Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (carjis)


Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)



Yüklə 189,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix15.10.2022
ölçüsü189,29 Kb.
#65158
1   2   3   4   5
turk-xoqonligi-davlatchiligi-tarixi-va-ularni-aks-ettiruvchi-manbalar

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
ISSN (online): 2181-2454 
Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar | 
www.carjis.org 
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-4-217-221 
 
E-mail: carjisor@gmail.com 
220 
o‘ngida yig‘ib yoqib tashlaydi. Istami bu voqeadan qattiq ranjisada Xusravshoh 
huzuriga ikkinchi marotaba o‘z elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi endilikda faqat 
turklardan iborat bo‘lib, uning natijasidan yaqin oradagi siyosat namoyon bo‘lishi 
kerak edi. Bu safar turk elchlari zaharlab o‘ldiriladi. 
Ularning faqatgina bir nechasigina xoqon huzuriga yetib keladi. O‘z ishlarini 
sosoniylar “Turklar issiq ob-havoni ko‘tarisha olmadilar” deb berkitishadi. Istami 
Xusrav I Anushirvon qo‘shinlarini tor-mor qilib Eronning shimoliga bostirib kiradi 
[1,87]. Eftaliylar o‘z yerlarining Eronga tushib qolgan qismini yana o‘z qo‘llariga 
qaytarib oladilar. Eron tinchlik sulhiga kelishib 40 ming vizantiya tillasi to‘lash 
majburuiyatini oladi. Undan so‘ng Eron bilan Vizantiya o‘rtasida urush boshlanib 
ketib, sosoniylar davlati juda nochor ahvolga tushib qoladi. 576-yili Mug‘anxon va 
Istami yabg‘ularning vafotidan so‘ng Turk xoqonligining ta‘siri ancha zaiflasha 
boshlaydi. Eron sarkardasi Bahrom Chubin Chur Bag‘a xoqon qo‘mondonligidagi 
300000 kishilik turk qo‘shinini tor-mor qiladi. Bahrom Chubin Buxoro yaqinidagi 
Poykend shahriga bostirib kirib xoqonning o‘g‘ali Barmuda Teginni asirga oladi. 
Xoqon xazinasini esa Eron shohi Xormuzdga yuboradi. Turk xoqonligi 568-569-
yillarda o‘sha davrning qudratli davlati Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq 
aloqalarini o‘rnatishga intilib, So‘g‘da savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u 
yerga yuboradi. Elchilar imperator Yustinian qabulida bo‘ladi. Shundan so‘ng Zemarx 
boshliq elchilari xoqonlikka keladi. Turk xoqonlari O‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan 
bo‘lsalarda biroq o‘zlari bu hududga ko‘chib kelmaganlar [3, 154]. Ular Yettisuv va 
boshqa hududlardagi bosh qarorgohlarida qolib bo‘ysungan hududlarni mahalliy 
hukmdorlar orqali boshqarib ulardan olinadigan soliq-o‘lponlar va to‘lovlar bilan 
kifoyalanganlar. Bundan ko‘rinadiki Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud 
mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat 
bobidagi mustaqil faoliyati davom etgan Xoqonlik istisno hollardagina o‘lkaning 
ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashgan Bu narsa ko‘proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-
sotiq masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta’kidlanganidek, Zarafshon, 
Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida 9 ta mustaqil hokimlik mavjud bo‘lgan: 
Samarqand, Ishtixon, Maymurg‘, Kesh, Naqshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy 
shular jumlasidandir. 
Samarqand, Buxoro, Xorazm, Choch, hokimliklari o‘zlariga ancha mustaqil 
bo‘lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada bo‘lgan. Shu bilan 
birga, bu nisbatan mustaqil hokimliklar o‘rtasida o‘zaro kurash va ichki ziddiyatlar 
bo‘lib turgan. Bu esa mahalliy aholi turmushini nochor axvolga olib kelgan. 585-586-



Yüklə 189,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin