Satr o’zgarmaslari.
Dastur yozish paytida satr o’zgarmasini e’lon qilish uchun uni ikkita qo’shtirnoq orasiga olish kerak. Masalan, “salom yoshlar”. Bu satr o’zgarmasi sifatida komplyatsiya bo’ladi. Buni siz dasturning istalgan qismida bajarishingiz mumkin. Masalan, funksiya parametrlarini o’zlashtirishda, o’zgaruvchilarni e’lon qilishda.
String a=”Salom yoshlar”.
Massivlar.
C# da massivlar boshqa C dasturlash tillaridagi massivlardan ancha farq qiladi. Buni misollar yordamida ko’rib o’tamiz.
int [] k ; // k – massiv.
K = new int [3] ; // massiv 3 ta int tipiga tegishli elementdan iborat. K [0] = -5;
K [1] = 4 ;
K [2] = 1; // massiv elementlarini e’lon qilamiz.
// massivning uchinchi elementini chiqaramiz Console.Writeline(k[2]+””);
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, massiv quyidagicha e’lon qilinadi : Int [] k;
Quyidagisi esa xato hisoblanadi :
int k[]; //xato! int k [] ; //xato !
Ko’p o’lchovli massivlar.
Massivlarning ko’p o’lchovli e’lon qilish uchun faqatgina “,” belgisini n marotaba (n o’lchovli uchun), [] lar sonini n marotaba (n darajali) yozish kerak.
Masalan, 2 o’lchovli massiv e’lon qilish uchun :
Int [,] k;
deb e’lon qilish yetarli. 2 darajali massiv uchun Int [] [] k;
deb e’lon qilish yetarli.
C# tilida ifoda, instruksiya va operatorlar.
Ifodalar. Ifoda – qiymatni aniqlovchi kod satridir. Oddiy ifodaga misol: MyValue=100;
MyValue ning o’zi bir qiymatni aniqlovchi operator bo’lsada, uni ham qiymat sifatida o’zlashtirish mumkin. Chunki u 100 qiymatini qabul qiladi. Misol uchun: MysecondValue=MyValue=100; Bu misolda 100 literali avval MyValue
ga keyin “=“ o’zlashtirish operatori yordamida MySecondValue o’zgaruvchisiga o’zlashtiriladi. Bu bilan 100 qiymati har ikkala o’zgaruvchiga birdaniga o’zlashtiriladi. Bu yo’l bilan siz bir necha o’zgaruvchiga birta qiymatni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Int a=b=c=d=g=h=l=20;
Dostları ilə paylaş: |