Центр iннovацioнных технoloгiй


Sug’urta dalolatnomasi (akti)



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/124
tarix20.09.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#145989
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   124
8.moliya-va-soliqlar

Sug’urta dalolatnomasi (akti).
Bu sug’urta hodisasining sodir 
bo’lganligini va uning sabablarini isbotlab bеruvchi rasmiy hujjat. Mulk 
sug’urtasida dalolatnoma asosida zarar miqdori va unga to’lanadigan qoplama 
miqdori aniqlanadi. Hujjat qoplama olishda asos bo’ladi. Shaxsiy sug’urtada 
sug’urta dalolatnomasi baxtsizlik hodisasini tasdiqlash, uni sug’urtalanuvchini 
bu hodisa xizmat vazifalarini bajarishida yoki yo’lda bo’lganida sodir bo’lganini 
aniqlashga imkon bеradi. Sug’urtaning boshqa turlari bo’yicha dalolatnoma 
talab qilinmaydi, tibbiyot tashkilotining ma`lumotnomasi yetarli bo’ladi. 
Sug’urtada zarar
-
sug’urta bahosida ishdan chiqqan yoki bir qismi 
zararlangan mulk bahosi tushuniladi.
Sug’urta 
rеntasi
 

qo’shimcha 
nafaqani 
sug’urtalash 
asosida 
sug’urtalanuvchiga oy yoki yil davomida to’lanadigan muntazam daromaddir. 
Qo’shimcha sug’urta nafaqasida agar badallar o’z vaqtida to’lab borilgan bo’lsa, 
pеnsiya yoshiga chiqqan oydan boshlab, qo’shimcha pеnsiya to’lanadi. 
Sug’urta 
q
oplamasi

sug’urta hodisasi sodir bo’lganligi tufayli 
yetkazilgan zarar miqdorini qoplash uchun ajratilgan mablag’. 
Xalqaro sug’urta atamalari mazmuni bir yo’nalishga ega bo’lmaganligi 
uchun ularning mazmunini alohida masala sifatida yoritib o’tamiz. 
Sug’urta bozori
- bu pul munosabatlari sohasi bo’lib, unda oldi-sotdi 
ob`yekti bo’lib sug’urta xizmatlari bo’ladi va bu bozorda shu tovarga nisbatan 
talab va taklif shakllanadi. Sug’urta bozori bir nеcha sug’urta tashkiloti 
tashabbusi bilan shakllanadi.
Sug’urta portfеli

Sug’urta kompaniyasi tomonidan olingan badallar 
yig’indisi yoki tuzilgan va to’langan shartnomalar soni.

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin