sifatida rivojlangan ballada janri alohida aham iyat kasb etadi. Bu
janrda o‘zini ayniqsa, polyak shoiri,
romantik Adam Mitskevich
ko‘rsatgan edi. Shopen va Mitskevichning umumiy tomonlari juda ko‘p:
g'oyaviy motivlar, obrazlilik xarakteri, milliy kolorit va boshqalar.
Musiqa san’atida ballada dastlab Shubertning vokal asari « 0 ‘rmon
qiroli»da o‘zining klassik ifodasini topdi. Shopen Yangi janr - cho!g‘u
asboblari bilan ijro etiladigan ballada janrining ijodkori boidi. Keyinroq
bu janrda List, Brams, Grig va boshqa bastakorlar asarlar yaratishgan.
Shopen
balladalarda
xilma-xil
shakllarga
tegishli
bo igan
xususiyatlar va ularga xos boigan rivojlanish tamoyillari (sonata shakli
va sonata turkumi, rondo,
uch qismli shakl, variatsiyalar) ni erkin va
tabiiy ravishda birlashtiradi. Shakl hosil qilishdagi turli tamoyillaming
birlashishi yangi
shakllarni - o‘zida sonatalik va variatsiyalilik,
turkumllilik va rondosifatlilik alomatlarini
mujassamlashtirgan sintetik
bir qismli shakllarni yuzaga keltiradi. Bunday shakl romantik
musiqadagi
«poemaviy» janrlar: ballada, fantaziya, simfonik
poemalami tavsiflaydi, ular XIX asr musiqasida juda keng yoyilgan edi.
Shopen yaratgan to‘rtta balladaning har birini
qaysidir bir poetik asar
bilan boglashga intilishlar mavjud boigan. Shunday taxminlar borki,
ularga ko‘ra Birinchi ballada
(g-moll or. 23) (1831-1835)
Adam
Mitskevichning «Konrad Valenrod» sujeti bilan boglanadi, ikkinchi
ballada (F - dur - a - moll op. 38) (1836-1839) - Mitskevichning
«Svityazyankalar»
sujeti bilan, uchinchi ballada (As - dur op.47) (1840 -
1841) Geynening «Loreleya»si bilan boglanadi.
Dostları ilə paylaş: