Page 63
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 2, Issue 2, February 2023
www.in-academy.uz
2.Moliyaviy hisobotning asosiy shakli
bo’lib ,xo’jalik yurituvchi subyektning ma’lum
sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar tizimini ifodalaydi.
BUXGALTERIYA BALANSINING MAJBURIY UNSURLARI
•
moddiy aktivlar;
•
nomoddiy aktivlar;
•
moliyaviy aktivlar;
•
zaxiralar;
•
debitorlikqarzi;
•
pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari;
•
kreditorlikqarzi;
•
ajratmalar;
Iqtisodiyotda buxgalteriya balansi, ijtimoiy mahsulot balansi, savdo balansi, mehnat resurslari
balansi, daromadlar va xarajatlar balansi, toʻlov balansi va boshqa balanslar mavjud.Bizga
hozir buxgalteriya balansi haqida ma’lumotlar kerak bo’lgani uchun , bunga ham ozgina
to’xtalib o’tamiz. Buxgalteriya balansi - xo'jalik yurituvchi korxonalarda har oyning birinchi
sanasida xo'jalik mablag'larining turlari va tashkil topish manbalari bo'yicha iqtisodiy
guruhlashtirish hisoblanadi.Buxgalteriya balansi jadval shaklida bo'lib, ikki qismdan iborat
bo'ladi.
Uning
chap
qismi
aktiv
deb,
o'ng
qismi
passiv
deb
ataladi.
Balansning aktiv qismida xo'jalik mablag'lari va ularning joylanishi aks ettirilsa, uning passiv
qismida esa xo'jalik mablag'larning tashkil topish manbalari va tayinlanishi aks ettiriladi.
Ko`rinib turibdiki, buxgalteriya balansi ikki tomonli ko`rinishga ega bo`lib, uning chap tomoni
aktiv, o`ng tamoni esa passiv deb nomlanadi. Aktiv tomonida xo`jalik mablag`larining turlari,
joylanishi ko`rsatilsa, passiv tomonida esa shu mablag`larning paydo bo`lish manbalari va
qanday maqsadga ishlatilishi aks ettiriladi. Buxgalteriya balansining ikkala tomoni ham bir
qancha moddalarga bo`linadi.Korxonaning har qanday mulki qaysidir manba hisobidan kelib
tushadi. Shuning uchun buxgalteriya balansining aktiv qismi uning passiv qismining umumiy
summasiga (valyuta balansiga) teng kelishi kerak. Hisobot davrida korxonaning moliyaviy
holati haqida umumlashgan axborot manbai bo'lib buxgalteriya balansi hisoblanadi.Uning
dinamikasi o’rganiladi. Buxgalteriya balansi yordamida korxonaning to’lov qobiliyati
o’rganiladi, ya’ni korxona o’zining joriy aktivlar bilan joriy qarzlarini to’lash qobiliyati.Uning
yordamida mulkning tarkibi va tuzilishi, korxonaning daromadliligi va uning likvidliligi,
oborot mablag’larning aylanishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarning holati aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: