an’analari asosida yirik turkum shakllarni
egallash yoMidagi dastlabki
tajribadir.
В - moll op. 35 sonatasi ijodiy kamolotning eng gullagan davrida -
1839 yilda yozilgan. В - moll sonatasida so^zlami qo‘llamay turib sahna
elementlari vositasida u tom ma’nodagi «cholg'u
asboblari bilan ijro
etiladigan drama» - o‘ziga xos fuqarolik fojeyasini yaratadiki, unda
butun boshli bir xalqning tuyg‘u va iztiroblari ulkan umumlashtiruvchi
kuch bilan aks etgan. Betxovenning «Dafn marshi» va Chaykovskiyning
Oltinchi simfoniyasi qatorida Shopenning b - moll
sonatasi musiqadagi
fojeaviy boshlanmaning oliy darajadagi ifodasi hisoblanadi.
H - moll, op. 58 sonatasi 1844 yilda yaratilgan. Mazmuniga ko'ra u
oldingi sonataning tamomila aksidir. U yorqin, qishloq ohanglariga boy,
osoyishta boshlanmani ifoda etgan bo‘lib, bastakor hayotining so'nggi
yillarida paydo boigan. Sonatada yorqin obrazlar tashuvchisi bo'lgan
mavzular tantana qilgan.
Shopenning yigirma to‘rtta
prelyudiyasi
ham mavjud. Ular
miniatyuralar to'plamidan
iborat boMib, ijodkoming ichki olamini, uning
fikrlari, o'y-orzulari, kayfiyatini aks ettiradi.
Klassik davrdan oldingi
musiqada prelyudiyalarga kirishga xos bo‘lgan arzimas mavqe ajratilardi
hamda uning aniq mazmuni bo'lardi, masalan, fuga uchun prelyudiya,
suita prelyudiyasi kabi. Shopen prelyudiyalaming yangicha hayotini
boshlab berdi va uning ijodida prelyudiya o 'z qonuniyatlari va o'ziga
xos xususiyatlariga ega bo'lgan
mustaqil janrga aylandi.
Yangidan
tug'ilgan prelyudiya janriga XIX - XX asming eng yirik bastakorlari:
Raxmaninov, Lyadov, Skryabin, Debyussilaming murojaat qilishi bejiz
emas edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi