Central asian journal of education and innovation



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix02.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#171543
1   2   3   4
CAJEI0212

BALANS 
MA’LUMOTLARI 
VA 
UNING 
BOSHQA 
MOLIYAVIY 
HISOBOTLAR 
MA’LUMOTLARIGA 
MOSLIGI
Aktivlar
– xo‘jalik subyektining qiymat bahosiga ega bo‘lgan moddiy, shu jumladan, pul 
mablag‘lari 
va 
debitorlik 
qarzlari 
va 
nomoddiy 
mulkidir. 
Kapital 
– 
aktivlarning 
qiymatini 
va 
majburiyatlarni 
baholashga 
bog‘liqdir. 
Majburiyatlar 
– o‘zida iqtisodiy foydani ifodalovchi resurslar oqimi ehtimoli mavjud 
bo‘lganida buxgalteriya balansida e’tirof etiladi, shuningdek‚ ular majburiyatlarni qabul qilish 
natijasidir.
Korxonalarning xo`jalik mablag`lari hamma vaqt kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
jarayonida harakatda bo`ladi va davrlar bo`yicha ham miqdor, ham qiymat jihatidan o`zgarib 
turadi. Xo`jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish va boshqarish uchun korxona qanday 
mablag`larga ega, ularning tarkibi va qayerda joylashganligi hamda bu mablag`lar qanday 


 
Page 64 
 
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION 
AND INNOVATION 
Volume 2, Issue 2, February 2023 
www.in-academy.uz 
manbalardan tashkil topganligi to`g`risida aniq ma’lumotlar bo`lishi zarur. Xo`jalik 
mablag`larining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning kelib chiqish manbalaridagi 
o`zgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga pul o`lchovida umumlashtirib aks 
ettirish buxgalteriya hisobi usulining muhim elementlaridan biri – balans yordamida amalga 
oshiriladi. 
Balans yordamida xo`jalik mablag`lari, ularning holati, mavjudligi, joylanishi va tashkil topish 
manbalari to`g`risidagi ma’lumotlarga ega bo`linadi. Balans usulidan faqat buxgalteriya 
hisobidagina foydalaniladi deb tushunish noto`g`ridir. Bu usuldan rejalashtirish, ta’minot, 
statistika hisobida va operativ hisobda ham keng foydalaniladi. Shuning uchun ham balans 
usuli yordami bilan ma’lumotlarni umumlashtirish ko`p fanlarda qo`llaniladigan umumiy 
usullar qatoriga kiradi. 
Buxgalteriya hisobida xo`jalik mablag`lari ikki tomonlama, ya’ni ularning tarkibi va 
joylanishiga hamda kelib chiqish manbalariga ko`ra aks ettirilishi hisobga olinib, balanslar 
tuzilayotganda ularda aks ettirilayotgan ma’lumotlar tengligiga e’tibor qilinadi. Korxona 
xo`jalik mablag`larining turlari va joylanishi hamda bu mablag`larning tashkil topish 
manbalari buxgalteriya balansining ikki tomonini tashkil qiladi. 
Buxgalteriya balansida korxonaning xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari 
umumlashtirilib, odatda, kunning ohiriga (banklarda) yoki hisobot davridan keyingi oyning 
birinchi kuniga pul o`lchovida tuziladi. Korxonalarda hisobot davrida sodir bo`lgan xo`jalik 
muomalalari maxsus hujjatlarda qayd qilinadi. Bu hujjatlarga asoslanib buxgalteriya 
provodkalari tuziladi va ular buxgalteriya hisobining sintetik schyotlariga tarqatiladi. Hisobot 
davri ohirida sintetik schyotlar bo`yicha aylanma vedomost tuziladi. Bunda hisobot davri 
boshidagi har qaysi sintetik schyotning boshlang`ich qoldig`i, hisobot davrida sodir bo`lgan 
aylanma summasi va hisobot davri ohiriga qoldiq summasi ko`rsatiladi. 
Shuni qayd qilib o`tish kerakki, korxona xo`jalik mablag`lari va ular manbalarining kundalik 
xo`jalik faoliyatiga buxgalteriya balansi yordamida to`la baho berib bo`lmaydi. Darhaqiqat, 
kundalik xo`jalik faoliyatidagi o`zgarishlarni aks ettirib turish uchun buxgalteriya hisobining 
joriy ma’lumotlarini hisobga oluvchi schyotlar tizimi usulidan foydalaniladi. Lekin xo`jalik 
mablag`lari va ular manbalarining harakatini, ularda sodir bo`lgan o`zgarishlarni ma’lum bir 
sanaga to`plab aks ettirish talab qilinadi, chunki bunday yig`ib tasvirlash korxona xo`jalik 
mablag`larining, bir tomondan, tarkibi va holatidagi davriy o`zgarishni ko`rsatsa, ikkinchi 
tomondan, ularning tashkil topish manbalaridagi o`zgarishlarni aks ettiradi, shu bilan birga, u 
xo`jalik faoliyatining holatini iqtisodiy tahlil qilishda zarur xulosalar olish uchun muhim 
material hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobi bo`yicha xalqaro buxgalteriya standartlarida buxgalteriya balansi balans 
hisoboti deb yuritiladi. Balans hisoboti korxonaning ma’lum sanaga bo`lgan moliyaviy holatini 
ko`rsatadi. Balans hisoboti korxonaning aktivlari, korxonaning boshqa huquqiy shaxslar va 
fuqarolarga bo`lgan majburiyatlari hamda aksiyali jamiyat shaklida faoliyat qiladigan 
korxonaning aksiyali kapitalining tafsiloti bilan berilgan ro`yhatini ko`rsatadi. Buxgalteriya 
balansini balans hisoboti deb atalishiga sabab, bu balansda korxona aktivlarining qiymatini, 
korxonaning boshqa huquqiy shaxslar va fuqarolarga bo`lgan majburiyatlarining umumiy 
qiymati bilan korxonaning kapitalini umumiy qiymatiga teng kelishidir. 
Xulosa
. Buxgalteriya balansi axborotlarga boy manba bo’lib, ularga asoslanib xo’jalik 
yurituvchi subyekt moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalari baholanadi. Aynan mana 



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin