O„yin intizomi – har bir o„yinchi faoliyatining jamoa faoliyatiga bo„ysunishi, bo„lajak o„yinda rejalashtirilgan taktik ko„rsatmalarni amalga oshirish, o„yin qoidalari va umum insoniy xislatlarga amalqilish va hokazo.
O„yin taktikasida quyidagi tushunchalar qo„llaniladi: Birinchi temp atamasi hujum kombinatsiyasini birinchi bo„lib boshlaydigan o„yinchiga tegishli bo„lib, u deyarli
«past» va tez uzatiladigan to„p bilan hujum uyushtiradi.Hujumchilarni «temp bo„yicha» ajratish shartli asosda qabul qilingan, shuning uchun hujumchilardan barcha hujum usullarini va taktik kombinatsiyalarni amalga oshirish talab etiladi. Hujum taktikasi deganda jamoaning taktik harakati, guruhli taktik harakat va individual taktik harakatlar tushuniladi. Hujumdagi keng qamrovli taktik faoliyat ma‟lum bir taktik kombinatsiya asosida boshlanadi va kombinatsiya so„nggida individual harakat usuli bilan yakunlanadi. Hujum taktikasining mantiqiy ketma-ketligini va mazmunini quyidagi tartibda ko„rib chiqamiz.
Hujumdagi jamoaviy taktik harakatlar quyidagi uchta yo„nalish bo„yicha amalga oshiriladi: ikkinchi to„p uzatishdan so„ng oldingi qator (hujum zonasi) dagi o„yinchilar tomonidan; ikkinchi to„p uzatishdan so„ng ikkinchi qator (himoya zonasi) dagi o„yinchilar tomonidan; birinchi to„p uzatishdan so„ng.
Bog„lovchi o„yinchi oldingi zonada joylashganda hujumni uyushtirish variantlari 1-rasmda berilgan. Bunday hujumni uyushtirishning sezilarli kamchiliklaridan biri–bu hujumda oldingi qator o„yinchilaridan ikki kishining ishtirok etishi mumkinligidir. Lekin zamonaviy voleybolda himoya zonasidan tashkil qilinadigan hujum zarbalari ushbu kamchilikni deyarli bartaraf etgan desa bo„ladi[4,8].
1-rasm.
MUHOKAMA VA NATIJA
Hujumni uyushtirishda bog„lovchi o„yinchi orqa qatordan to„r oldiga chiqib ikkinchi to„pni uzatganda, hujum qilish va uning samarasini oshirish imkoniyati kengayadi. Bog„lovchi o„yinchi orqada joylashgan 1,5,6-zonalardan to„r oldiga chiqib, turli hujum kombinatsiyalarini tashkil qilish chizmasi 2-rasmda keltirilmoqda.
Birinchi to„pni uzatishdan so„ng hujum qilish yoki aldab to„p tashlash (otkidka) hujum harakatlarini (2-rasm) samarali hal qilishga imkon bersa-da, ammo bu usullarni bajarish uchun zarur sharoit (uzatilgan to„pning juda qulay bo„lishi) va hujumchidan kata malaka talab etiladi. Aldab to„p tashlaganda, hujumchi yoki bog„lovchi o„yinchi (oldingi zonada joylashgan vaqtdagina) sakrab hujum zarbasini bajarayotganday (imitatsiya) bo„lib, aldamchi harakatni amalga oshiradi.
a b v
rasm.
Guruhli taktik harakat deganda ikki yoki undan ortiq o„yinchilarning hujum vazifasini hal qilishi tushuniladi. Guruhli taktik harakatlar quyidagicha amalga oshiriladi:
Bog„lovchi o„yinchi oldingi qatorda bo„lganda, uning ishtirokida hujum uyushtirish;