ReadLine metodi. ReadLine metodi kiritish qurilmalaridan matnning satrini qabul qiladi (uning qiymati keyingi satrga o’tish belgisi bilan tugaydi ). U string tipidagi qiymat yoki null (agar kiritish amalga oshmagan bo’lsa) qiymatini qaytaradi. Masalan:
string s = Console.ReadLine(); Console.WriteLine("Kiritilgan satr : " + s) ;
Write va WriteLine metodlari. Write metodi unga yuborilgan o’zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarish vazifasini bajaradi. U string tipini qabul qiladi. U barcha bazali tiplar uchun ishlaydi. Shuning uchun uni parametr sifatida chaqirish mumkin.
Console.Write (I); Console.Write (0.75<3) ; Console.Write("Salom”);
Undagi satrga o’zgaruvchi qiymatini qo’shib e‘lon qilish uchun quyidagi kodni yozish kifoya:
Console.Write("Salom, {0}", I);
Writeline metodining farqi shundaki, u keyingi (yangi) satrdan boshlab o’ziga yuborilgan o’zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarib beradi.
Endi ushbu metodlarga misolni kodini to’liq keltiramiz:
using System; namespace _01_misol
{
class Program
{
static void Main(string[] args)
{
Console.Write(“1-misol”); Console.ReadKey();
} } }
Bu dastur hozircha hech qanday ish bajarmaydi, u faqat ekranga 1-misol degan yozuvni chiqaradi.
C# dasturlash tilining alfaviti quyidagilardan iborat. Alfavit (yoki lite-rallar yig’indisi) C# tilida ASCII kodlar jadvali bilan birgalikda quyidagi belgilarni o’z ichiga oladi:
- maxsus belgilar to’plami : {}, 1 [] + - % / \ ; : ^ ? <> = ! & # ~ *;
C# alfaviti so’zlarni tuzishda xizmat qiladi, ya’ni leksemalarni tuzishda. Leksemalarning 5 turi bor:
Identifikator
Kalit so’z
Amallar belgilari
Literallar
Ajratuvchilar
Deyarli barcha leksemalar o’zining tuzilishiga ega.Ular ko’p alfavitlidir.
Dostları ilə paylaş: |