taqdimnomasi tegishli g’aznachilik bo‘linmasining vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi va uning muhіri bilan tasdiqlanadi.
Imzolangan va muhіr bilan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g’risidagi tasdiqnoma, u g’aznachilik bo‘linmasiga taqdim qilingan kunning keyingi ish kunidan kechikmagan muddatda, tegishli moliya organiga qaytariladi.
Moliya organlari tomonidan qonun hujjatlari asosida byudjet mablag’lari bo‘yicha xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda, g’aznachilik bo‘linmalariga 11-sonli shaklda ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihalari taqdim qilinadi (respublika byudjeti bo‘yicha - Moliya vazirligining tarmoq boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligiga 17- sonli shaklda ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihasini taqdim etadi).
G’aznachilik bo‘linmalari taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarni amalga oshirish imkonini tekshirishni, taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar summasini yuridik va moliyaviy majburiyatlar, shuningdek tegishli byudjetda turuvchi, barcha byudjet mablag’larini taqsimlovchilar (oluvchilar)ning tegishli bo‘lim, bob, paragraf va xarajatlar moddalari bo‘yicha kassa xarajatlari bilan band qilinmagan ajratilgan byudjet mablag’lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradilar.
Ma’lumotnoma-bildirishnomada ko‘rsatilgan ajratilgan byudjet mablag’lari limitlariga taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarni kiritish imkoni mavjud bo‘lganda, g’aznachilik bo‘linmalari. G’aznachilik dasturiy majmuida tegishli byudjet mablaјlarini taqsimlovchilar (oluvchilar)ning tegishli bo‘lim, bob, paragraf va xarajatlar moddalari bo‘yicha keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlar olishni va kassa xarajatlarini amalga oshirishni to‘xtatib qo‘yadi. Ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihasi taqdim qilingan kunning keyingi ish kunidan kechikmagan muddatda ijobiy xulosa tuzadi va uni tegishli moliya organlariga taqdim etadi.
Yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band bo‘lmagan ajratilgan byudjet mablag’lari mavjud bo‘lmagan hollarda va so‘rovnomada ko‘rsatilgan xarajat turlari bo‘yicha ajratilgan byudjet mablag’lari limitlariga taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud bo‘lmaganda, g’aznachilik bo‘linmalari, ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihasi taqdim qilingan kunning keyingi ish kunidan kechikmagan muddatda, unga o‘zgartirishlar kiritish imkoni yo‘qligi sabablari ko‘rsatilgan holda xulosa tuzadi.
Ma’lumotnoma-bildirishnomaga salbiy xulosa olingandan so‘ng, tegishli moliya organlari ularni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha choralarni ko‘radilar.
Yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va kassa xarajatlarini amalga oshirishni to‘xtatib qo‘yishni yechish, g’aznachilik bo‘linmalari tomonidan moliya organlari tegishli ma’lumotnoma-bildirishnomalar va ularni o‘zaro solishtirish asosida tayyorlangan byudjet mablag’lari taqsimlovchilarning xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar ro‘yxatining barcha nusxalarini taqdim qilganidan keyin amalga oshiriladi.

3. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali ijrosining xisobi.


Qoraqalpogiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar mablag‘lari tasdiqlangan byudjet doirasida xarajat qilinadi. Qoraqalpogiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag‘lar ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:

      • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining joriy xarajatlari shaklida;

      • joriy byudjet trasfertlari shaklida;

      • kapital xarajatlar shaklida;

      • asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;

      • davlat ehtiyojlari uchun erga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;

      • qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.

Qoraqalpogiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo‘ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi:

  • fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport;

  • ijtimoiy ta’minot;

  • aholini ijtimoiy himoyalash; Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;

  • iqtisodiyot turi tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjet tashkilotlarini saqlash; qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarni amalga oshirish;

  • qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.

Aytib o‘tish kerakki, alohida mahalliy byudjetlarning xarajatlar tarkibi bir xil bo‘lmaydi va shu mintaqadagi turli darajada bo‘lgan xo‘jalik va idoralarning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Davlat byudjetining tґla hajmda moliyalashtiriladigan birinchi navbatdagi xarajatlarga ish hahi, ish haqidan ajratmalar, stipendiyalar, nafaqalar, ovqatlanish va dori-darmonlarni sotib olish uchun sarflanadigan xarajatlar kiritildi.
Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi. Biz byudjet tashkiloti deganda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag‘ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkilotini tushunamiz.
Davlat byudjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat byudjetining ijrosini hamda byudjet xarajatlarini to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash va byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2000 yil 3 yanvardagi «Byudjetda ko‘zda tutilgan xarajatlarni to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash va byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida» buyrug‘i chiqdi. Bu buyruqqa asosan, birinchi navbatdagi va ustuvor xarajatlarni amalga oshirishda quyidagi ketma-ketlik belgilab qo‘yilgan:

  • ish haqi ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari bilan birgalikda stipendiyalar;

  • 16 yoshgacha bolasi bo‘lgan oilalarga va 2 yoshgacha bolasi bo‘lgan onalarga bola tarbiyasi uchun nafaqa hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;

  • byudjet muassasalari tomonidan belgilangan kontengentdagi bolalar, bemorlar va qariyalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sotib olish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari boshliqlari, shahar va tuman moliya bo‘limlari mudirlarinng zimmasiga byudjet xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tartibiga binoan quyidagilar yuklatilgan:

    • tasdiqlangan byudjet parametrlari va xarajatlar smetalari doirasida birinchi va ikkinchi guruhlarga kiritilgan to‘lovlarni birinchi navbatda va to‘liq moliyalashtirishni ta’minlash;

    • uchinchi guruh bo‘yicha kapital qo‘yilmalar xarajatlarini investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarning manzilli ro‘yxatlari bo‘yicha o‘rnatilagn moliyalashtirish rejalari doirasida amalga oshirish;

    • xarajatlarning to‘rtinchi guruhiga kiritilgan ustuvor to‘lovlar, oziq -ovqat va dori-darmonlar sotib olish xarajatlarini birinchi va ikkinchi guruh to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgandan keyingina moliyalashtirish;

    • boshqa moddalar bo‘yicha xarajatlarni (kapital qo‘yilmalar, safar va o‘quv xarajatlari, kommunal xizmatlar, xo‘jalik xarajatlari, yumshoq va boshqa jihozlar sotib olish, kapital ta’mirlash va boshqa xarajatlar) yuqoridagi to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng daromadlar tushumiga qarab moliyalashtirish;

    • xizmat kursatuvchi tijorat banklari tomonidan xarajatlarni naqd pul bilan ta’minlashning belgilangan muddatlari buzilgan taqdirda, uch kun ichida tijorat banklariga nisbatan xo‘jalik sudlariga byudjetga keltirilgan zararni qoplash uchun belgilangan tartibda da’vo arizalari kiritish;

    • huquqiy shaxs maqomi berilgan byudjet tashkilotlarining faoliyatlarini mustaqil ravishda amalga oshirishlari uchun kerakli tashkiliy-iqtisodiy choralar ko‘rish.

Byudjet mablag‘laridan foydalanishni nazorat qilish byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning belgilangan me’yorlari va limitlari, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasi, tegishli byudjetlarning tasdiqlangan parametrlari, tasdiqlangan shtat jadvallari, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan byudjet tashkilotlari xarajatlari smetasi, byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibiga va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Smetalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasiga muvofiq xarajatlarning to‘liq yoyilnomasi ilova qilingan holda xarajatlarning to‘rt guruhi bo‘yicha tuziladi. Ilova smetaning ajralmas qismi hisoblanadi, smetaning prognoz hisob-kitoblarini asoslash uchun xizmat qiladi va hisobot maqsadlari uchun foydalaniladi. Yangi tartibga muvofiq byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash me’yorlar bo‘yicha xarajatlarning quyidagi guruhlarini mablag‘ bilan ta’minlash usulida amalga oshiriladi:

  1. Ish haqi va unga tengashtirilgan to‘lovlar, stipendiyalar, pensiyalar, moddiy yordam.

  2. Ish haqiga qo‘shimchalar (25 %).

  3. Kapital qo‘yilmalar (alohida davlat dasturiga kiritilgan bo‘lsa).

  4. Boshqa xarajatlar.

Mablag‘ bilan ta’minlash byudjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro‘yxati va smetasiga kiritiladigan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan byudjet parametrlariga hamda byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining choraklar bo‘yicha taqsimlangan yillik ro‘yxatiga binoan amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarini respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligida belgilangan shakldagi xarajat jadvallari va xarajatlarning har bir guruhi bo‘yicha bir satrda mablag‘ o‘tkazish uchun to‘lov qog‘ozi bilan rasmiylashtiriladi. Mahalliy byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlash tegishli moliya tashkilotlarida belgilangan shakldagi farmoyish bilan va xarajatlarning har bir guruhi bo‘yicha bir satrda mablag‘ o‘tkazish uchun to‘lov qog‘ozi bilan moliyalashtiriladi.
Byudjet mablag‘lari byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda ularga kiritilgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan xarajatlar doirasida sarflanadi. Bunda xarajatlarning I va II guruhlari, birinchi navbatda, mablag‘ bilan ta’minlanadi, IV guruh bo‘yicha mablag‘lar belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi:

    • ovqatlantirish;

    • dori-darmonlar;

    • kommunal xizmatlar;

    • boshqa xarajatlar;

Moliya organlari va byudjet tashkilotlarida “Byudjet tizimi to‘g‘risidagi” va «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi Qonunga, Davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalarda va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi bo‘yicha yo‘riqnomaga, Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq yuritiladi. Xorij tajribalari shuni ko‘rsatadiki, g‘aznachilik tizimi samarali ishlab turishi uchun unga asos bo‘ladigan hujjat-mamlakatning barcha yo‘nalishlar bo‘yicha xarajatlari batafsil ajratib chiqilgan rejani o‘z ichiga olgan sifatli byudjetni shakllantirishdir. Shuni ta’kidlash zarurki, mamlakat byudjeti byudjet yili boshlangunga qadar imkoni boricha batafsil holda qabul qilinishi kerak. Aks holda, g‘aznachilikning me’yoriy faoliyati beqarorlashuvi, uning samaradorligi pasayishi mumkin. Ikkinchidan, davlat byudjetini ijro etishning g‘aznachilik tizimida byudjetning vazifasiga oid va iqtisodiy aniq tasnifi bo‘lishi bilan birgalikda moddiy- texnikaviy bazani mustahkamlash va dasturlar jadalligini oshirish zarur.
Bizning fikrimizcha, g‘aznachilikni yagona hisob raqamini joriy etish- Davlat byudjetini g‘aznachilik ijrosidagi daromadlarni boshqarishning asosiy tamoyillaridan birini amalga oshirish natijasidir. Shuningdek, turli darajagi byudjetlarni tushumini hamda byudjet va maqsadli jamgarmalarning mablag‘larini optimal ishlatilishini komleks nazoratini amalga oshirishni ta’minlash imkoniyatini yaratilishidir.
Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalarining tasnifi O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonunning 10- moddasida ta’kidlanganidek, davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi. Ma’lumki, biz sobiq ittifoq davrida, kapitalistik mamlakatlar byudjetidagi taqchillikni barqarorsiz iqtisodiyot deb talqin qilar edik, lekin dunyoda hech bir davlat yo‘kdirki, u yoki bu davrda byudjet taqchilligi bilan to‘qnash kelmasin. Umuman olganda byudjet taqchilligi obyektiv narsa va uni o‘z vaqtida moliyalashtirish zarur, ammo, to‘g‘ri kelgan uslub bilan emas balki, andozali va samarali usullar bilan moliyalashtirilishi maqsadga muvofiqdir.
Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi nazoratini takomillashtirish. Byudjet intizomiga rioya qilinishining nazorat etilishini ta’minlash maqsadida, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng byudjetdan moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralarning rahbarlari tomonidan vazirliklar va idoralarda, shuningdek ularga bo‘ysunuvchi tashkilotlarda byudjet intizomiga rioya etilishini ta’minlovchi buyruqlarni chiqarish maqsadga muvofiqdir. Buyruqlarda quyidagilar tartibga solinadi. Byudjet intizomiga rioya qilish, xarajatlarni tasdiqlangan mablag‘lar doirasida amalga oshirish.
Byudjet tashkilotlari rahbarlarining quyidagilar bo‘yicha majburiyatlari bizning fikrimizcha belgilab olnishi maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

      • byudjet intizomiga rioya qilinishi va nazoratini tashkil qilishni amalga oshirish;

      • byudjetga keltirilgan zararni qoplash bo‘yicha choralarni qo‘llash;

      • byudjet intizomini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish.

Kommunal xizmatlari (issiqlik va elektr energiyasi, gaz, issiq va sovuq suv, kanalizatsiya) bo‘yicha tashkilotlar uchun belgilangan pul va naturadagi limitlarga rioya qilishni ta’minlash maqsadida buyruqlarda, shuningdek quyidagilarga javobgar bo‘lgan mansabdor shaxslar ko‘rsatili lozim:

      • kommunal xizmatlar iste’mol qilish limitlarini tasarruflaridagi tashkilotlarga etkazish;

      • belgilangan limitlar doirasida kommunal xizmatlar ta’minotchilari bilan shartnomalar tuzishni ta’minlash;

      • kommunal xizmatlar iste’moli hisobini o‘lchagich asboblarini o‘rnatish va ularning ishlashi ustidan nazorat o‘rnatish;

      • belgilangan limitlardan ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘ygan quyi tashkilotlarning bosh hisobchilari va rahbarlarini javobgarlikka tortish yuzasidan choralar ko‘rish;

      • kommunal xizmatlar ta’minotchilarini, shartnomalarda ko‘rsatilgan hajmlardan va mablag‘lardan ortiqcha xizmat ko‘rsatayotgan xizmatlar uchun haq to‘lanmasligi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish kerak;

      • ko‘rsatilgan buyruqlarni bajarish.

Buyruqlar bilan quyidagilar imzo qo‘ydirib tanishtirilishi zarur:

      • byudjetdan moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralar rahbarlarining o‘rinbosarlari;

      • ushbu vazirliklar va idoralarning reja-iqtisod xizmatlari xodimlari;

      • byudjet mablag‘larining sarflanishiga mas’ul bo‘lgan boshqa xodimlar;

      • quyi tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari.

Tashkilotlarning smeta ijrosi bevosita ushbu tashkilot rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Byudjet mablag‘laridan tasdiqlanmagan xarajatlar smetasi, xarajatlar smetasida ko‘zda tutilmagan tadbirlar, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetada yoki umumlashgan smeta va alohida xarajatlar smetasida tayinlanganidan ortiq summalarda xarajat qilish taqiqlanadi.
Vazirliklar va idoralar rahbarlari, shuningdek, ular tasarrufidagi tashkilotlar byudjet mablag‘lari xarajatlari hisobi va hisobotini yuritishining belgilangan tartibi, byudjet intizomiga rioya etilishiga shaxsan javobgarligi tushuntirilishi darkor.
Byudjet mablag‘laridan foydalanilishini nazorat qilish ham byudjetdan ajratiladigan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash jarayonida (joriy nazorat), ham byudjet tashkiloti tegishli xarajatlarni qilganidan keyin (keyinchalik nazorat qilish) amalga oshiriladi.
Byudjet mablag‘laridan foydalanilishini nazorat qilish byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning belgilangan normativlari va limitlari, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasi, tegishli byudjetlarning tasdiqlangan parametrlari, tasdiqlangan shtat jadvallari va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan byudjet tashkilotlari xarajatlari smetasi, mazkur tartibning qoidalari va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Byudjet tashkilotlari tomonidan mablag‘larning sarflanishini, shu jumladan byudjet tashkilotini rivojlantirish jamgarmasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi, uning hududiy organlari va joylardagi moliya organlari tomonidan qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Harjatlar smetalarida byudjet mablag’larini yil choraklar (oylari) bo’yicha tqasimoti tegishli byudjetlarning daromadlari va harajatlari chorakalar (oylar) bo’yicha tqasimotini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Tashkilotlarni xarajatlar smetalari, shuningdek markazlashgan xarajatlar smetalari tasdiqlangandan so’ng choraklar(oylar) kesimidagi xarajatalarni yillik u mumlashmasi byudjet tasnifining bo’limlari kichik bo’limlari, boblari va iqtisodiy tasnifi bo’yicha choraklarga (oylarga) bo’linganholda aniqlanadi va tegishli moliya organiga taqdim etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Mol;iya Vazirligi va hududiy moliya organalri tomonidan yuqori moliya organalri tomonidan ummumlashtirilgan xarajatlarni va alohida xarajatlar smetalarini tasdiqlangan byudjetga, shuningdek byudjetni tuzish bo’yicha qonun hujjatlariga muvofiq kelishi tekshirib ko’riladi.
Shtatlar jadvalining ijrosini takomillashtirish. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari quyidagi huquqlarga ega:

  • byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlardan byudjetni rejalashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash, tegishli tashkilot tomonidan byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini so‘rash;

  • kredit muassasalaridan ularning ustavlariga muvofiq byudjet tashkilotlarining operatsiyalari va hisobvaraqlari to‘grisidagi ma’lumotlarni olish;

  • tashkilotlar tomonidan mablag‘lar g‘ayriqonuniy sarflanganda, byudjet intizomi buzilishi hollari aniqlangan taqdirda, shuningdek ilgari ajratilgan mablag‘lardan foydalanish to‘grisidagi hisobotlar va boshqa belgilangan hisobot taqdim etilmaganda, bu haqda tegishli vazirliklar (idoralar), hokimliklar rahbarlarini xabardor qilgan holda tashkilotlarni byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashni cheklash va zarur hollarda to‘xtatib qo‘yish;

  • byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini taftish qilish va tekshirish;

  • aniqlangan qonunbuzishlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilishini tekshirish;

  • amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda tekshirish materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish.

  • Byudjet tashkilotlarining smetalari va shtat jadvallarini tuzish hamda tasdiqlangan smetalar va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga rioya etilishi, ularning tasdiqlangan tasnifnomaga, xarajatlar normativlari va limitlariga muvofiqligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari - byudjet tashkilotlarining ishlab chiqilgan va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritiladigan tasdiqlangan smetalari va shtat jadvallari to‘griligi va asoslanganligi uchun;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining vakolatli xodimlari, shu jumladan Moliya vazirligi rahbarlari va markaziy apparati xodimlari - byudjet tashkilotlarining ro‘yxatdan o‘tkazilgan shtat jadvallari va yigma smetalari to‘griligi va asoslanganligi uchun shaxsan javobgarligi oshirilishi zarur, byudjet mablag‘lari hisobiga, ham mazkur tartibda nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning rahbarlari amaldagi mehnat, ma’muriy intizomning buzilishi quyidagi xolatlarda amalga oshirilishi mumkin, jumladan:

  • byudjet mablag‘laridan va boshqa pul mablag‘laridan noo‘rin foydalanilganda;

  • muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlar paydo bo‘lganda;

  • xarajatlar guruhlari bo‘yicha tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar limitlar doirasida ish olib bormaslik natijasida;

  • shtat-smeta intizomi buzilishida;

  • xarajatlar smetasi ijrosi to‘grisidagi hisobot o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun shaxsan javob berishini amalga oshirish zarur.

Moliya idoralari xar yili birinchi chorakda barcha byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarini to‘g‘ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o‘z vaqtida etkazilishi ustidan tekshirish o‘tkazishni, doimiy ravishda quyi moliya organlari tomonidan bu ishlarni o‘z vaktida va sifatli o‘tkazilishini nazorat kilishni ta’minlashlari, ularga tekshirishlarni tashkil qilish va o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Yüklə 60,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin