(Sh.Petefi, M.Vereshmarti) musiqiy xarakteristkasidan iborat «Vengr
portretlari» fortopiano uchun mo‘ljallangan qo'shiqlar turkumi. Vengr
mavzulari Vengriya uchun puflab chalinadigan asboblar uchun maxsus
yozilgan asarlarida ham bor: «Gran ibodati», «Muqaddas Yelizaveta
haqida afsona», «Vengr toj kiyish marosimi messasi». Listning Vengriya
bilan qalin aloqalari haqida uning vengr lo'lilari musiqasi haqidagi
kitobida va uning Budapeshtdagi milliy musiqa akademiyasiining
birinchi prezidenti etib tayinlashi (1875) haqidagi dalil guvohlik beradi.
List - musiqadagi romantizmning eng yorqin namoyondasidir. Turli
g'oyaviy ta‘sirlarni, jumladan, butun ziddiyatlari, uning ijobiy va salbiy
yo'nalishlari bilan romantik estetikaning ta’sirini boshidan o'tkazgan
edi. Listning o'zi ham ziddiyatlardan xoli emas edi. Ijod qarama-
qarshiligi bir tomondan dasturiylikka, musiqaning aniq obrazliligiga
intilishda ko^rinsa, ikkinchi tomondan bu vazifalami bajarishda
reallikdan uzoqlashish namioyon bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: