3.2.2. Mijoz chet el valyutasini sotib olish uchun ariza topshirishdan oldin Bank
komissiyasini hisobga olgan holda chet el valyutasini sotib olish uchun milliy valyutadagi
mablagʼlarni blokli hisobvaragʼida yetarli miqdorda zaxiraga qoʼyish majburiyatini oladi.
3.2.3. Mijoz birjadan tashqari valyuta bozorida yoki bank pozitsiyasida chet el
valyutasini sotib olish va sotish boʼyicha operatsiyalarni amalga oshirganligi uchun
Bankning belgilangan tariflariga muvofiq haq toʼlash majburiyatini oladi.
3.2.4. Mijoz valyuta kursining oʼzgarishini
inobatga olgan holda blokli
hisobvaragʼiga milliy valyutada yetarli miqdorda mablagʼ taqdim etishi shart.
3.2.5. Chet el valyutasini sotib olish toʼgʼrisidagi arizada valyutaning nomi,
bitimning mohiyati, shartnoma raqami va sanasi, valyutadan foydalanish maqsadi, chet
el valyutasidagi summa koʼrsatiladi.
3.2.6. Tugallangan operatsiyalar boʼyicha hisob-kitoblar ikki ish kuni ichida
amalga oshiriladi. Belgilangan muddatda hisob-kitoblar bajarilmasa, bitim bekor qilinadi.
3.2.7. Mijoz sotib olingan chet el valyutasidan mablagʼlar
Mijozning maxsus
valyuta hisobvaragʼiga kirim qilingan paytdan eʼtiboran yetti ish kuni ichida maqsadli
foydalanishga majburdir. Mijoz tomonidan sotib olingan, Mijozning maxsus valyuta
hisobvaragʼiga pul mablagʼlari kiritilgan kundan eʼtiboran 7
ish kuni mobaynida
foydalanilmagan chet el valyutasi keyingi banklararo savdo sessiyasida soʼzsiz qayta
sotilishi shart. Bunda chet el valyutasini teskari sotish Bank tomonidan sotilgan kundagi
kurs boʼyicha qabul qilish tartib-taomilisiz amalga oshiriladi. Ilgari maxsus valyuta
hisobvaragʼidan yechib olingan va foydalanilmaganligi yoki
qaytarilmaganligi sababli
ushbu schyotga qayta kiritilgan valyuta, agar arizada koʼrsatilgan shartnomaga asosan 3
ish kuni ichida ushbu mablagʼlar oʼtkazilmasa, qayta sotilishi ham mumkin.
3.3. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan chet el valyutasini oldi-sotdisi
boʼyicha boshqa barcha jihatlarda tomonlar Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvining “Oʼzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
qoidalarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 2020-yil 31-avgustdagi 3281-son qaroriga amal
qiladilar.
Dostları ilə paylaş: