C++ dasturi tarixi
C++ dasturlash tili nomi C dasturlash tilidan
kelib chiqqan bq`lib, ++
belgisi inkrement amali,
ya`ni o'zgaruvchining qiymatini bittaga oshish
amalidan olingan.
C ++ dasturlash tili turli
xil amaliy dasturlarni
yaratish, operatsion tizimlarni,
qurilma drayverlarini,
shuningdek video o'yinlarni va boshqalarni yaratish
uchun keng qo'llaniladi.
C ++ dasturlash tili 1980-yillarning
boshlarida
Bell Laboratories firmasi xodimi Byorn Stroustrup
tomonidan yaratilgan.
Byorn Stroustrup o'zining
ehtiyojlari uchun C
dasturlash tiliga bir qator yangiliklar kiritmoqchi
bo`ldi, ya'ni dastlab C ++
dasturlash tilini yaratish
rejalashtirilmagan edi. U dastlab o`zi yaratgan
dasturlash tilini “C with classes”(“C bilan sinflar”) deb
nomladi. Dasturlash tilining dastlabki versiyasi 1980
yilda paydo bo'lgan. Straustrup dasturlash tiliga sinflar
va ob'ektlar bilan ishlash imkoniyatini qo'shdi
va shu
bilan C sintaksisi asosida yangi dasturlash tili uchun
zarur shart-sharoitlarni yaratdi. C++
sintaksisi C
sintaksisiga asoslangan bo`lib, Byorn Stroustrup C tili
bilan moslikni saqlashga intildi. 1983 yilda dasturlash
tili "C ++ dasturlash tili" deb o'zgartirildi.