tayinlandi. Opera teatriga o‘n yillik rahbarligi davrida List turli
bastakorlar operalarning ko‘plab sahnalashtirish ishlarini amalga oshirdi:
Glyukning
«Orfey»,
«Alsesta»,
«Armida»,
Meyerbeming
«Gugenotlar»i, Betxovenning «Fidelio»si, Motsartning «Don Juan» va
«Sehrli nay»i, Rossinining «Vilgelm Tell» va «Otello»si, Vebeming
«Freyshyuts» va «Evrianta»si. Veymarda List o‘z
zamondoshlari
operasi ni targ‘ib etar edi: 1852 yili u Berliozning «Benvenutto Chellini»,
1855 yili esa Shumanning «Genovevu» operalarini qo‘ydi. Vagneming
uchta «Tangeyzer» (1849), «Loengrin» (1850), «Uchar gollandiyalik»
(1853) operalari qo‘yildi.
List Fransiyada Berliozning romantik uslubi tushunilmagan bir
paytda bu bastakor musiqasi kunlarini uyushtiradi. List tomonidan
Berliozning asarlari ijro etildi («Fantastik simfoniya», «Garold
Italiyada», «Romeo va Julyetta», «Faustni qoralash», «Rim kamavali»).
1856 yilda Mosart tavalludining 100 yilligi
munosabati bilan List
Venada dirijyorlik qildi.
Listning adabiy faoliyati yangi musiqani bosma so‘z bilan faol
targ‘ib qilishida
namoyon
bo‘ldi.
Uning
Berliozning «Garold
ltaliyada»si,
Vagnerning
«Tangeyzer»,
«Uchar
gollandiyalik»,
«Loengrin» operalariga bag'ishlangan maqolalari katta tadqiqot bo‘lib,
ularda sanab o‘tilgan bastakorlar ijodi
va ulaming asarlari tahlili
berilgan. Veymarda Listning ikkita kitobi yozilgan: Shopen (1849) va
vengr loiilari musiqasi haqida(1854).
Dostları ilə paylaş: