Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (carjis)


Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)



Yüklə 189,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix15.10.2022
ölçüsü189,29 Kb.
#65158
1   2   3   4   5
turk-xoqonligi-davlatchiligi-tarixi-va-ularni-aks-ettiruvchi-manbalar

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
ISSN (online): 2181-2454 
Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar | 
www.carjis.org 
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-4-217-221 
 
E-mail: carjisor@gmail.com 
218 
shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida 
Oltoydagi Turkiy qavmlar orasida Ashin urug‘ining mavqei ko‘tariladi. Ashin urug‘iga 
mansub Asan va Tuu 460-545-yillarda boshqa urug‘larni o‘zlariga bo‘ysundiradilar va 
Oltoydagi turkiy qabilalar ittifoqiga asos soldilar. Tuuning o‘g‘li Bumin Tele qabilasini 
ham bo‘ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551-
yilda Jujan xonining qo‘shinlarini yengib, ularni o‘zlariga bo‘ysundiradi. Bumin 552-
yilda Xoqon deb e’lon qilinadi va yangi davlat – Turk xoqonligiga asos soladi. Uning 
poytaxti Oltoydagi O‘tukan shahri edi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug‘i 
ortib borgan. U ko‘p bor Xitoyga yurishlar qilib, uning bir qancha hududlarini bosib 
olgan. Xitoy podsholigi Turk xoqonligiga har yili o‘lpon tariqasida yuz bo‘lakdan 
iborat ipak mato berib turishga majbur bo‘lgan. 
METODOLOGIYA 
Turk xoqonligi xususidagi manbalar yetarli bo‘lsada, lekin ularning ko‘pchiligi 
bir-biriga qarama-qarshi ma’lumotlar beradi. Bular qatorida Xitoy manbalari, mashhur 
“O‘g‘iznoma”, O‘rxun-Enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari, VI asr oxirida yashagan 
vizantiyalik tarixchilar Menandr Protektor, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi 
Ionna Efessiylarning tarixiy asarlari qimmatli manbalar hisoblanadi. Shuningdek bu 
to‘g‘ridagi ma’lumotlar arab tarixchilari at-Tabariy, Denovariy (IX-X asr), Abu 
Rayxon Beruniy, Narshaxiy va boshqalar asarlarida uchraydi. “Alpomish”, 
“Go‘ro‘g‘li”, “Manas” kabi umumturkiy xalq dostonlari, o‘rta asrlardagi Mahmud 
Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojib kabi turkiy mualliflar asarlarida 
turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. 
Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” (Saodatga yo‘llovchi bilim) asarida 
afsonaviy turk sarkardasi Alp Er To‘nga to‘g‘risida shunday deb yozadi: “u bilimdon, 
zakovatli katta hunar egasi edi, bu fazilatlari uninig shon-shuhratini dunyoga taratgan. 
U turk beklarining sarasi, ovozasi olamni tutgan, hunari talay edi”. Tarixda turklarning 
kelib chiqishi haqida ko‘plab afsona va rivoyatlar mavjud. Bir afsonada 
ko‘rsatilishicha, g‘arbiy dengiz qirg‘og‘ida yashagan turkiylarning ota-bobolari 
qo‘shni qabilalar tomonidan qirib tashlanadi. Shunda 10 yoshli bola yashirinib tirik 
qoladi. 
O‘sha yerdagi urg‘ochi bo‘ri unga xotin bo‘ladi. Bolani bo‘ri Turfon tog‘lariga 
olib chiqib ketadi. O‘sha yerda bo‘ri 10 ta bola tug‘adi. O‘g‘illardan birining nomi 
Ashin bo‘lib, u keyinchalik yangi qabilaning rahbari bo‘ladi. Afsonaga ko‘ra “Turk” 
so‘zi Oltoy tog‘larining eng qadimgi nomidan kelib chiqqan. Xitoy yozma manbalarida 



Yüklə 189,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin