C++ da bir o‘lchovli ikki o‘lchovli va dinamik massivlar“ kurs ishi himoya qilingan sanasi



Yüklə 224,1 Kb.
səhifə1/3
tarix27.09.2023
ölçüsü224,1 Kb.
#149281
  1   2   3
C DA bir O‘LCHOVLI ikki O‘LCHOVLI VA DINAMIK MASSIVLAR sana



O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Aniq-Tabiiy fanlar va Jismoniy madanyat fakulteti
Matematika va Informatika yo’nalishi talabasi Eshquvvatov Javohirning
Dasturlash Asoslari va tillari fanidan
Mavzu :C++ DA BIR O‘LCHOVLI IKKI O‘LCHOVLI VA DINAMIK MASSIVLAR“


KURS ISHI

Himoya qilingan sanasi:
30.05.2023-yil
Baho:
Mundarija:
I.BOB. Kirish…………………………..………………..………………..………………..…………...……3
II.BOB. Asosiy qism . Massivlar bilan ishlash…………………………..…4
2.1 Massiv haqida umumiy tushuncha………….……………..…...….9
2.2 Bir o`lchovli massivlar……………………………………….….….12
2.3 Ikki va ko’p o`lchovli massivlar……….………………..…………...15
III. BOB Massivlarning umumiy holda qo`llanilishi. ………………..…..17
3.1 Dinamik massivlar..……………….………………………….…..…...18
3.2 Funksiyalarda massiv qo`llanishi…………………………..…….20
Xulosa. …………………..…………………..………………….……....…..21
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………..……………..22.

Kirish
Ma`lumki, programma mashina kodlarining qandaydir ketma – ketligi bo`lib, aniq bir xisoblash vositasini amal qilishini boshqaradi. Programma ta`minotini yaratish jarayonini osonlashtirish uchun yuzlab programma - lash tillari yaratilgan . Barcha programmalash tillarini ikki toifaga ajratish mumkin.



Quyi darajadagi programmalash tillariga Assembler turidagi tillar kiradi . Bu tillar nisbatan qisqa va tezkor bajariluvchi kodlarni yaratish imkoniyatini beradi. Lekin, assembler tilida programma tuzish zaxmatli, nisbatan uzoq davom etadigan jarayondir . Bunga qarama – qarshi ravishda yuqori bosqich tillari yaratilganki , ularda tabiiy tilning cheklangan ko`rinishidan foydalangan holda programma tuziladi. Yuqori bosqich tillaridagi operatorlar , berilganlarning turlari , o`zgaruvchilar va programma yozishning turli usullari tilning ifodalash imkoniyatini oshiradi va programmani <> bo`lishini ta`minlaydi. Yuqori bosqich tillariga Fortran, PL/1, Prolog, Lisp, Basic, Pascal, C va boshqa tillarni misol keltirish mumkin. Kompyuter arxitekturasini takomillashuvi, kompyuter tarmog`ining rivojlanishi mos ravishda yuqori bosqich tillarini yangi variantlarini yuzaga kelishiga, yangi tillarni paydo bo`lishiga ayrim tillarni esa yo`qolib ketishiga olib keldi . Xozirda keng tarqalgan tillarga Object Pascal, C++, C#, Php, Java , Asp tillari xisoblanadi. Xususan , C tilining takomillashgan variant C++ tilini olishimiz mumkin.
1972 – yilda Denis Ritch va Brayan Kernegi tomonidan C tili yaratildi .
1980 – yilda Byarn Straustrop C tilining avlodi C++ tilini yaratdiki,
unda strukturali va obektga yo`naltirilgan programmalash texnologiyasiga tayangan xolda programma yaratish imkoniyati tug`ildi.
С++ funksiya va obyektlarning juda boy kutubxonasiga ega . Yani C++ da dasturlashni o`rganish ikki qismga bo`linadi . Birinchisi bu C++ ni o`zini o`rganish , ikkinchisi esa C++ ning standart kutubxonasidagi tayyor obyekt funksiyalarni qo`llashni o`rganishdir.

Massiv – bu bir toifali , chekli qiymatlarning tartiblangan to`plamidir . Massivlarga misol qilib matematika kursidan ma`lum bo`lgan vektorlar , matritsalarni ko`rsatish mumkin .


Massivlar odatda bir o`lchovli va ko`p o`lchovli turlarga
bo`linadi.
Massiv bir o`lchamli deyiladi, agar uning elementiga bir indeks orqali murojat qilish mumkin bo`lsa.
C\C++ dasturlash tillaridagi massiv elementlar indekislari har doim noldan boshlanadi (birdan emas) . Bizga char tipidagi m nomli massiv berilgan bo`lsin . Va u 3 ta elementdan tashkil topgan bo`lsin.
m[0]  -9 ;
m[1]  15;
m[2]  3;
Demak, elementga murojat qilish uchun massiv nomi va [] qavslar ichida element indeksi yoziladi.
Bu yerda birinchi element qiymati -9 , ikkinchi element – 1 nomerli indeksda -15 qiymati bor ekan. Oxirgi element indeksi n-1 bo`ladi (n-massiv elementlari soni). [] qavs ichidagi indeks butun son yoki butun songa olib keluvchi ifoda bo`lmog`i lozim. Masalan:

int n=6, m=4;


L[n-m]=33; // L[2]=33;
Cout<Massiv elementlariga murojat qilish oddiy o`zgaruvchilarga murojat qilishdan biroz farq qiladi . Massiv elementiga murojat qilish indeksi orqali bo`ladi.


a[1] = 5; a massivning indeksi 1 bo`lgan elementi 5 qiymat o`zlashtirilsin.
cin>>a[2]; a massivning elementi 2 bo`lgan elementi kiritilsin;
cout<Bir o`lchamli massivlarni e`lon quyidagicha bo`ladi :

[elementlar _soni] = { boshlang`ich qiymatlar };
1)float a[5], 2) int b[6], 3) boll c[7];
1) a elementi haqiqiy sondan iborat bo`lgan , 4 ta elementdan

tashkil topgan massiv. Indekslari esa 0 dan 3 gacha bo`lgan sonlar.




Float a[5]

Massiv
elementlari

a [0]

a [1]

a [2]

a [3]

a [4]

Qiymati

4

11

-8

12

122

2) b elementi butun sondan iborat bo`lgan , 6 ta elementdan tashkil topgan massiv. Indekslari esa 0 dan 5 gacha bo`lgan sonlar.




int a[6]

Massiv
elementlari

a [0]

a [1]

a [2]

a [3]

a [4]

a [5]

Qiymati

2

99

-5

28

112

54

3) c elementlari mantiqiy qiymatlardan ( true, false ) iborat bo`lgan 7 ta elementdan tashkil topgan massiv. Indekslari esa 0 dan 6 gacha bo`lgan sonlardir.


Massivni e`lon qilishda uning elementlariga boshlang`ich qiymat berish mumkin va buning bir necha usuli mavjud.

  1. O`lchami ko`ratilgan massivni to`liq initsializatsiyalash.

int k[5] = {2, 15 , -9, 45, 3 , 7};
Bu yerda 5 ta elementdan iborat k massivi e`lon qilingan va massivning barcha elementlariga boshlang`ich qiymat berilgan.


  1. O`lchami ko`rsatilgan massivni to`liqmas to`liqmas initsializatsiyalash.

int k[5] = {2, 15, -9 };


Bu yerda 5 ta elementdan iborat bo`lgan k massivi e`lon qilingan va dastlabki 3 ta elementlariga boshlang`ich qiymat berilgan.

  1. O`lchami ko`rsatilmagan massivni to`liq initsializatsiyalash.

int k[] = {2, 15 , -9, 45, 3 , 7};

Shuni takidlash lozimki , agar massiv o`lchami ko`rsatilmasa , uni to`liq initsializatsiyalash shart. Bu xolda massiv o`lchami kompilyatsiya jarayonida massiv elementlar soniga qarab aniqlanadi. Bu yerda massiv o`lchami 5 ga teng.




  1. O`lchami ko`rsatilgan massivning barcha elementlariga boshlang`ich qiymat 0 berish.

int k[5] = {0};


Masalan:

1-misol


O`lchami ko`rsatilgan massivning barcha elementlariga boshlang`ich qiymat 0 berish.





Yüklə 224,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin