yetuk pianinochi va dirijyor Gans Byulov,
pianinochi Karl Tauzik,
bastakorlar Petr Komelius va loaxim Rafflar bo'lgan. Butun umri
davomida List 337 nafar o'quvchini tarbiyalagan. Ular orasida rossiyalik
o‘quvchilar ham bo'lgan (Aleksandr Ziloti, Vera Timanova).
1854 yili List Veym arda «Yangi Veym ar uyushmasi»ni tuzdi,
1861 yili «Umumnemis musiqa uyushmasi»ga asos solindi. Ularning
vazifasi yangi, ilg'or musiqa san’ati g'oyasini
yoyish va buyuk
bastakorlar - eskilari va zamonaviylarining ijodini targ‘ib etish bo'Idi.
Veymarda Listni yo'qlab turishardi: chex musiqasining buyuk klassigi
Bedrjik Smetana, logannes Brams, vengr skripkachisi Edde Remini? rus
bastakorlari A. N. Serov va A. G. Rubinshteyn.
Veymar davrida 12 ta simfonik poema (13 tasidan), 15 ta vengr
rapsodiya (19 tasidan), fortepiano
konsertlarining yangi tahriri, «Oliy
mahorat etyudlari» va «Paganini kaprislari bo'yicha etyudlar» yozildi.
Aynan Veymarda fortepiano bir qismli sonatasining yangi turi bo'lgan
bastakorning yagona fortepiano sonatasi h - moll paydo bo'ldi.
Listning 12 ta sim fonik poemasi
dasturiy musiqaning go'zal
namunasi bo'Idi. Unda musiqiy obrazlar va ulaming tadriji proetik
hamda ma’naviy-falsafiy g'oyalar bilan bog'lanib ketgan. List erkin bir
qismli shaklda yozilgan yirik dasturiy asar bo'lgan
yangi romantik janr
- «simfonik poema»
yaratuvchisi bo'ldi. Simfonik poemalarda List
tomonidan gavdalantirilgan obrazlar doirasi juda kengdir. Viktor
Gyugoning she’rlariga yozilgan «Toda eshitganlarim» simfonik
poemasida tabiatning ulug'vorligi insoniy
iztiroblar va kechinmalarga
zid qo'yishdek romantik g'oyalami mujassamlashtiradi. Gyotening yuz
www.ziyouz.com kutubxonasi
yillik yubileyiga yozilgan «Tasso» simfonik poemasida Tassoning
hayotligidagi iztiroblari va uning vafotidan so ‘ng ulug‘ iste’dodining
zafarli tantanasi tasvirlanadi.
«Orfey» (1854) simfonik poemasi
Glyukning Veymardagi «Orfey» operasi postonovkasiga uvertyura
sifatida moMjallangan. Mazkur simfonik poemada List san’at ramziga
aylangan frakiyalik xonanda Orfey haqidagi
mashhur qadimgi grek
afsonasini gavdalantirdi. «Prometey» (1850) simfonik poemasi dastlab
Gardeming «Prometeyning ozod etilishi» dramasi postanovkasiga
uvertyura edi. Bu asar xudolardan olovni obg‘rilab, odamlarga tuxfa
etgan grek mifologiyasi qahramoni Prometeyning
azamat obrazi bilan
uygbun. «Prelyudi» simfonik poemasi avval Lamartin she’ri asosida
yaratilgan bo4ib, Jozef Otranning matni asosidagi to‘rtta erkaklar xoriga
kirish tarzida yaratilgani edi. Keyinroq uni qayta ishlash asnosida uni
mustaqil simfonik poemaga aylantirish jarayonida List Lamartinning
«Poetik mushohadalar» she’riga to’xtaydi
va uning matni musiqaga
ko'proq mos kelishini anglab yetadi.
Listning boshqa simfonik poemalarini sanab o‘tamiz: «Mazepa»
(1851, Viktor Gyugo bo‘yicha), «Bayram jaranggi» (1853), «Qahramon
haqida yig‘i-yo’qlov» (1850-1854), «Vengriya» (1854), «Gamlet»
(1858, Shekspir tragediyasi bo‘yicha), «Gunnlar jangi» (1857, nemis
rassomi Vilgelm Kaulbax freskasi bo‘yicha), «Ideallar» (1857, Shiller
bobyicha).
Dostları ilə paylaş: