Central asian journal of education and innovation



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix08.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#126963
  1   2   3
CAJEI0335



 
Page 154 
 
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION 
AND INNOVATION 
Volume 2, Issue 3, March 2023 
www.in-academy.uz 
 FUNKSIYA VA FUNKSIYANING BERILISH USULLARI 
Usmonova Jahonbuvi Begmatovna 
Pozilova Shahnoza Xaytbayevna 
Toshkent viloyati Angren shahar 7-umumiy órta ta'lim maktabi 
matematika fani óqituvchilari 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7752124 
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Qabul qilindi: 14- mart 2023 yil 
Ma’qullandi: 16-mart 2023 yil 
Nashr qilindi: 20-mart 2023 yil
 
 
Ush bu maqolada funksiya haqida qisqacha yoritilib 
berilgan. Funksiya — matematikaning eng muhim va 
umumiy tushunchalaridan biri. Funksiyaning turlari koʻp 
boʻlib, eng koʻp qoʻllaniladigani bu chiziqli funksiyadir 
yaʼni f(x)=ax+b
KEY WORDS 
funksiya, to‘plam, argument
analitik usul, jadval usul, grafik 
usul 
 
Aytaylik X va Y haqiqiy sonlar to'plami berilgan bo'lsin. 1-Ta'rif. Agar X to'plamning har bir x€ 
X elementiga Y to'plamning yagona y€ Y elementi mos qo'yilsa, u holda bu moslik funktsiya
deyiladi va uni y = f(x) kabi yoziladi. Bu yerda X-erkli o'zgaruvchi(argument); Y-erksiz 
o'zgaruvchi (funksiya); f - x ni y ga mos qo'yuvchi qoida.
2-Ta'rif. Argument x ning berilgan funktsiya ma'noga ega bo'ladigan qiymatlar to'plamiga 
funktsiyaning aniqlanish sohasi deyiladi va uni D(f) bilan belgilanadi. 
3-Ta'rif. x ning o'zgarishiga ko'ra y ning qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlar to'plamiga 
funktsiyaning qiymatlar sohasi deyiladi va uni E(f) bilan belgilanadi. Bundan keyin biz 
funksiyaning aniqlanish sohasini D(f), qiymatlar to'plamini (o'zgarish sohasini) esa E(f) bilan 
belgilaymiz. Funksiyaning berilish usullari: Funksiya umumiy holda analitik, jadval, grafik va 
so'z usullari bilan berilishi mumkin. Analitik usul. Ko'pincha xva y o'zgaruvchilar orasidagi 
bog'lanish formulalar yordamida ifodalanadi. Bunda argument x ning har bir qiymatiga mos 
keladigan funksiyaning y qiymati x ustida analitik amallar - qo'shish, ayirish, ko'paytirish, 
bo'lish, darajaga ko'tarish, ildizdan chiqarish, logarifmlash va h.k. amallarni bajarish natijasida 
topiladi. Odatda, bunday usulfunksiyaning analitik usulda berilishi deyiladi.
Funksiya analitik usuld, jadval usul, grafik usul ko'rinishlarda berilishi mumkin. 
Analitik usul: 1) y=g(x) yoki x=g(y) ko'rinishdagi formulalar bilan berilgan funksiyalar 
oshkor ko'rinishda berilgan funksiyalar deyiladi. Masalan, y=6x-2, y=x²+lnx funksiyalar 
oshkor ko'rinishda berilgan. Analitik usulda berilgan funksiya bir nechta formulalar vositasida 
yozilishi ham mumkin, masalan: 



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin