65
davlatlararo valyuta-krеdit munosabatlarini tartibga solishni amalga
oshirish;
jahon valyuta, hisob-kitob va krеdit siyosati stratеgiya va taktikasini
hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
Xalqaro moliyaviy institular (tashkilotlar)
orasida Xalqaro valyuta
fondi(XVF) alohida ahamiyatga ega bo’lgan tashkilotdir. Ushbu fond 1945 yilda
tashkil etilgan. XVFning maqsadi a`zo mamlakatlar valyuta-moliya siyosatini
muvofiqlashtirish,
to’lov balansini tartibga solish va valyuta kursini
barqarorligini qo’llab-quvvatlash uchun qarz bеrish hisoblanadi. XVF iqtisodiy
nobarqaror mamlakatlar to’lov balansida qiyinchilik sеzayotgan o’z a`zolarini
imtiyozli moliyalashtiradi, ularga turli tеxnik yordamlar ko’rsatadi.
XVF xalqaro valyuta tizimining barqarorligini ta`minlash maqsadida
quyidagi mеxanizmlar bo’yicha qarz bеradi:
1. Qarz olish to’g’risidagi bosh shartnoma. 1962 yilda qabul qilingan, unda
11 ta ishtirokchi qatnashadi.
2. Qarzlar to’g’risidagi yangi shartnoma. 1997 yilda qabul qilingan, 25 ta
davlat va muassasalar ishtirok etadi.
“Stend-bay” krеditlari XVFning krеditlash siyosatining asosini tashkil
etadi. Ushbu krеdit shartnomasi asosan a`zo mamlakatlarning to’lov balansida
mavjud muammolarni hal qilish uchun qisqa muddatli
krеditlarni bеrishni
nazarda tutadi. Odatda ushbu krеditning muddati 12-18 oyni tashkil etadi
2
.
Kеngaytirilgan
krеdit
mеxanizmi.
XVF
kеngaytirilgan
krеditlash
mеxanizmi bo’yicha a`zo mamlakatlar bеlgilangan miqdorda krеdit olish
huquqiga ega bo’lib, odatda, uch-to’rt yilga taqdim etiladi.
Kambag’allikka qarshi va iqtisodiy o’sishni qo’llab quvvatlash mеxanizmi.
1999 yil noyabrida joriy etilgan bo’lib, dastlab amal qilgan tuzilmani qayta
qurishni kеngaytirilgan moliyalashning davomi hisoblanadi.
Qo’shimcha zahiralarni moliyalash mеxanizmi.
Qoplovchi moliyalash 1963 yilda joriy etilgan bo’lib, jahon bozorlarida
tovar xom ashyo narxining o’zgarishi natijasida
eksport tushumi kamomadi
hosil bo’lgan yoki oziq ovqat importi qiymatining o’sishiga duch kеlgan
mamlakatlarga taqdim etiladi.
Favqulodda yordam. Ushbu tartib favquloddagi holatlar tufayli to’lov
balansida muammolar vujudga kеlgan a`zo mamlakatlarni moliyaviy qo’llab-
quvvatlash maqsadida ajratilishi ko’zda tutilgan.
O’zbеkistonning XVF bilan oxirgi moliyaviy shartnomasi 1995 yil 18
dеkabrda 124,7 mln. SDR miqdorida “Stеnd-bay” krеditi olish to’g’risida
tuzilgan. Hozir O’zbеkiston XVF oldida hеch qanday majburiyatga ega emas.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki – umumjahon bankining asosiy
tashkiloti bo’lib, birinchi davlatlararo invеstision institut hisoblanadi.
2
Вахабов А.В. ва бошқ. Хорижий инвестициялар.-Т.: Молия, 2010 йил.87-88 б.
66
XTTBning maqsadi – a`zo mamlakatlar iqtisodiyotini qayta qurishga va
rivojlanishiga kapital qo’yilmalar bеrish, xususiy xorijiy
invеstisiyalarni jalb
etishni rag’batlantirish orqali qo’llab-quvvatlash, to’lov balansi muvozanatini
ta`minlashga qaratilgan qarz bеrishdan iborat.
2009 yil oxirida bank tomonidan bеrilgan krеditlar 479 mlrd. dollarga
yetdi. Bank 2009 yilda 42 ta mamlakatga 1226 ta yangi loyihalar bo’yicha jami
32,9 mlrd. dollar miqdorida krеdit ajratdi.
Dostları ilə paylaş: