Chidamlilikni rivojlantirish bolalar jismoniy tarbiyasi


Salomatlikni saqlashda jismoniy tarbiyaning vazifalari



Yüklə 99 Kb.
səhifə3/6
tarix08.06.2023
ölçüsü99 Kb.
#126755
1   2   3   4   5   6
ERGASHEVA M

2. Salomatlikni saqlashda jismoniy tarbiyaning vazifalari.
Jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi, pedagogik yo’nalishga asoslanib, insonlarni mehnatga va kiyinchalik harbiy faoliyatga tayyorlash talabi bilan bog’liq. Jismoniy tarbiyaning pedagogik asosi, umumiy ko’rinishi pedagogik ta’sirni mazmunini aholining turli kontingenti, shu jumladan o’quvchi va talabalarni shakl,vosita, usullar, optimizatsiyasi bilan namoyon etiladi. Ko’p sonli tekshiruv natijalari shuni ko’rsatadiki, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug’ullanish birinchi navbatda qon aylanish a’zolarida yaxshi ta’sir qiladi, lekin yoshga bog’liq o’zgarishlarni tormozlaydi. Jismoniy faollik organizmdan yog’ va uglevodlarni uzilizatsiyasiga sabab bo’ladi, bunda ATF sintezda qatnashuvchi energiya ajralib chiqadi (enrgiya saqlashni qonuni realizatsiysi). Tirik sistema-bu o’z tuzilishi va faoliyatini ta’minlash uchun oziq-yoqilg’i ishlatiladigan energetik mashinadir. Tirik tizimni farqlovchi asosiy belgilardan –ko’payish, moslashuv (adaptatsiya) va energiya oqimini yoki modda almashinuvini regulyatsiyalash-energetik tizimning faoliyati (modda almashinuvi)ga bog’liq.
Jismoniy yuklamalarda kuzatilgan a’zolar giperfunksiyasi, shu a’zolar hujayralarida nuklein kislotalar va oqsillarning sintezi aktivlashadi. Muntazam mashqlar sharoitida, hujayra ginetik apparatining funksional holati oshishi-organizmning fiziologikfunksiyalari plastik mutanosiblikni amalga oshirish ro’y beradi. Muskul faoliyatiga shunchalik chuqur ta’sir etishi mumkin-ki, bunda genetik apparat va oqsil biosintezi faoliyatini o’zgartirishi mumkin.Bunday xulosalarga asos bo’lib, tibbiy genetika sohasidagi tekshiruvlarning natijalarixizmat qiladi, ularda genetik “yuk” muammolari bilan birga genetik dasturning yanada muhim tomoni-odam sog’lig’ini yuqori darajasini ta’minlovchi normal allellarnnig to’liq ta’siri aniqlanadi.
Hozirgi zamonda bolalar va o’smirlar rivojlanishining muhim xususiyatlaridan biri, organizmning tashqi omillariga nisbatan yuqori ta’sirchanligi va moslanuvchanligi bo’lib, bular natijasida qulay tashqi shart-sharoitda hamda har tomonlama oqilona majmuali ta’lim tarbiya olib borilganda, umumiy jismoniy rivojlanish va salomatlikning yaxshilanishi, ruxiy (psixik) takomillashuvi yuz beradi. Ko’pgina biologik xususiyatlarning yuksak darajadagi uyg’unlikda rivojlanishiga erishish uchun yordam beradigan omillar orasida jismoniy tarbiyaning, har bir yosh bosqichga, ayniqsa, kasb taqozo etadigan gipodinamiya va gipokineziya sharoitida muvofiq bo’lgan mushaklar faoliyatini kuchaytirishning ahamiyati juda katta.



Yüklə 99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin