BALANS
MA’LUMOTLARI
VA
UNING
BOSHQA
MOLIYAVIY
HISOBOTLAR
MA’LUMOTLARIGA
MOSLIGI
Aktivlar
– xo‘jalik subyektining qiymat bahosiga ega bo‘lgan moddiy, shu jumladan, pul
mablag‘lari
va
debitorlik
qarzlari
va
nomoddiy
mulkidir.
Kapital
–
aktivlarning
qiymatini
va
majburiyatlarni
baholashga
bog‘liqdir.
Majburiyatlar
– o‘zida iqtisodiy foydani ifodalovchi resurslar oqimi ehtimoli mavjud
bo‘lganida buxgalteriya balansida e’tirof etiladi, shuningdek‚ ular majburiyatlarni qabul qilish
natijasidir.
Korxonalarning xo`jalik mablag`lari hamma vaqt kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
jarayonida harakatda bo`ladi va davrlar bo`yicha ham miqdor, ham qiymat jihatidan o`zgarib
turadi. Xo`jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish va boshqarish uchun korxona qanday
mablag`larga ega, ularning tarkibi va qayerda joylashganligi hamda bu mablag`lar qanday
Page 64
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 2, Issue 2, February 2023
www.in-academy.uz
manbalardan tashkil topganligi to`g`risida aniq ma’lumotlar bo`lishi zarur. Xo`jalik
mablag`larining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning kelib chiqish manbalaridagi
o`zgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga pul o`lchovida umumlashtirib aks
ettirish buxgalteriya hisobi usulining muhim elementlaridan biri – balans yordamida amalga
oshiriladi.
Balans yordamida xo`jalik mablag`lari, ularning holati, mavjudligi, joylanishi va tashkil topish
manbalari to`g`risidagi ma’lumotlarga ega bo`linadi. Balans usulidan faqat buxgalteriya
hisobidagina foydalaniladi deb tushunish noto`g`ridir. Bu usuldan rejalashtirish, ta’minot,
statistika hisobida va operativ hisobda ham keng foydalaniladi. Shuning uchun ham balans
usuli yordami bilan ma’lumotlarni umumlashtirish ko`p fanlarda qo`llaniladigan umumiy
usullar qatoriga kiradi.
Buxgalteriya hisobida xo`jalik mablag`lari ikki tomonlama, ya’ni ularning tarkibi va
joylanishiga hamda kelib chiqish manbalariga ko`ra aks ettirilishi hisobga olinib, balanslar
tuzilayotganda ularda aks ettirilayotgan ma’lumotlar tengligiga e’tibor qilinadi. Korxona
xo`jalik mablag`larining turlari va joylanishi hamda bu mablag`larning tashkil topish
manbalari buxgalteriya balansining ikki tomonini tashkil qiladi.
Buxgalteriya balansida korxonaning xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari
umumlashtirilib, odatda, kunning ohiriga (banklarda) yoki hisobot davridan keyingi oyning
birinchi kuniga pul o`lchovida tuziladi. Korxonalarda hisobot davrida sodir bo`lgan xo`jalik
muomalalari maxsus hujjatlarda qayd qilinadi. Bu hujjatlarga asoslanib buxgalteriya
provodkalari tuziladi va ular buxgalteriya hisobining sintetik schyotlariga tarqatiladi. Hisobot
davri ohirida sintetik schyotlar bo`yicha aylanma vedomost tuziladi. Bunda hisobot davri
boshidagi har qaysi sintetik schyotning boshlang`ich qoldig`i, hisobot davrida sodir bo`lgan
aylanma summasi va hisobot davri ohiriga qoldiq summasi ko`rsatiladi.
Shuni qayd qilib o`tish kerakki, korxona xo`jalik mablag`lari va ular manbalarining kundalik
xo`jalik faoliyatiga buxgalteriya balansi yordamida to`la baho berib bo`lmaydi. Darhaqiqat,
kundalik xo`jalik faoliyatidagi o`zgarishlarni aks ettirib turish uchun buxgalteriya hisobining
joriy ma’lumotlarini hisobga oluvchi schyotlar tizimi usulidan foydalaniladi. Lekin xo`jalik
mablag`lari va ular manbalarining harakatini, ularda sodir bo`lgan o`zgarishlarni ma’lum bir
sanaga to`plab aks ettirish talab qilinadi, chunki bunday yig`ib tasvirlash korxona xo`jalik
mablag`larining, bir tomondan, tarkibi va holatidagi davriy o`zgarishni ko`rsatsa, ikkinchi
tomondan, ularning tashkil topish manbalaridagi o`zgarishlarni aks ettiradi, shu bilan birga, u
xo`jalik faoliyatining holatini iqtisodiy tahlil qilishda zarur xulosalar olish uchun muhim
material hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi bo`yicha xalqaro buxgalteriya standartlarida buxgalteriya balansi balans
hisoboti deb yuritiladi. Balans hisoboti korxonaning ma’lum sanaga bo`lgan moliyaviy holatini
ko`rsatadi. Balans hisoboti korxonaning aktivlari, korxonaning boshqa huquqiy shaxslar va
fuqarolarga bo`lgan majburiyatlari hamda aksiyali jamiyat shaklida faoliyat qiladigan
korxonaning aksiyali kapitalining tafsiloti bilan berilgan ro`yhatini ko`rsatadi. Buxgalteriya
balansini balans hisoboti deb atalishiga sabab, bu balansda korxona aktivlarining qiymatini,
korxonaning boshqa huquqiy shaxslar va fuqarolarga bo`lgan majburiyatlarining umumiy
qiymati bilan korxonaning kapitalini umumiy qiymatiga teng kelishidir.
Xulosa
. Buxgalteriya balansi axborotlarga boy manba bo’lib, ularga asoslanib xo’jalik
yurituvchi subyekt moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalari baholanadi. Aynan mana
|