Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (carjis)


DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-703-712



Yüklə 101,88 Kb.
səhifə3/6
tarix16.04.2023
ölçüsü101,88 Kb.
#98790
1   2   3   4   5   6
voleybolchilarni-guruhli-taktik-harakatlarga-o-rgatish

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-703-712



  1. Xuddi shunday, faqat bog„lovchi o„yinchi orqa qatorda joylashganda;

  2. To„pni qabul qilish va hujumchi tomonidan ikkinchi to„pning zarba beruvchi hujumchiga yetkazib berilishi;

  3. Hujumchining hujum zarbasiga taqlid qilish bilan aldamchi to„ptashlashni amalga oshirishi.


Har bir guruhli harakat oldindan kelishilgan va o„rgatilgan taktik kombinatsiyalar orqali bajariladi. Hujumchilar hujum harakatlarini amalga oshirishda quyidagi tartibda harakatlanadilar: harakat yo„nalishini o„zgartirmasdan (har kim o„z zonasida); harakat yo„nalishini o„zgartirib; chalkash harakat yo„nalishida. Yuqorida ko„rsatilgan yo„nalishlar bo„yicha tashkil qilinadigan taktik kombinatsiyalarni ko„rib chiqamiz.


Guruhli taktik harakatlarga o‘rgatish


Orqa chiziq o„yinchilarining o„zaro harakati. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar o„z xususiyatlari bo„yicha bir- biriga o„xshash bo„ladi. Masalan, to„ldirma to„pni o„yinchilar bir-biriga uzatib ilish mashqi voleybol to„pi bilan bajariladi; voleybol to„pini avval o„z ustiga irg„itib, so„ng to„p uzatish. Bu mashqlarni ijro etishda texnika va taktikaga urg„u berilishi lozim[5].
Taktikaga mashqlari misol: o„yinchilar 1,6,5-zonalarda joylashadi; 4(3,2)- zonada turgan o„yinchilar hujum zarbasi yoki «chalg„ituvchi» zarba bajaradilar. To„p yo„naltirilgan joydagi o„yinchi joy tanlaydi va qabul qilish usulini aniqlab, qabulni bajaradi. «Qo„shni» o„yinchi «qo„riqlashda» ishtirok etadi.
Oldingi chiziq o„yinchilarining o„zaro harakati tayyorlov va yondoshtiruvchi
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-703-712

mashqlar. Yakka to„siq qo„yish bo„yicha qo„llanilgan mashqlar bajariladi, lekin uch o„yinchidan ikkitasi guruhli to„siq qo„yadi.


2 tasi muvofiq yo„nalishdagi zarbaga to„siq qo„yadi, 1 tasi (to„siqda ishtirok etmagani) «qo„riqlashda» ishtirok etadi.
Taktikaga oid mashqlar:

  1. Bog„lovchi o„yinchi uzatgan to„pdan 4,3,2-zonalarda hujum zarbasi bajariladi. Qaysi zonadan va qaysi yo„nalishda zarba berilishiga qarab 2 va 3 yoki 4 va 3-zonadagi o„yinchilar to„siq qo„yadi. To„siqdan bo„sh o„yinchi “qo„riqlashda” ishtirok etadi. Zarba yo„nalishi oldindan ma‟lum.

  2. Ma‟lum mashq, faqat zarba yo„nalishi noma‟lum holda bajariladi.

  3. Shu mashq, faqat to„p uzatish 3-zonadan ijro etiladi. Qaysi zonaga (4 yoki 2- zona) to„p uzatilsa, shu zonadan berilgan zarbaga 2 va 3 yoki 4 va 3-zonadagi o„yinchilar to„siq qo„yadi.

Oldingi va orqa chiziq o„yinchilarining o„zaro harakatlari. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar. Yuqorida qayd etilgan ushbu turdagi mashqlar oldingi va orqa chiziq o„yinchilarining o„zaro harakatlarini shakllantirishda ham qo„llaniladi. Lekin bunda asosan mashqlarni texnikasi va taktikasiga ko„proq e‟tibor qaratiladi.
Taktikaga oid mashqlar misol: signalga binoan 3-zonadan 4 yoki 2-zonaga uzatilgan to„pga zarba beriladi, muvofiq ravishda 2 va 3 yoki 4 va 3-zonadagi o„yinchilar to„siq qo„yadi. Vaziyatga qarab (to„pni uzoq yaqinligi va yo„nalishi) 1 va 5-zonadagi o„yinchilar to„pni «qo„riqlaydi»[7].
Shu mashq, faqat «qo„riqlashda» 6-zonada turgan o„yinchi ishtirok etadi. Bundan to„siq qo„yish, qo„riqlash va zarbani qabul qilish harakatlariga e‟tibor qaratiladi.
Jamoa taktik harakatlariga o„rgatish to„p kiritishda o„yinchilarni joylashishi. Kiritilgan to„pni muvafaqqiyatli qabul qilish uchun o„yinchilarni maydonda joylashishi holati muhim ahamiyat kasb etadi.
Maydonda o„yinchilarni joylashishi usulini tanlashda quyidagilar e‟tiborga olinishi lozim:

  • joylashishda musobaqa qoidasiga rioya qilish;

  • ko„rsatma bo„yicha jamoa va guruh qanday taktik tizimni qo„llashini e‟tiborga olish; qaysi o„yinchi va qanday mahoratga ega o„yinchi to„p kiritilayotganligi;

  • jamoa qaysi taktik tizim bo„yicha (4+2 yoki 5+1) jamlangan.

Oldingi chiziq o„yinchisi (bog„lovchi) ishtirokida hujum zarbasini tashkil

etishda uchta asosiy holatni e‟tiborga olish lozim: birinchisi – 3-zonadan to„p uzatilganda; ikkinchisi – 2-zonadan to„p uzatilganda; uchinchisi – 4-zonadan to„p uzatilganda.


Shu holatlarda birinchi to„pdan yoki to„pni sherigiga irg„itib (otkidka) berishdan zarba ijro etishda, qolgan o„yinchilar ham zarba berishga shay bo„lib turishlari kerak. Orqa chiziq o„yinchisining oldingi chiziqqa chiqib to„p uzatishdan zarba berishda ham 3 ta holatni e‟tiborga olish lozim: birinchi – 1-zonadagi o„yinchi (bog„lovchi) 2-zonadagi o„yinchi orqasidan oldingi chiziq atrofiga to„p uzatish uchun chiqishida; ikkinchi – 6-zonadagi o„yinchi (bog„lovchi) 3-zonadagi o„yinchi oldiga chiqib to„p uzatish. Hujumni mazkur tizimlarda tashkil qilishda oldingi chiziqda joylashgan (2,3,4-zonalarda) barcha o„yinchilar hujum zarbasiga shay turishlari shart.
Zamonaviy voleybolda orqa chiziqqa o„tgan bog„lovchi o„yinchining oldingi chiziqqa chiqib, 3 ta hujumchiga to„p uzatish imkonini yaratish odat tusiga kirgan. Boz ustiga so„nggi yillarda hujumga orqa chiziq o„yinchilarini jalb etish hujum salohiyatini yanada ortishiga olib keldi.
«Burchagi oldiga» tizimi asosida himoyada o„ynash tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar. Bu mashqlar «burchagi oldiga» tizimiga xos harakatlarni taqlid qilish, to„ldirma to„p va voleybol to„pi bilan ijro etiladi.
Taktikaga oid mashqlar:

  1. 4,3,2-zonalarda uchta hujumchi joylashadi, bog„lovchi o„yinchi 2 va 3- zonalar o„rtasida turadi. Murabbiyning signali bo„yicha to„p bog„lovchiga uzatiladi, bog„lovchi esa uchta hujumchidan biriga to„p uzatadi. To„siq qo„yuvchi o„yinchilarni 6-zona o„yinchisi qo„riqlaydi. Hujum zarbasi «chalg„ituvchi» to„p tashlash bilan almashtirib turiladi.

  2. Shu mashq, faqat zarbalar goh 1-zonaga, goh 5-zonaga yo„naltiriladi. Shu zonalardagi o„yinchilar to„pni qabul qilishadi.

«Burchagi oldiga» tizimi asosida himoyada o„ynash andozasi 3-rasmda aks ettirilgan.


  1. rasm.

Yüklə 101,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin