Chet elda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi
I.2. Keyingi davrlarda ijtimoiy pedagogik fikrlarning rivojlanishi Ijtimoiy pedagogika Pedagogika fanidan ajralib chiqqaniga deyarli ko‘p vaqt bo‘lgan emas. Biroq pedagogika fanining o‘zi ham mustaqil fan sifatida, faqatgina 17 asrdan boshlab shakllangan. Bu buyuk chex pedagogi (1592-1670) Yan Amos Komenskiy nomi va uning “Buyuk didaktika” asari bilan bog‘liq. Bu asarda pedagogikaning tadqiqot predmeti va prinsiplari belgilab berilgan. Shu bilan birga pedagogika tarixining ildizlari juda qadimga borib takaladi. Ilgari ta’kidlab o‘tganimizdek, pedagogika uzoq asrlardan buyon falsafa fani doirasida rivojlanib keldi. Shu nuktai nazardan ijtimoiy pedagogika pedagogika fanidan yosh emas, doimo pedagogikaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida pedagogika fani doirasida u bilan rivojlangan. Shu sababli ijtimoiy pedagogika tarixi muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlar o‘z tadqiqot ishlarini pedagogika tarixi, falsafa va barcha davrlar va halklar o‘tmish allomalarining pedagogik qarashlari bilan bog‘lashlari tasodif emas. Agar ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish davrlariga va shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, uni bir qator bosqichlarga bo‘lish mumkin deb o‘ylaymiz:
Rossiya ta’lim akademiyasi ijtimoiy pedagogika markazi, ijtimoiy ta’lim Akademiyasi Moskva, Sankt-Peterburg, Tula, Yekaterinburg va boshqa shaharlar pedagogik Universitetlarida “ijtimoiy pedagogika” fakultetlari tashqil etildi. V.G.Bocharova, M.A.Galagizova, A.V.Mudrik kabi va boshqa olimlar ijtimoiy pedagogika bo‘yicha nazariy tadqiqotlar olib boradilar. Ijtimoiy pedagogika bilan bir vaqtda XX asr 90 yillarida Rossiyada ijtimoiy ishlar instituti kritildi. Ijtimoiy ishlarning vazifasi aholining ijtimoiy himoyalangan qismiga yordam ko‘rsatish bo‘lda. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi bir biriga juda yaqin. Birinchi navbatda ularning madaniy tarixiy an’analari, alohida g‘amxurlik va e’tiborini talab qiluvchi odamlarga munosabatlari ularni birlashtiradi. “Mehribonlik”, “Xayriya”, “Yordam ko‘rsatish” va boshqa tushunchalar ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda keng foydalanish bejiz emas. Ammo ular yakkol ifoda etuvchi o‘ziga xosligi va farqlarga ega. Ularning umumiyliklari va o‘ziga xosliklari nimalardan iborat. Birinchi navbatda bu ularning obyektiv yoki adresatiga taalluqlidur. Ijtimoiy ishchi ko‘z oldida inson bo‘ladi, lekin har qanday emas faqatgina insonga muvaffaqqiyatli bo‘lishi, farovonligi jamiyatning haqiqiy a’zosi, tekis hayot kechirishida muammolari bo‘lgan inson bo‘ldi. Insoning hayoti davomida yuzaga keladigan muammolar har bir odamda uchraydi. Ular psixologik, tibbiy, xuquqiy, moddiy va boshqa xususiyatli bo‘lishi mumkin. Ular insonga bog‘liq bo‘lmagan tashki omillar ekologik, ijtimoiy texnogen, millatlararo va boshqa katalizatorlar) yoki ichki shaxslararo (jismoniy yoki psixik rivojlanishida sog‘ligi yaxshi emasligi) bilan bog‘lik bo‘lishi mumkin. Shunday qilib ijtimoiy ishlar obyekti ijtimoiy hayot davomida yordamga maqsad bo‘lgan inson hisoblanadi deb aytishimiz mumkin, ya’ni inson yoshidan kat’iy nazar ijtimoiy obektivdir. Ijtimoiy pedagogika esa uning ijtimoiylashishi – individning ijtimoiy subyektga aylanishi jarayonida yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan bola bilan shug‘ullanadi, ya’ni bola shakllanayotgan, rivojlanayotgan shaxs. Bu obektivlarni taqqoslash ana shu ikki fanni nimalar yaqinlashtirishini (ijtimoiy hayot davomida yordam ko‘rsatish) va obyektni farq qilishini (katta odam va bola) yaqqol ko‘rsatadi. Shunday qilib, turli mamlakatlarda tarixiy va madaniy an’analari jamiyatning rivojlanish darajasiga, pedagogika va ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishiga qarab terminalogiyalarida birlashtiruvchi narsalar ham bor. Umumiyligi shundan iboratki, har qanday jamiyat ham “doimiy muammolarni” bolalarning rivojlanishi, tarbiyasi va ta’limi, ayniqsa ruxiy kamchiliklari va defekti bo‘lgan bolalarning muammolarini har doim hal etib kelgan, hal etmokda va hal etadi. Ijtimoiy pedagogika va 1-navbatda nemis fani pedagogikasi rivojlanishi tarixiga katta hissa qo‘shgan, shining uchun Germaniyada ijtimoiy pedegokikaning rivojlanish tarixini ko‘rib chiqamiz, uning 100 yildan oshiqroqdir. Ijtimoiy pedagogika” termini 1844-yili K. Mager tomonidan tarbiya haqidagi ochiq ilmiy munozaraga kiritilgan va keyinchalik A.Disterveg tomonidan tarqatilgan. Ana shu tushuncha paydo bo‘lgan paytdan to hozirgi kungacha nemis adabiyotlarida uni 2 turlicha talqini mavjuddir.
Birinchi talqin (K. Mager) – Ijtimoiy pedagogika tarbiyasining ijtimoiy tomoni bilan bir umumiylikka ega. Ikkinchi talqini (A. Disterverg) – Ijtimoiy pedagogika ma’lum ijtimoiy sharoit, vaziatlarda pedagogiki yordam sifatida ishtirok etadi. Birinchi yunalish vaqillari. K. Mager, XX asrda P. Natorn (20-yillar), E. Borneshann, F. Shliper (60-yillar), D. Legeler (80-yillar) va boshqalar bo‘lgan. Paol Natorn (1854- 1924) ijtimoiy pedagogikani umumiy pedagogikaning bir qismi, aspekti sifatida qaraydi. P.Natorn ijtimoiy pedagogikaning uchta asosiy vazifasini ko‘rsatadi: Birinchi bolaning jinsiy hayoti bilan bog‘liq, uning hayotida, davrasida va atrofidagi yaqin odamlari bilan aloqada rivojlanadi. Ikkinchisi, idorasi bilan bog‘liq, u maktabda shakllanadi va bilim berishni amalga oshirilishi bilan bog‘liq, shu bilan birga bolada imotsional ijtimoiy va motorli (harakatlanishi) qobiliyatlari rivojlanadi. Uchinchisi-aql-umumiylikda ochib beriladi. P.Natorn ijtimoiy pedagogikani hamma yoshdagi odamlar uchun pedagogika deb hisoblasak, uning vazifasi-yoshlarda birdamlik va jamoatchilik asoslarni tarbiyalash hisoblanadi. P.Natorn fikrini davom ettirib, bu yunalishning vaqillari ijtimoiy pedagogikani integrativ (birlashtiruvchi) fan sifatida qaraydilar. Shu mazmunda YE.Borneshanning talkin qilishi e’tiborga loyik. U ijtimoiy pedagogikani davomi pedagogikasini iktisodiy pedagogikani va boshqalarni birlashtiruvchi fan sifatida karaydi. Uning vazifalari ijtimoiy guruhlar va ijtimoiy jamiyatda individual mustaqillikka yordam ko‘rsatish. Jamiyatning madaniyati va insonparvarlik rivojlanishi hakida qayg‘urishdan iborat. O‘zining qo‘shiluvchanligi sababli ijtimoiy pedagogika tarbiya’ning hamma sohalariga kirib boradi, ya’ni u pedagogikaning prinsiplaridan biri sifatida ishtirok etadi. Shunday qilib, ana shu talqinga binoan ijtimoiy pedagogika tarbiya’ning prinsipi sifatida ishtirok etadi. Ikkinchi yondoshish A.Disterveg (40-50 yillar, 19 asr), G.Nol, G.Boymer (xx asr, 20-30 yillar), K.Molengauyer (50 yillar) va boshqalar asarlarida aks ettirilgan. A.Distervegdan boshlab bu yo‘nalish vaqillari ishchi sinfning ijtimoiy himoyalanmaganligi, xalk ta’limi kabi o‘z davrining ijtimoiy masalalariga javob topishga harakat qildilar. Geman Nol (1879-1960) ijtimoiy pedagogikaning vazifasi agarda oila va maktab biror bir sababga ko‘ra o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda zarur bo‘ladigan shoshilinch tez yordam ko‘rsatishdan iborat deb hisoblaydi. G.Nolinning fikricha, P.Natorinnikidan ancha ishonchli aniq va amaliy ko‘rinadi. Uning g‘oyalari 1992 yil qabul qilingan yoshlarning xayriya ko‘rsatish faoliyatlari haqidagi qonunda o‘z aksini topdi-bu yoshlarni maktabdan tashkari boshqaradigan Germaniyadagi birinchi davlat hujjati edi. Shu davrdan boshlab ijtimoiy pedagogika amalda «shoshilinch ijtimoiy pedagogikasi» bo‘lib koldi, u yoshlarni tarbiyalashda oilada va maktabda mavjud bo‘lgan kamchiliklar o‘rnini to‘ldirishi kerak bo‘lgan. Gertruda Boymer birinchi yo‘nalish tarafdorlaridan farqli ravishda ijtimoiy pedagogika pedagogikaning prinsipi emas, balki tashqiliy qismi deb hisoblagan. Oilada va maktabda tarbiyaga taalluqli bo‘lmagan hamma narsa ijtimoiy perdagogikaning muammosi demakdir, deb hisoblaydi u. K. Molengauyer boshpanasizlik hakidagi tushunchani rivojlantiradi. Agarda alohida ijtimoiy institutlar bolaning bu muammosini hal etib berolmas ekan, deb hisoblaydi u, unda tarbiya’ning yangi yo‘nalishini yaratish zarurligi yuzaga keladi, ya’ni davlat yordami, deydi u. Shu builan birga ijtimoiy pedagogika madaniy mazmunni yetkazish bilan emas, balki o‘sib kelayotgan avlodning rivojlanishi va jamiyatga qo‘shilishi jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etish bilan shug‘ullanishimiz kerak deb hisoblaydi. Hozirgi vaktda ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari to‘la ishlab chiqilgan bo‘lsa ham, ammo bu hali hamma muammolar o‘rganib bo‘lmagan deb hisoblaydilar. Ijtimoiy nazariyasining umumiy ko‘rinishi hali ham noaniqcha qolib kelmokda deb hisoblaydilar hozirga davr nemis olimlari. Ular bundan keyin ham shundayligicha qoladi, chunki aralash fanlarning (psixologiya, sotsiologiya, ijtimoiy ishlar va boshqalar) ijtimoiy pedagogika nazariyasini to‘la tasvirlab berish imkonini bermay kelyapti. Bu xolat har qanday fanning rivojlanish jarayoni uchun tabiiydir. Boshqa tomondan esa u ijtimoiy pedagogika nazariy munozaralar maydoni XXi asrda ancha kengaydi deganini bildiradi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi bilan birga Germaniyada ijtimoiy pedagogika fani sohasida mutaxasislik professional faoliyat sohasi ham faol rivojlandi (ya’ni ijtimoiy pedagogika). 1908 yildan boshlab maxsus pedagoglarni tayyorlash boshlandi, XX asrning 70-yillari boshlariga kelib Germaniya univerisitetlarida oliy ma’lumotli pedagoglarni tayyorlash boshlandi. Shuni aytish kerakki, Germaniyada ijtimoiy pedagogika bilan bir qatorda XX asr davomida bilim va amaliy faoliyat mustaqil soha sifatida ijtimoiy ishlar ham faol rivojlanib keldi. Ammo ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda professional faoliyatda umumiylik mavjud. Shuning uchun Germaniyada ular yagona standart bilan boshqariladi. Bu stndartda bu mutaxasislarni nomlari sinonimlar orqali defiz orqali yoziladi: ijtimoiy ishchi-ijtimoiy pedagog. Inson tarbiyasi asosan oilada amalga oshiriladi. Bu xolatda biz oilaviy pedagogika obyekti bo‘lgan oilaviy xususiy tarbiyalarida muloxoza yuritamiz. Tarbiyalash diniy idoralar orqali amalga oshadi. Bunda konfessional pedagogika tadqiq bo‘lgan diniy konfessional tarbiyaga duch kelamiz. Tarbiyalash davlat va jamiyat tomonidan shu maqsadda tashqil etilgan tashqilotlar orqali yuzaga keladi. Bu ijtimoiy pedagogika tadqiqot obyekti bo‘lgan ijtimoiy tarbiyalash jarayoni xususida fikrlaymiz. Ijtimoiy tarbiyalash siyosatshunoslik, ijtimoiy jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika matnda uni ijtimoiylashtirish bilan olib borish alohida o‘rganadi, ya’ni planeta, mamlakat maktablar, inson tarbiyasiga ijtimoiy omillar ta’sirida oila, ommaviy axborot vositalar, atrofda odamlar bilan muloqot o‘rnini ko‘rib chikadi. Pedagogika ushbu tarbiya muassasalarida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uslubiyati va nazariyasi sifatida yuzaga keldi va rivojlandi. XIII asr oxirlarida o‘smir va yigitlarni tarbiyalash ham pedagogika obyektiga aylandi. XIX asrning ikkinchi yarmida pedagogika tizimida ijtimoiy tarbiya doirasi kengaya bordi. Birinchidan uning tarkibiga yoshlarning va katta yosh tarkibi guruhlari tarbiya kira boshlaydi, ikkinchidan tizimga kirmagan yoki normalarini buzib namoyon qiluvchi yosh kategoriyalari qayta tarbiyalash va addaptatsiya qilish jarayonini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikaga harakterli bo‘lgan muammoga izlanish bizda, xuddi chet el kabi 70 yillarda yuzaga keldi. Bu ta’lim tizimini tuzilishiga bog‘liq. xolda namoyon bo‘ldi. Bizda bu qiziqish muammoga bog‘liq, metodik tavsiyalarni yuzaga kelishida kuzatiladi. Chet elda ijtimoiy pedagogikani nazariy muammolarini ishlab chiqish. 50—60 yillarda Germaniyada yuzaga keldi, lekin Yevropa, Germaniya va AKShda XIX asrdan boshlab Davlat institutlari tomonidan tashqil etilgan, ijtimoiy faoliyat termini ostidagi faoliyat tarqala bordi. Uning mazmuni oila halkning tub guruhlariga yordam, maktab o‘quv-tarbiya muassasalarining tarbiyaviy kuchi integratsiyasidan iborat. Shuningdek ijtimoiy tarbiya amalga oshadigan sharoiti, uning mazmuni, metodikasi mohiyati yoritiladi. Bu o‘quv kursi insonlarni ijtimoiy tarbiyalash ijtimoiylashtirish muammosini tavsifi bilan tugatiladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi ancha qadimiylikka borib tutashadi. Uning qadimiyligibuyuk mutafakkirlarning ilmiy qarashlarida o’z tasdig’ini topgan. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining Birinchi bosqichi- qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to’planishi, tarbiya tajribasining anglanishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro’y bergan. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida turli tarbiya nazariyalari paydo bo’lgan. Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo’lganligi bilan izohlanadi. CHunki ibtidoiy jamoada to’plangan boy tarbiyaga oid ijtimoiy pedagogik g’oyalar haqida gapirishga imkon beradi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida insonning hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bo’lgan.. Dastlab tarbiya faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo’lsa, keyinchalik esa o’ziga o’ziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shug’ullanuvchi odamlar-tarbiyachilar paydo bo’lgan. Vaqt o’tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko’ra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiya ham ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy jamoada kasal va yaradorlarga yordam ko’rsatilganligini bolaligida olingan jarohatlar tufayli vafot etganlarning skeletlari asosida to’la tasdiqlaydi. Bu kabi qarashlar etnografik ma’lumotlarda paydo bo’lish bilan ham o’z tasdig’ini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarida mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo’lgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o’rgatishgan. Bularning hamasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko’rinishlari mavjud bo’lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. Agar ibtidoiy davrni ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yarangan bo’lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo’lishi ijtimoiypedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ijtimoiypedagogik fikrning shakllanishi yozuv hamda pedagogik g’oyalarning yozma manbalarda ko’rsatilgan saqlanib qolish hodisasi bilan bog’liqdir. SHarqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedogogik g’oyalar bir nechta mualliflar tomonidan shakllantirilgan va odatda muqaddas kitoblar shaklida butun xalq mulkiga aylangan (Xitoyda-SHukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O’rta Osiyoda-Avesto va boshqa). Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o’rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedogogik g’oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo’la boshlaydi. SHubhasiz, ijtimoiypedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo’shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y) “O’z o’zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo’qotishi mumkinligini ta’kidlagan. Demokrit (mil. avv. 460-370 y) o’z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari uning fikricha, bola tarbiyasini yoshligidan boshlamoq kerak. Aflotun (mil. avv. 423-347 y) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o’zaro munosabati g’oyasini ilgari surgan. Uningcha tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo’l gan. Arastu (mil.avv. 384-322 y) faylasuf, qomusiy olim. U antik duyoda tarbiyaning eng to’liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farqli o’laroq u inson tarbiyasida asosiy urg’uni davlatga to’liq bo’ysundirishga emas, balki insonning o’zini manfaatlariga qaratadi. SHaxsning jamoat bilan uyg’un rivojlanishi to’g’risidagi g’oya ham unga tegishlidir. Mark Fabiy Kvintilian (mil. avv. 42-118 y) notiqlik san’atining qadimgi yunon nazariyotchisi, pedagog. Ilk pedagogik asar bo’lmish “Notiqning tarbiyasi haqida” unga tegishli bo’lib, unda tarbiyaning muhim g’oyalari, ta’lim metodikasi bayon etilgan.Kvintilianning asosiy g’oyalari –o’z “men”nini saqlab qolish, “o’z ustidan” hukmronlikka erishish kabilarni tashkil etadi. Feodalizm davri tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari qoidalariga qattiq amal qilish bo’lgan. O’sha davrning (VI-XII asrlar) ijtimoiy-pedagogik g’oyasini yaratuvchilari o’sib kelayotgan avlodga singdirmoqchi bo’lgan axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam, xususan kasallar va nochorlarga yordam kabilar paydo bo’ldi. XV-XVI asrda avval Italiyada, so’ngra yevropaning boshqa davlatlarida kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. Paydo bo’layotgan yangi toifa vakillariga, aksariyat ziyolilarga asketizmning tamoyillari begona edi. YAngi burjua madaniyati shakllana boshlaydi va uni xarakterlashtirish uchun odatda insoniylashtirish va qayta tiklash tushunchalar qo’llanilgan. Gumanizm (insoniylik) tushunchasi yangi madaniyat markazida ilohiylik emas, inson turishi guvohlik berardi. Uning o’zi ham qalban, ham jisman go’zal bo’lishi lozim. Faqatgina inson ongi, kuchi, muvaffaqiyatiga ishonchi, faolligi, irodasi tufayli barcha qadriyatlar va o’z baxtining yaratuvchisiga aylana oladi. Asketizm(yunoncha)- tuyg’u va istaklarnicheklash yokibostirish, azob tortish, hayot ne’matlaridan voz kechish. Bu yerda gap uning shaxsiy hislatlari, shaxsiyati, mashhurligida emasligi hisobga olingan.. SHu bilan birga gumanistlar cherkovga qarshi ochiq qarshi chiqmaganlar. Ular xudoni, olamni harakatga keltirgan va o’shandan beri unga aralashmagan yaratuvchi deb bilishgan. XIV-XVI asrlar gumanistlarining aksariyati yoki o’zlari pedagog bo’lishgan yoki pedagogik nazariyaga murojaat qilishgan. Gumanizm g’oyasi pedagogikada xuddi ana shu davrlardan boshlab o’rnasha boshlagan. Asl tarbiya o’z mohiyatiga ko’ra doim go’zallik haqida, uning kelajagi haqidagi g’amxo’rlikni bildirgan. Uyg’onish davrida ijtimoiy gumanizm g’oyalarini amalga oshirila boshlanishi mashhur italiyalik pedagog-gumanist Vittorino de Genotre (1378-1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat maktabning yaratilishi bilan bog’liq. SHuni ta’kidlash joizki, ta’riflanayotgan davrda din, pedagogika va ijtimoiypedagogika bir-biriga uzviy ravishda rivojlangan. Diniy qarashlarda asosiy e’tibor umuminsoniy qadriyatlarga qaratilgan. Diniy rivoyatlarda, muqaddas kitoblarda oyatlarda axloqiy o’gitlar, insonlararo munosabatla, qavm-qarindoshlarga,, bolalarga g’amxo’rlik haqida ko’p gapirilgan. Bu asosda ko’pgina avlodlar tarbiya topishgan va bu borada yevropada cherkov uzoq vaqt mobaynida “nogiron bolalar” rahnamosi bo’lgan. Unga nafaqat ruhiy yordam so’rab, balki tibbiy, moddiy yordam so’rab, adolatsizlikdan himoya so’rab murojaat qilishgan. Butun dunyoda diniy tashkilotlarning boy ana’nalari mavjud. Masalan, yevropada antik davrlardan buyon ota-onasiz qolgan bolalarni ibodatxonalar eshigi oldiga qo’yib ketishgan. Manbalarga ko’ra ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV asrda Kesariya (Kichik Osiyo) shahrida yepiskop Vasiliy Kesariyning tashabbusi bilan paydo bo’lgan. 787 yilda bunday muassasa Milandagi soborda ham paydo bo’lgan. Uzoq vaqt u yevropada yagona bo’lib tashkilot qolaverdi va faqat XIV asrga kelib tarbiya uylari soni 30 tagacha ko’paydi. Qizig’i, endi unda faqat tarbiya bilan shug’ullanishmagan, ularda amaliy ishlar ham olib borilgan: onalarga yordam berilgan, bolalarni oilalarga berishgan, ularning tarbiyasini nazorat qilishgan. Keyinchalik ham bolalar uylari ruhoniylar tomonidan boshqarilgan. Parijda 1640 yil ruhoniy Vinsentom Depolen tomonidan asos solingan tarbiya uyi juda mashhur bo’lgan. U uyni qirol Lyudovik XIV tomonidan moliyalashtirishga erishgan. Mehribonlik bilan shug’ullanuvchi organlar- yirik cherkov tashkilotlari ham tuzila boshlagan. Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri- XVII-XIX asrlar- ijtimoiypedagogika eng ilg’or g’oyalar va ilmiy konsepslar bilan boyitilgan davr bo’ldi desak, xato bo’lmaydi. XVIII-XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri) olimlarining (pedagog, faylasuf, sotsiolog, psixologlar) davlat va jamoat institutlari bilan biri ijtimoiypedagogik muammolarni hal qilish g’oyalarining paydo bo’lishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson huquqlari tengligi bilan bog’lana boshlandi. Aynan shu davrda ijtimoiypedagogikaning asosiy yo’nalishlarining aniq faoliyatda amalga oshishi sodir bo’ladi. Ijtimoiy pedagogik g’oyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchi, ma’rifatparvar J.J.Russo (1712-1778 y) ulkan hissa qo’shgan. U tabiiy huquq, din va tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya g’oyalarini ilgari suradi. Rus qomusiy olimi va pedagog M.V.Lomonosov (1711-1765 y) o’z “reglamentlari”da tarbiyaning xalqparvar g’oyalarini, insonga faol shaxsga bo’lganidek yondas huvni, bolani axloqiy sifatlarini shakllantirish muhimligini bayon etgan.YAngi ijtimoiy pedagogik g’oyalar fransuz faylasufi va ma’rifatparvari Klod Adriana Gelvetsiy (1715-1771 y) ishlarida ham tilga olingan. Ular tarbiya omillarimuhit va pedagogik ta’sir, shaxsiy va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir. SHvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827 y) o’z faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariyani va amaliyotni birlashtirgan va o’z mablag’lari evaziga yetimlar uchun uylar ochgan. XIX asr shunisi bilan xarakterliki, bu davr mobaynida ijtimoiy pedagogikaning pedagogikadan ajralishi jarayoni sodir bo’lgan. Ikkinchi tomondan uning boshqa fanlar psixologiya, ijtimoiyogiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlar yaqinlashuvi bilan ham ro’y bergan. XIX asr ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo’nalishlariga esa quyidagilar tegishli: 1) ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish- bu uning fan bo’lishiga olib kelgan. Bu yo’nalishga mafkurani ham kiritsa bo’ladi. 2) Ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat. Gap ijtimoiy pedagogik ta’lim, tarbiya maqsadi va xarakteriga ta’siri haqida ketmoqda. 3) Xayriya va o’quv-tarbiya muassasalarining tuzilishi bo’yicha ijtimoiy pedagogik faoliyat (Bazedovning “filantroplari”, Ouenning “yangi institut” konsepsiyalari); 4) ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi, “nochor” va tanlab olingan bolalardan tashqari unga boshqa toifadagi katta yoshdagilar ham kiradi. Asosiysi ijtimoiy pedagogika o’z faoliyatida davlat darajasiga chiqadi va o’z sheriklari bilan birga talablarini qonuniy rasmiylashtirishga erishiladi. XIX asrning 60-70 yillarida Germaniya, Angliya, AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari yaratiladi. Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yo’nalishlarini uning eng asosiy vazifasi-bolalarning huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. Biroq XVIII-XI X asrlarda u avvallari e’tiborsiz bo’lgan g’oyalar bilan to’ldiriladi. Aniqrog’i, ijtimoiy pedagogika g’oyasi nazariyasi va amaliyotida birinchi o’ringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi. Ijtimoiy pedagoglarni birlashtirib turgan boshqa muhim g’oya tarbiya va ta’limning uzviy bog’liqligini anglash bo’ldi. Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir qancha qiziqarli va sermaxsul tajribalardan iborat. Nyu-Lenarkda “Inson xarakterini tuzishni yangi instituti”ni ishchilarning turmush darajasini yaxshilash uchun yaratib, u amaliyotda ishlab chiqarish ta’limini madaniyat bilan bog’lab qo’ydi. Jahonda ilk marta didaktik o’yinlar o’tkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida g’amxo’rlik qiluvchi muassasalar u tomonidan tuzilgan. Ingliz faylasufi Gebert Spenser (1820-1903 y) oilaning shaxs shakllanishidagi o’rni haqidagi ijtimoiy pedagogik g’oyalar bilan to’ldirilgan asarlar yaratgan. Bu maqsadlarga erishishi uchun u qiziq usulni ilgari surgan-Angliyaning davlat va siyosiy tuzilmasini oila va maktab tomonidan imitatsiyalashuvi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga buyurtmalar kengayadi. Unga asta-sekin yoshlarni tarbiyalash, shuningdek ijtimoiy xulqatvor normalarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash kirgan. Industiryalashtirish qishloq axolisining shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib chiqardi. Buyurtmaning kengayishini keltirib chiqargan holat yevropa va Amerika mintaqalarining ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bog’liq. Qishloq axolisining shaharga ko’chib o’tishlari g’ayriaxloqiy xulq-atvor, jinoyatchilik, daydilikning ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, AQSHda holat nihoyatda og’ir edi. Bu davlatga boshqa kam rivojlangan davlatlardan axoli ko’chib kelishi bilan bog’liq. Ayni vaziyatda cherkov rolining susayishi kuzatildi. U shu paytgacha axloqiy normalarning ana’naviy tashuvchisi bo’lib kelgan. Biroq u jamiyatning yangi ehtiyojlari va voqeliklarini anglay olmadi va ko’pgina odamlar hayotida o’zining avvalgi mavqeini yo’qotdi. SHu bilan birga yevropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan g’oya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Bu esa masalani yechish vositalarini topishni taq azo etardi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo’ldi. Bu paytda esa nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan faqatgina XX asrda keng qo’llanilgan ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi. Aynan shu vaqtdan ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya tarixiga ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keying rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu avvalambor falsafa orqali amalga oshdi. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar-psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro’y berdi. Eng asosiysi-XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylanadi. Aynan shu davrda pedalogiya-bolani har tomonlama o’rganish haqidagi fan rivojlana boshlaydi. Uning asoschilari E.Meyman, S.Xoll, Torndayk hisoblanishadi. Bu borada Rudolf SHteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g’oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagogika arboblaridan Georg Kirshenshteyner (1854-1932 y)-Germaniya, Jon Dyui (1859-1952 y)-AQSH, Vilgelm Layni (1862- 1926 y)-Germaniya ko’rsatsa bo’ladi. G.Kirshenshteynerning pedagogik nazariyasi maktablarni bolalarning sust qabul qilinishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini amalga oshirishga, ijodga ko’ra isloh qilish g’oyasiga asoslanadi. Kirshenshteyner ijtimoiy pedagogik tizimining asosiy tamoyillaribolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasidir. Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Uning oliy qadriyatlari amaliy natija, biznesda muvaffaqiyatga erishish hisoblanadi. Bu pedagogning xizmati shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, ta’limning individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik g’oyalarga murojaat qilganidir. Vilgelm Lay “Ґarakatlar pedagogikasi”ni yaratdi. U inson faoliyati va mavjudligining fiziologik va psixologik mexanizmlarini o’zida mujassamlashtiruvchi biologik reaksiya tamoyiliga tayangan. U tarbiyaning biologik tomonini -tug’ma reflekslar, sezgi, reaksiyalar, ularning bolalar o’yinlarida paydo bo’lishini va ijtimoiyogik tarbiyachining reaksiyalarga ta’sirini ko’rsatgan. Hozirgacha turli davlat olimlari o’rtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlari orasidagi o’rni borasida –bu mustaqil fan bo’la oladimi yoki faqatgina yosh guruhlarini o’rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning mustaqil bir sohasi bo’lib qolaveradimi, degan masaladabahs-munazara davometmoqda. Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor etuvchi ba’zi pedagoglar nazariyalarida paydo bo’lgan. Masalan G.Noll va G.Boymer (20-30 y) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasi deb tushunishgan. Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul Natori (XX asrning 20-yillari) umuman boshqacha ta’riflangan. U ijtimoiy pedagogik jamiyatning tarbiyaviy kuchlarining yaqinlashtirish muammosini xalqning madaniy va axloqiy darajasini ko’tarish maqsadida tadqiq etadi deb hisoblagan. Bunaqa tushunish yangi davrning buyurtmasiga ko’proq mos kelgan va ijtimoiy pedagogika inson hayoti davomida tarbiyalash haqidagi bilim sohasi ekanligini tasdiqlagan. XX asrning 60 -yillarida ijtimoiy pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga yordam berish, bolalar uyida tarbiya ishlari o’tkazish maqsadidagi ijtimoiy tarbiya asosi sifatida ta’rif etilaboshladi.. Ijtimoiy pedagogika pedagogikani rivojlanishi bilan birga chet ellarda ijtimoiy pedagogika sohasidagi mutaxassislarning kasbga oid faoliyati ham rivojlandi. Xususan, XX asrning 70-yil Germaniyada oliy ma’lumotli pedagoglar tayyorlana boshlandi. XX asrning50-yillariga kelib ijtimoiy pedagogika muammolarining global darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qilinganligi guvohlik beradi. Unda aloxida e’tibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko’p bolali oilalar, kam ta’minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam ko’rsatishga qaratilgan. Bizning respublikamizda ijtimoiy pedagogika an’ana va tamoyillarini tiklanishi murakkab sharoitlarda amalga oshmoqda; davlat ta’lim standartlari, mutaxassisliklar, darsliklar, o’quv rejalari va dasturlarning yetishmasligi, ijtimoiy muxofazaning davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi chet el mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik asosida bo’lish kerak. CHunki Germaniya, Angliya, AQSHlarda boy ijtimoiy pedagogik tajriba mavjud.