Central asian journal of education and innovation



Yüklə 44,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü44,27 Kb.
#194585
1   2   3   4   5
CAJEI0249

“case – true life”

ya`ni 
“keys – haqiqiy hayot”
iborasiga ko`ra keys – real hayotning 
«bir parchasidir»
. Shunga 
ko`ra bu metodni 
“amaliy holatlarni o`qitish metodi”
deb ham ataladi. 
Shu sababli G`arb mamlakatlaridagi ta`lim muassasalarida Case study metodidan, ya`ni 
keyslardan foydalanish o`quv rejasining 25 % ini tashkil qiladi. Shu munosabat bilan ta`lim 
muassasalarida hayotiy vaziyatdan foydalanishning ahamiyati haqida qisqacha to`xtalib 
o`tamiz. 
Case study ta`lim metodini turli holatlarni o`rganishda qo`llash – hayotdan olingan odatdagi 
vaziyatlarni o`rganishni tashkil etish yoki sun`iy yaratilgan vaziyatlarga asoslangan holda 
ta`lim oluvchilardan tegishli muammolarning maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab 
qilishga qaratilgan ta`lim jarayonidan iborat. 
Bu metod ta`lim oluvchilarga mavzuga tegishli hayotiy vaziyatni tashxis qilish, farazlarni 
ifodalash, muammolarni aniqlash, qo`shimcha axborotlarni yig`ish, farazlarga aniqlik kiritish 
va muammolarni echish hamda ularni bajarishning aniq bosqichlarini loyihalash bo`yicha 
amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini beradi. 
Muayyan hayotiy vaziyatlarga bag`ishlangan keyslardan foydalanish ta`lim jarayonini haqiqiy 
hayot bilan bog`laydi. Keysni ko`rib chiqishda ta`lim oluvchilar ta`lim olish jarayonini 
yaratadilar. Shu jarayondagi o`zaro harakatda ularning haqiqiy fikr almashish holatlari kelib 
chiqadi. Keys ta`lim oluvchilarga tahlil qilish, qiyoslash yo`llarini qidirish va muammoni 
echish erkinligini beradi. 


 
Page 38 
 
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION 
AND INNOVATION 
Volume 2, Issue 2, Part 2 February 2023 
www.in-academy.uz 
“Case” va “Case study” tushunchalarining ma`no-mazmuni ko`p qirrali bo`lib, shunga ko`ra 
quyida ularning asosiy xususiyatlarini to`liqroq aks ettirish maqsadida ko`p variantli ta`riflari 
berildi. 

Yüklə 44,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin