C# dasturlash tilida fayllar bilan ishlash


I-BOB. C# tilining sintaksisi va asosiy operatorlari



Yüklə 106,83 Kb.
səhifə2/23
tarix19.04.2023
ölçüsü106,83 Kb.
#100455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

I-BOB. C# tilining sintaksisi va asosiy operatorlari.




    1. Consol rejimi. C# tilining sintaksisi. Ma’lumotlar tiplari.


Visual Studio.NET sistemasida dasturni kompilyatsiya qilish va bajarishning bir necha usuli bor. Ko’p hollarda dasturchilar dasturni alohida kompilyatsiya qilib bir nechta klavishalar kombinatsiyalari orqali ishlatishga o’rganishgan.


++ tugmalarini bosish orqali yoki menyuning Build-
>Build Solution qismini tanlash orqali dasturni kompilyatsiya qilish mumkin. Alternativ variant sifatida instrumentlar panelidagi Build tugmasini bosish ham mumkin.
Dasturni kompilyatsiya qilmasdan ishlatish uchun + tugmasini yoki menyuning Debug->Start Without Debugging qismini tanlash yoki panel instrumentlar qismidagi mos tugmani bosish lozim.
using System; class Hello
{


static void Main(string[] args)


{


Console.WriteLine(“Hello”);


}


}

C# tilida yozilgan dasturni ishlatish uchun





  1. Kodni fayllar sistemasida biror nom bilan saqlash lozim (hello.cs)

  2. Kommandalar satrida csc /debug hello.cs buyrug’ini bajarish lozim Ushbu buyrug’ bajarilgach, natijaviy .exe kengaytmali fayl hosil bo’ladi.

Agar kompilyatsiya jarayonida xatolik yuzaga kelsa, ma’lumot chiqariladi.
/debug parametri bajariluvchi faylga maxsus simvollarni joylashtiradi. Natijada exe faylni qayta ishlovchi dasturda taxlil qilinayotganda stekni kuzatib borishlari mumkin.

  1. Dasturni ishlatish natijasida, ekranga

Hello yozuvi chiqariladi.

C# dasturlash tilida Consol rejimda dastur tuzish uchun yangi loyiha yaratamiz (File/New Project/Visual C#/ Console Application). Ushbu loyihamiz- ning nomini masalan “1-misol” deb nomlaymiz. Bizga C# kodini yozish uchun yangi oyna ochiladi.


Consol rejimida ishlash uchun .NET da Console sinfi ishlatiladi. Bu sinfning afzalligi 2 ta qismdan iborat bo’lib: uning barcha metodlari o’zgarmas, sanoqli bo’lib, uni ishlatish uchun nusxalash shart emas. U kiritish, chiqarish va xatoliklarni chiqarishni o’z ichiga oladi. Odatda kiritish, chiqarish standart Consol-da amalga oshiriladi (agar u bo’lmasa, masalan oynali masalalarda chiqarish amalga oshirilmaydi), lekin kiritish va chiqarish oqimlarini o’zgartirish mumkin. Consol bilan ishlashda asosan 4 metod ishlatiladi: Read, ReadLine, Write, WriteLine, birinchi ikkitasi kiritish, qolgani chiqarish metodlari hisoblanadi.
Read metodi. Read metodi kiritish qurilmalaridan belgini qabul qiladi. U int tipida kiritilgan belgi kodini qaytaradi va hech narsa kiritilmagan bo’lsa, -1 ni qaytaradi. Masalan:
int i = Console.Read(); Console.WriteLine(i) ;
Bu dastur kiritilgan belgi kodini ekranga chiqarib beradi.



Yüklə 106,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin