CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) Google Scholar ISSN:2181-2454 www.carjis.org VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2021 Tashkent, Uzbekistan 267 E-mail: carjisor@carjis.org tarjima qilishga urinib ko‗rishdi. Lekin vujudga kelayotgan qo‗pol xatolar bu
izlanishlarning samarasiz yakunlanishiga olib kelmoqda. Fikrimcha, bu atamalardan
rus tilidagidek foydalanganimiz ma‘qul. Buning sabablari bisyor:
Bu atamalar sportchilar va murabbiylar tilida baribir rus tilidagidek iste‘molda
bo‗lib qolaveradi. Qilichbozlik bo‗yicha O‗zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi
va umuman murabbiylar shtabi o‗z shogirdlariga qilich turlarining ruscha varianti
bilan saboq beradi. Ularning o‗zbek tilidagi muqobil variantini topganimiz bilan bu
sportchilar va umuman qilichbozlik sporti muxlislarining tilida sablya, shpaga va
rapira bo‗lib qolaveradi. Fransuzcha sport atamalar to‗planib tadqiq etilganda, sport
atamalar bilan ularning nutqdagi shakllarining dastavval sportga oid sohalarda yuzaga
kelganligi, keyinchalik esa boshqa sohalarga (televidiniya, radio, gazeta va jurnallar)
o‗tib kengayganligi, ba‘zi leksik birlik shaklidagi sport atamalarning umumiy
zahiradan adabiy tilga sizib o‗tganligi ham kuzatiladi. Ko‗pchilik tillarning
atamashunoslik leksikasida ayni hodisa ro‗y berib turadi.
XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Fransuz tilidagi sport atamalarinig
Nafaqat O‗zbekistonda balki butun dunyo Mas mediasi o‗ziga xos o‗rni bor chunki
Xalqaro Olimpiya Qo‗mitasining 2 ta rasmiy tili bor: ingliz va fransuz. Ko‗plab sport
turlarida fransuzcha atamalar, buyruqlar, so‗zlar qotib qolgan. Ayniqsa, qilichbozlik
sportida. Bu sportda barcha jarayon fransuz tilida olib boriladi. Olimpiya
o‗yinlarining ochilish marosimida ham, albatta, fransuzcha nutq bo‗ladi. Bularning
barchasi zamonaviy Olimpiya o‗yinlarining asoschisi Pyer de Kubertenning sa‘yi
harakatlari bilan bog‗liq. U o‗z tilini sport olamida ajralmas qilib qo‗yib ketdi.
NR (National record) – Bu o‗sha davlat vakillari uchun milliy rekord.
AR (Area record) – musobaqa bo‗li o‗tayotgan inshoot uchun xos rekord.
CR (Champinships record ) – O‗tkazilayotgan musobaqa uchun rekord. Agar
natija Osiyo chempionati doirasida o‗tkazilayotgan bo‗lsa, Osiyo rekordi.
OR (Olympic record) – Olimpiya rekordi. Olimpiya o‗yinlari vaqtida qayd
etilgan rekord.
WR (World record) – jahon rekordi.
1