shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining meʼyoriy hujjatlariga rioya
qilish.
2.2.3. Bankning hisob-kitob va kassa xizmatlarini ushbu Shartnomaning 5-
boʼlimida belgilangan tartibda toʼlash.
2.2.5. Hisobvaraqdan koʼchirma (yoki hisobingiz holati toʼgʼrisida maʼlumot
olgan) kundan boshlab ikki ish kuni ichida sizning hisobingizga
boshqa shaxslarning
mablagʼlari kelib tushganligi haqida Bankni xabardor qilish.
2.2.6. Xorijiy davlatlarning subʼektlari bilan tuzilgan
shartnomalarga muvofiq
amalga oshirilayotgan eksport-import va boshqa operatsiyalar toʼgʼrisidagi
hujjatlar va
maʼlumotlarni, shuningdek zarur hollarda Bank zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga
oshirish uchun zarur boʼlgan boshqa maʼlumotlarni taqdim etish.
2.2.7. Huquqiy shakl oʼzgargan taqdirda, ushbu oʼzgarishlar toʼgʼrisida 3 (uch) ish
kuni ichida, yuridik manzili oʼzgargan taqdirda esa 5 (besh)
ish kuni ichida Bankni
xabardor qilish.
2.2.8. Oʼz faoliyati va faoliyatiga oid notoʼgʼri maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim
etganlik uchun toʼliq javobgarlikni oʼz zimmasiga oladi.
2.2.9. Hisobvaraqdan koʼchirma olingan kundan boshlab 2 (ikki) ish kuni ichida
bankka notoʼgʼri hisobdan chiqarilgan (kreditlangan) mablagʼlar summalari toʼgʼrisida
yozma ravishda xabardor qilish.
2.2.10. Bankni ushbu Shartnomani bajarishi va Oʼzbekiston
Respublikasining
26.08.2004 yildagi 660-II-son “Jinoyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi”
Qonunida belgilangan
funktsiyalarni bajarishi uchun zarur boʼlgan maʼlumotlar va hujjatlarni bankka taqdim
etish.
2.2.11. Bank tomonidan talab qilinadigan maʼlumotlar
va hujjatlarni Bankning
tegishli soʼrovi olingan kundan boshlab ikkinchi ish kunidan kechiktirmay taqdim etish.
Dostları ilə paylaş: