CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) Google Scholar ISSN:2181-2454 www.carjis.org VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2021 Tashkent, Uzbekistan 265 E-mail: carjisor@carjis.org barcha sohalariga oid termin va terminologik sistemalar vujudga keldi. Ular, asosan,
tarjima va original asarlar yaratish jarayonida vujudga kelmoqda. Ular o‗zlari
ifodalagan tushuncha bilan birga qabul qilinadi, lekin o‗zlashtirgan tilda lug‗aviy
ma‘noga ega bo‗lmaydi. Fransuz tili boshqa tillar kabi o‗z leksik boyligiga ega. So‗z
boyligining ma‘lum bir qismini atamalar tashkil qiladi. Terminlar muayyan bir
sohaga oid tushunchalarni ochiq ifoda etuvchi so‗zlar bo‗lsada, lekin u so‗zlarning
qo‗llanishi shu soha kishilarigagina ma‘lum va tushunarlidir. Buni qilichbozlik sport
turi misolida ko‘rib chiqishimiz mumkin.
Terminlarni o‗zbek tiliga tarjima qilishda ularni e‘tibor bilan o‘rdanish muhim
ahamiyatga egadir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI Terminlarni yasash usullari Terminlar yasashning eng ko‗p tarqalgan usuli — mavjud so‗zlarga yangi
ma‘no berish (ularni boshqacha tushunish). Masalan, ko‗prik, kirish, o‗tish, chiqish
kabi so‗zlar gimnastikada ana shunday terminlardan hisoblanadi. Ko‗pincha terminlar
so‗zlarning, masalan, past-baland (bruslar), balandlab uzoqqa (sakrash) singari o‗zaro
(birlashishidan ham yasaladi. Osilish, tayanish, tebranish, o‗tirish va shu kabi ayrim
so‗zlar termin sifatida qo‗llaniladi. Statik holatlarni bildiradigan terminlar, masalan,
tayanish, bilaklarga tayanish, qo‗ltiqlarga tayanish; kuraklarda - turish, kallada tu-
rish, qo‗llarda turish kabilarda tayanch sharti hisobga olinadi, osilish, burchakli
osilish, bukilib osilish, egilib osilish gavda holati (uning bo‗g‗inlarini bir-biriga
nisbatan qanday turishini) hisobga olib yasaladi.
Tebranish mashqlarining terminlari muayyan harakatlantiruvchi faoliyat
xususiyatlarini hisobga olib yasaladi. Masalan: bilaklarga tayanib turib oldinga
siltanib ko‗tarish, qaddini rostlab siltanib ko‗tarilish, oyoqni juftlab yoki bitta oyoqda
ko‗tarilish va hokazo. Sakrash va sakrab turish terminlari sport gimnastikasida
gavdaning havodagi holatiga qarab belgilanadi, masalan: oyoqlarni yig‗ib sakrash,
oyoqlarni kerib sakrash, to‗ntarilish; badiiy gimnastikada gavda bilan oyoqlar
holatiga qarab belgilanadi: yopiq sakrash, ochiq sakrash, odimlab sakrash, sapchish,
tayanib dumbaloq oshish, tashlanib sakrash, siltanib sakrash, chir aylanib sakrash va
hokazolar.
Shu o‗rinda qilichbozlik sportida foydalaniladigan qurollar turlarining kelib
chiqish tarixi va bu atamalarni o‗zbek tiliga qanday tarjima qilish borasida
mulohazalar tug‗iladi. Ushbu sport turida 3 xil qurol bor: sablya, rapira va shpaga.
Qilichbozlikdagi qurollarning har biri turlicha o‗z tarixiga ega. Qadim-qadimda
janglarda yaqin masofalarda to‗qnashuv taqdiri hal qilingan bo‗lsa, insoniyat turli