Case – 1) ta`lim oluvchilarning ma`lum maqsadlardagi hayotiy vazifalarni bajarishlari bo`yicha
vaziyatning bayoni, uni tushunish va baholashga imkon beradigan hamda muammoni
ifodalash uchun, uning maqsadga muvofiq yechimini izlashlari uchun kerak materiallar
to`plami;
2) belgilangan mavzu yoki muammo va uning yechimiga doir qo`shimcha axborotlar, audio,
video, elektron tashuvchilar, o`quv-uslubiy materiallar yig`indisi;
3) muammoni hal qilish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar, ularning natijalari na xulosalar.
Case study – 1) ta`lim oluvchilarni o`rganilayotgan muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq
yechimi variantlarini izlashga yo`naltiradigan aniq real yoki sun`iy ravishda yaratilgan
vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta`lim metodidir.
2) ta`lim, axborot-kommunikatsiya, boshqaruv na boshqa sohalarni o`rgatishda qo`yilgan
ta`lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal
qilish jarayonida oldindan belgilangan (bashorat qilinadigan) o`quv natijalariga kafolatli
erishishni vositali tarzda ta`minlaydigan, bir tartibga keltirilgan optimal usullar va vositalar
majmuidan iborat bo`lgan ta`lim texnologiyasidir.
Vaziyat (lotincha situation – ahvol) – muayyan vaziyat, ahvolni hosil qiladigan shart-
sharoitlar va holatlar yig`indisi. Keysda bayon qilingan vaziyat institusional tizimda (shu
o`rinda va keyinchalik – korxonada) diskret (ayni shu) vaqtda tashkiliy hayotdagi tipik
muammolarni qayta yaratadigan real yoki sun`iy qurilgan hodisalarning ideal tarzdagi
in`ikosidan iboratdir.
Muammoli vaziyat – mazkur holda vaziyat sub`ektining hozirgi vaqtda yoki kelgusidagi
maqsadlarga erishishiga xavf soladigan vaziyat tushuniladi.
Case study metodi tarixi. Case study amaliy vaziyatlarni tahlil etish va hal qilish asosida
o`qitish metodi sifatida xorijiy ta`limda dastlab huquq sohasida qo`llanila boshladi: u ilk marta
Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qo`llanilgan edi. 1920 yilda Garvard
biznes-maktabi (GBM) o`qituvchilari yuristlarning o`qitish tajribasiga tayanib, iqtisodiy
amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni ta`limning asosiy usuli etib
tanlashganidan keyin mazkur o`qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi.
Pedagogik turkum fanlarni oʼqitishda ushbu keyslardan samarali, maqsadli va oʼrinli
foydalanish uchun zarur sharoitlar mavjudligi aniqlandi. Quyidagi misollar ushbu fikrning
toʼgʼriligini tasdiqlaydi.
Keys savollari:
1. Oʼqituvchining mavjud vaziyatdagi holatini shaxsan Siz qanday baholaysiz?
2. Bu vaziyatda oʼqituvchi qanday tarbiya metodini qoʼlladi? Oʼqituvchining yechimi. Bu
vaziyatda oʼqituvchi oʼzining tarjribali va pedagogik nazokatga egaligini namoyon eta oldi. U
karikaturani oʼzining ustidan kulish vositasi deb emas, aksincha, sanʼat asari sifatida qabul
qildi. Natijada oʼqituvchi aybdor talabani qidirib, unga tanbeh berishni istamadi. Buning
oʼrniga oʼzining sanʼatga boʼlgan muhabbatini koʼrsatdi. Bunday yondashuv talabalarga
oʼqituvchining irodali, oʼziga hurmat bilan munosabatda boʼlishi, hissiyotlarini jilovlay olish,