Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini
xarajatlar smetasi — tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkilotlar uchun xarajatlar moddalari bo‘yicha ko‘zda tutilgan byudjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi;
byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta — tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkil bo‘lish manbalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda byudjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi;
xarajatlar moddasi — byudjet tasnifining qismi bo‘lib, Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tayinlanishi va to‘lovlarni aniq turlarini ifodalaydi;
vaqtinchalik xarajatlar smetasi — tashkilotlarning xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar amal qiluvchi hujjat bo‘lib, unda byudjet tashkilotlari uchun ko‘zda tutilgan, qonunchilikka o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, har oyda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlardagi byudjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari — qonunchilikda nazarda tutilgan byudjetdan tashqari manbalar hisobidan tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan mablag‘lar. Shtatlar jadvalini tasdiqlangan tashkiliy tuzilma, shtat birliklari, namunaviy shtatlar va byudjetdan moliyalashtirish me’yorlariga muvofiq ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Byudjet ijrosi jarayonida yuzaga keladigan barcha qo‘shimcha xarajatlarga tashkilotlarning xarajatlar smetalariga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritib boriladi.
Bir vaqtning o‘zida o‘zlariga karashli tashkilotlarga ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida (sinflar, o‘quvchilar, bolalar, shifoxonalarda joy - kunlar, bola-kunlar soni va x.k.) kelgusi yil uchun ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yozma ravishda xabar qiladilar. Xarajat smetalari bo‘yicha xarajatlarni xisoblab chiqish mablaglarga bo‘lgan extiyojga muvofik iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini va iqtisod qilishning qat’iy tartibini amalga oshirishni xisobga olgan xolda amalga oshiriladi.
Xarajatlarni xisoblab chiqishda quyidagilarga amal qilishi maqsadga muvofiqdir:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlari, Prezident farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining idoraviy normativ xujjatlariga;
byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning normativ uslubiga;
tovar va xizmatlarini davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va tariflariga, shuningdek nodavlat korxonalari va tashkilotlarining ayrim tovarlari va xizmatlari baholariga;
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, idoralarining rahbarlari, tegishli xokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari raxbarlarining o‘ziga qarashli tashkilotlarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun xujjatlariga zid bo‘lmasa;
Xarajatlar smetasiga ish qaki uchun mablaglar byudjet to‘grisidagi maoshlari va ish xaqqi stavkalari va ularga qo‘shimcha to‘lovlardan, amaldagi namunaviy shtatlar va normativlarga rioya qilishdan kelib chiqib amalga oshiriladi. Xo‘jalik usuli bilan bajariladigan ishlar uchun ish haqqi smetalarga byudjet yili xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan ish hajmlaridan kelib chiqib kiritiladi;
pedagoglar ish xaqi uchun mablaglarni ajratishda, qonun xujjatlarida belgilangan ish xaqi stavkalaridan xamda o‘quv xajmiga muvofik tuzilgan o‘quv rejasi, tasdiqlangan tarifikatsiyaga muvofiq daftar tekshirish va sinf raxbarligi uchun ko‘shimcha xaq to‘lash me’yorlaridan va x.k. dan kelib chiqilib amalga oshirilshi darkor;
xodimlarning ayrim guruhlariga uy joylarni va kommunal xizmatlarni bepul berish uchun ketadigan xarajatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi;
oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, kasb - hunar texnika bilim yurtlari, kurslar o‘quvchilari va talabalari, aspirantlar va doktorantlar stipendiyalariga ketadigan xarajatlar stipendiyalar miqdori va amaldagi stipendiya ta’minoti tartibidan kelib chiqqan xolda xisoblanadi;
davolash, bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatlanishga ketadigan xarajatlar qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan tashkilotlarning ayrim turlari uchun belgilangan ovqatlanish me’yorlari ovqatlanish qunining sonidan kelib chiqib hisoblanadi;
dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar qonun hujjatlari bilan belgilangan pul xarajatlari me’yoriga qarab: statsionarlarda - har bir joy-kunga, shifoxonalarda - shifokorga xar bir kirishga belgilanadi, agar qonun xujjatlarida boshqasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa;
ijtimoiy-madaniy tashkilotlarni ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, poyafzal, choyshab, yotish anjomlari va boshqa yumshoq buyumlar sotib olishga ketadigan xarajatlar, moddiy ta’minotning amaldagi me’yorlar normalari asosida, lekin ajratilgan mablaglar doirasida, hisob ishlari amalga oshiriladi;
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va xarajatlarning byudjet mablaglaridan tashkari qoplashning boshqa manbalariga ega bo‘lgan tashkilotlarlar xam ko‘shimcha daromadlar va ulardan kelib chiqadigan xarajatlarga smetalar tuzadilar.
Bu xarajat smetalari bo‘yicha daromadlar tushumi qonun hujjatlarida belgilangan mikdorlarga qarab aniqlanadi.
Tuman, shaxar, shaxar bo‘ysunuvidagi tumanlar byudjetlarida turuvchi va markazlashgan buxgalteriyalar orqali xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar bo‘yicha ayrim xollarda umumiy xarajatlar smetalari tuzilishi mumkin:
bir turdagi kichik tashkilotlar bo‘yicha - veterenariya uchastka va punktlari, kishloq klublari, kutubxonalar, feldsher-akusherlik punktlari va boshqa kichik tashkilotlar bo‘yicha;
bir turdagi yirik tashkilotlar bo‘yicha, qachonki ularga xo‘jalik xizmatlarini ko‘rsatish markazlashgan holda xo‘jalik xizmatlarini ko‘rsatishning maxsus guruxlari orqali amalga oshirilsa;
tegishli hokimiyatlarning apparatini va ularning bo‘limlarini saqlashga;
Umumiy xarajatlar smetasi bir turdagi tashkilotlar guruhini saqlash xarajatlariga byudjetdan ajratiladigan mablaglarning xajmini maqsadli yo‘nalishini va choraklar bo‘yicha taqsimotini belgilovchi hujjat bo‘lib xisoblanadi. Tumanlar, shaxarlar xokimiyatlarining tegishli boshqarma va bo‘limlari raxbarlari umumiy xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan mablag’larni taqsimot qiluvchilar bo‘lib xisoblanadilar.
Umumiy xarajat smetalari, xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning raxbarlaridan olingan buyurtmalar markazlashgan buxgalteriyada mavjud bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga muvofiq q abul qilingan xisob-kitob va xisobot ma’lumotlari asosida markazlashgan buxgalteriya tomonidan tuziladi.
Umumiy smetalar tuzish uchun buyurtmalar hokimiyatlarning tegishli boshqarma va bo‘limlari tomonidan belgilangan shakllar yoki ko‘rsatkichlar ro‘yxati bo‘yicha xarajatlarning guruxlari bo‘yicha va xarajat smetalariga qilingan xisoblarni ilova qilgan xolda tashkilotlar tomonidan taqdim kilinadi.
Buyurtmalarda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
o‘qituvchilar, tibbiyot va boshqa xodimlarining uylarini isitish, yoritish va suv bilan ta’minlash uchun yoqilgi, elektroenergiya miqdorini ajratish uchun, shuningdek amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq o‘qituvchilarga bepul kommunal xizmatlar ko‘rsatish va bepul ta’minlash xarajatlarini xisoblab chikarish uchun natural ko‘rsatkichlar;
sotib olinishga mo‘ljallangan asbob-uskunalar va jixozlar ro‘yxati;
kapital ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlarning ro‘yxati;
bepul va imtiyozli ovqat beriladigan o‘quvchilarning soni;
bepul maktab anjomlarini oladigan birinchi sinf o‘quvchilarining soni, shuningdek kam ta’minlangan oilalar bolalaridan qishki kiyim va poyafzal oladigan boshlang’ich sinf o‘quvchilarining soni;
kommunal xizmatlari bo‘yicha imtiyozlar oladigan o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning soni.
Tashkilotlar tomonidan berilgan buyurtmalar markazlashgan buxgalteriyalar tomonidan tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida oldindan ko‘rib chikiladi va umumiy smetalarni tuzishda hisobga oladi. Ish xaqi bo‘yicha umumiy smetaga belgilangan tartibda tasdiqlangan shtatlar jadvali va tarifikatsiya ro‘yxatlari ilova kilinadi.
Markazlashgan buxgalteriya tomonidan tuzilgan umumiy smetalarning loyihalari tuman, shahar xokimiyatlarining tegishli bo‘limlari rahbarlari tomonidan tegishli tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Tashkilotlarning xarajatlari smetalari uch nusxada tuziladi va tashkilotlarning rahbarlari, xamda hisob xodimlari tomonidan imzolanadi, smetaning birinchi nusxasi tashkilotda, ikkinchi nusxasi tegishli maxalliy moliya organida qoladi va uchinchi nusxasi yukori tashkilotga takdim etiladi.
Tegishli moliya organlari smetalarni chuqurrok o‘rganish maksadida vazirliklardan, idoralardan, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlaridan tashkilotlar smetalarini tuzish va ijro etish jarayonning istalgan bosqichida ilovalar va xisob-kitoblarni qaytarib berish sharti bilan talab kilish xuquqiga ega, byudjetdan mablag‘ oluvchilar esa bu xisob-kitoblarni moliya organiga birinchi talab qilinishi bilanoq taqdim qilishi maqsadga muvofiqdir.
Markazlashgan buxgalteriyalar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarining xarajatlar smetasi markazlashgan buxgalteriyalar bosh buxgalteri yoki iqtisodchisi ishtirokida tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqlpog’iston Respublikasi vazirliklari, idoralari va xokimiyatlar boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladigan byudjetdan moliyalashtiriladigan markazlashgan tadbirlarning xarajatlar smetasi tegishincha vazirliklar, idoralar, xokimiyatlar boshqarma va bo‘limlari tomonidan xar bir tadbir bo‘yicha aloxida tuziladi.
Inventarlar, asbob-uskuna va tashkilotlarning o‘quv ko‘llanmalarini sotib olish uchun mablaglar tegishli tashkilotlarning smetalarida ko‘zda tutilishi lozim.
Byudjet tashkilotlarida ularni markazlashgan holda inventarlar, asbob- uskunalar va o‘kuv ko‘llanmalari bilan ta’minlash zarurati yuzaga kelganda, bu maqsadlar uchun mablag’lar markazlashgan tartibda sotib olishni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan tashkilotlarning xarajatlar smetalarida belgilangan mablag‘lar doirasida moliya organlari bilan kelishib, belgilagan miqdorlarda va muddatlarda o‘tkaziladi.
Shu tartibda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpogiston Respublikasi tegishli vazirliklari va idoralariga, viloyatlar va Toshkent shaxar, shuningdek tegishli tuman, shaxar xokimiyatlari boshkarmalari va bo‘limlariga markazlashgan ta’minot uchun mablag’larni byudjet tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpogiston Respublikasi moliya vazirliklari yoki viloyatlar moliya boshqarmalari bilan kelishilgan xolda tartib amalga oshiriladi.
Choraklar va yil oxirida byudjet tashkilotlaridan ishlatilmay qolgan mablag’larning qoldigi olib qo‘yilmaydi, balki byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgarmasiga o‘tkaziladi4 va byudjet tashkilotlari tegishli moliya organlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlari uchun belgilangan xisobotlar tartibi bo‘yicha yozma ravishda xabardor kiladilar.
Kelgusi yilga ochilishi kerak bo‘lgan tashkilotlarni tashkil etish, saqlash bo‘yicha xarajatlar smetasi tegishli xokimiyatlarning boshqarma, bo‘limlari tomonidan xar bir tashkilotga aloxida xolda, ish xaqining o‘rtacha stavkasi va faoliyat ko‘rsatayotgan tegishli tashkilotlarda mavjud bo‘lgan xarajatlarining o‘rtacha me’yorlaridan kelib chiqqan xolda tuziladi.
Bunda yangi tashkilotlarni saqlash uchun ketadigan xarajatlar ushbu tashkilotlar ochilishi belgilangan muddatlardan kelib chiqib, ushbu muddat to‘gri keladigan yilning qismiga hisoblanadi.
Kelgusi yilda shaxar va qishlok maktablarining o‘qituvchilari uchun ish xaki bo‘yicha umumiy smetalarni tuzishda smetaga ilova va o‘qituvchi, xamda maktabning boshqa xodimlari uchun tuman xalq ta’limi bo‘limi smetasi bo‘yicha nazarda tutilgan ish xaqi fondining xisob-kitobi to‘ldiriladi.
Yilning birinchi qismi uchun (yanvar-avgust) oylik ish xaqi fondi yil boshiga tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tasdiqlangan o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxatiga to‘g‘ri kelgan mikdorda qabul kilinadi.
Yilning qolgan (sentyabr-dekabr) qismiga o‘qituvchilarning oylik ish xaqi fondi rejalashtirilgan sinflar soni va shu davrga pedagoglar ish xaqi stavkasi, tuman (shaxar) xalk ta’limi bo‘limlari tomonidan o‘quv yil boshiga o‘qituvchilarning tasdiqlangan tarifikatsiya ro‘yxati bo‘yicha belgilangan (1-4, 5-9, 10-11) sinflarning guruxlari bo‘yicha ish xakining o‘rtacha stavkasi doirasida xisoblanadi.
Jami xarajatlar smetasiga tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan tasdiqlangan tarifikatsiya ro‘yxatining umumlashtirilgan axborotnomasi ilova qilinishi maqsadga muvofiqdir.