Chet el valyutasida bank hisobvaragʼini ochish va birjadan tashqari valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish boʼyicha oferta shartnomasi



Yüklə 474,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix12.05.2023
ölçüsü474,46 Kb.
#112098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ejbrvh6mqevkl02pwv95eun2uwx2m2hs

Buyurtmachi/mijoz – overtani qabul qilgan va shu tariqa tuzilgan Ommaviy oferta 
shartnomasi (keyingi oʼrinlarda “Shartnoma” deb yuritiladi) boʼyicha Bank 
xizmatlarining mijozi boʼlgan yuridik shaxs/yakka tartibdagi tadbirkor. 
1.2. Shartnoma shartlari standart shaklda belgilanadi va Ommaviy oferta 
shartnomasi shartlarini qabul qilish toʼgʼrisidagi arizani taqdim etishda Mijoz tomonidan 
ular bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin (ushbu oferta shartnomasiga 1-ilova). 
Аrizani topshirish mijozning ushbu Shartnomaga umuman qoʼshilishini anglatadi. 
Shartnoma Mijozning arizasi Bankda roʼyxatdan oʼtkazilgan va ommaviy oferta shartlari 
«Internet-Banking» tizimlari va “DAVR BUSINESS” mobil ilovasi orqali qabul qilingan 
paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. 
1.3. Mijoz chet el valyutasini oldi-sotdisi boʼyicha buyurtmalar berishda Bankka 
chet el valyutasini sotib olish yoki sotish boʼyicha koʼrsatma beradi, Bank esa mijozning 
topshiriqlarini bajarish majburiyatini oladi. 
1.4. Chet el valyutasini sotib olish yoki sotish toʼgʼrisidagi ariza (keyingi oʼrinlarda 
Аriza deb yuritiladi) mijoz tomonidan har safar ushbu Shartnomaning amal qilish 


muddati davomida chet el valyutasini sotib olish yoki sotish zarurati tugʼilganda Bank 
tomonidan belgilangan shaklda yozma yoki elektron shaklda «Internet-Banking» tizimi 
va “DAVR BUSINESS” mobil ilovasidan foydalanish orqali rasmiylashtiriladi 
(Shartnomaga № 2 va 3-ilovalar). 
1.5. Chet el valyutasini oldi-sotdisi boʼyicha operatsiyalarni amalga oshirishning 
majburiy sharti mijoz tomonidan milliy yoki chet el valyutasini bron qilish uchun bankda 
ochilgan maxsus hisobvaraqda milliy yoki chet el valyutasidagi mablagʼlarni zahiraga 
qoʼyishdir. 
1.6. Chet el valyutasini sotib olish yoki sotish toʼgʼrisidagi ariza bank tomonidan 
bitimni amalga oshirish vaqtida belgilangan kurs boʼyicha taqdim etilgan kundan boshlab 
2 (ikki) bank kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 
1.7. Mijoz tomonidan arizani bekor qilish bank tomonidan amalga oshirilgunga 
qadar amalga oshirilishi mumkin. 
1.8. Mijoz tomonidan chet el valyutasida sotuvga qoʼyilgan mablagʼlar Bank 
tomonidan «Internet-Banking» tizimida va “DAVR BUSINESS” mobil ilovasida eʼlon 
qilingan operatsiyani amalga oshirish vaqtida Bank tomonidan belgilangan kurs boʼyicha 
sotib olinadi. 
1.9. Mijozlarning chet el valyutasini xarid qilish boʻyicha soʻrovlari «Internet-
Banking» tizimida va “DAVR BUSINESS” mobil ilovasida eʼlon qilingan operatsiyani 
amalga oshirish vaqtida Bank tomonidan belgilangan kurs boʻyicha Bankning oʻz valyuta 
mablagʼlari hisobidan qanoatlantiriladi. 
1.10. Mijozning chet el valyutasini Bank tomonidan sotib olish yoki sotish boʼyicha 
munosabatlar ushbu Shartnoma va Mijozning chet el valyutasini sotish yoki sotib olish 
toʼgʼrisidagi arizasi asosida tartibga solinadi va amalga oshiriladi. 

Yüklə 474,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin