Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (carjis)


Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)



Yüklə 189,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix15.10.2022
ölçüsü189,29 Kb.
#65158
1   2   3   4   5
turk-xoqonligi-davlatchiligi-tarixi-va-ularni-aks-ettiruvchi-manbalar

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
ISSN (online): 2181-2454 
Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar | 
www.carjis.org 
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-4-217-221 
 
E-mail: carjisor@gmail.com 
219 
Turklar “xun” nomi ostida eramizning 92-yilida Oltoyning etaklariga kelib o‘rnashgan. 
Bu urug‘ Ashin urug‘i nomi bilan atalgan. Xitoylar Ashin qabilasini “Tuk-yu” deb ham 
ataganlar. P. Pelyu bu so‘zni “Turk-yut” (ya’ni turkiylar) deb izohlaydi. “Turk” atamasi 
kuchli, baquvvat degan ma’noni anglatadi [1, 153]. 
TAHLIL VA NATIJALAR 
Avval bu urug‘ga berilgan turk atamasi keyinchalik ularga yaqin turgan barcha 
qabila urug‘larga ham umumiy nom sifatida yuritiladi. Bumin yangi davlat – Turk 
xoqonligiga (551-744) asos soladi va Ili daryosi bo‘yida hukmdor deb e’lon qilingach, 
“Ilixon” degan unvonni oladi. Turklar hukmdori o‘zini hoqon (turkcha qag‘an) yurita 
boshlaydi. 
Bumin o‘z ukasi Istamiga (Istemi-turkcha, Sedimi-xitoycha, Sinjibu-arabcha, 
Stembi-xagan yunoncha), birinchi sarkarda, davlatning birinchi amaldori darajasiga 
to‘g‘ri keluvchi “Yabg‘u” unvonini berib u bilan birgalikda o‘z davlatini kengaytirish 
payiga tushdi. Istami ko‘proq g‘arbiy yo‘nalishga boshchilik qilib tez orada Sharqiy 
Turkistondagi nushibi, turkash, uzli qabilalarini o‘ziga bo‘ysundiradi. 
553-yilda Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning katta o‘g‘li Mug‘anxon 
(553-572) o‘tiradi. Mug‘anxon 558-yilda jujanlarga so‘nggi bor qaqshatgich zarba 
berib, o‘z davlati hukmronligini Tinch okeanigacha bo‘lgan hududlarda 
mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami xoqonkik hududini g‘arbga tomon kengaytirib, 
Yettisuv, Qashqar va boshqa hududlarni egallaydi. 563-567-yillar davomida Istami 
qo‘shinlari eftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib, O‘rta Osiyo va Kaspiy 
dengizigacha bo‘lgan yerlarni egallashga muvaffaq bo‘ladi. Buning oqibatida eftaliylar 
davlati qulaydi Mug‘anxon hukmdorligi davrida turk xoqonligi yuksak cho‘qqiga 
ko‘tariladi [5, 98]. 554-yil Mug‘an xoqon Sharqqa yurish qilib Uzoq Sharq o‘lkalarini 
o‘ziga bo‘ysundiradi va Tinch okeani qirg‘oqlariga chiqadi. U O‘rxun, Tug‘la, Selenga 
daryolari bo‘ylaridagi qirg‘izlarni, Baykal atroflaridagi uyg‘urlarni o‘ziga 
bo‘ysundiradi. 558-yili turklar Ural va Volga bo‘ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi 
ko‘chmanchi ovarlar bilan to‘qnashadi. 
Xoqonlikning bevosita g‘arbiy qismini boshqarib turgan Istami va bosh xoqon 
Mug‘anxon ham savdo yo‘li va uning ahamiyatini tushunib bu masalani tinchlik bilan 
hal qilishga harakat qila boshlaydilar. Istami Yabg‘u So‘g‘d ixshidiga bu masalani hal 
etish vazifasini topshiradi. Eronga mashhur so‘g‘d savdogari va diplomati Moniax 
boshchiligida elchilar guruhi jo‘natiladi. Xusravshoh o‘z atrofidagi amaldorlarning 
maslahatiga kirib, so‘g‘diylar olib kelgan ipakliklarni sotib olib, so‘ng uni elchilar ko‘z 



Yüklə 189,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin