3. Harakat faolligiga tavsif. Gipokineziya va giperkineziyaning organizmga ta’siri. Jismoniy (yoki harakatlanish bilan bog’liq) faollik- bu inson hatti-harakatlarining ajralmas va murakkab majmuasi bo’lib, u biologik hamda tashqi omillarga bog’liq. Zamonaviy turmush tarzining ilg’or (progressiv) tendensiyaga ega bo’lgan o’ziga xos xususiyatlaridan biri harakat faolligi hajmining kamayishi (gipokineziya), mushk kuchi sarfining ruhiy-asab zo’riqishlari bilan uyg’unlikdagi pasayishi hisoblanadi. Harakat- hayotning eng muhim xususiyati. Bugungi kunda inson organizmi turli tizimlarini qo’zg’atishning mushak faoliyatidan ham kuchliroq fiziologik usuli ma’lum emas. Ular har xil a’zo va tizimlar faoliyatini, shuningdek umuman inson ongi darajasini tiklashga yo’naltirilgan boshqaruv mexanizmlarni muntazam ravishda mashq qildirib, takomillashtirib beradi. Ayni vaqtda ishlab chiqarish va turmushda jismoniy yuklamalarning hissasi ma’lum darajada kamayib ketyapti. Hatto harakatlanishining tabiiy va sun’iy usuli bo’lgan yurish va transportning , kommunal xizmat turining rivojlanishi tufayli o’z ahamiyatini yo’qotib bormoqda. Aholining barcha qatlamlari, jumladan, bolalar va gipokineziyaga mahkum, aslida ularning mutanosib rivojlanishi uchun harakat faolligi, mushak kuchi sarfining maqbul darajasi juda zarur. Yaqindagina quvvatning deyari yagona manbai sanalgan mushaklarning bugungi kunda quvvat generatori sifatidagi faoliyati nihoyatda cheklangan. Harakat faolligi biologik tabiatga ega. Hayvonlarni oyoqlari “boqadi”, ibtidoiy odamni ham oyoqlari “boqqan”. Tarqqiyot shunga olib kelyaptiki, insonni aql-idroki “boqadigan” bo’lib ,u harakatning hayot uchun zarur bo’lgan, tarixan yuzaga kelgan biologik vazifasidan voz kechyapti. Hozirgi vaqtda harakat faolligi hajmiinng kamayishi va mushak kuchi sarfining pasayishini “gipokineziya” yoki “gipodinamiya” atamalaridan biri ostida birlashtirishga urinilyapti. Garchi “gipokeneziya” tushunchasi ancha keng bo’lsa ham, gipodinamiya o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga jismoniy tarbiya jarayonida ayrim kasalliklarning oldini olishda e’tiborni qaratish lozim (mushaklarnnig statik zo’riqishi, izometrik mashqlar). Shuning uchun bizningcha harakat faoliyatining turli jihatlariga skelet mushaklarning jismoniy rivojlanish darajasining pasayishi natijasiga salomatlikning putur yetishiga olib keladigan o’zgarishlarga diqqat qilish uchun har ikkala tushunchani saqlab qolish kerak.
Taqqiqotchilarda ma’lum bo’lishicha, miyada ikkita vaqti-vaqti bilan faoliyat ko’rsatuvchi tizim mavjud: motorikaning faollashuvi va sustlashuvi. Ikkinchisi o’z ichida uyqu, dam olish, harakat faoliyatining sustlashuvi kabi holatlarni oladi. Faollashish tizimiga faqat skelet mushaklari faoliyatigina emas, bir qator vegetativ faoliyatlar-moddalar almashinuvi, nafas olish, qon aylanishi ter ajralishi ham kiradi. Faollashuv va sustlashuv orasida resinrok munosabat mavjud. Masalan ozuqa ishlashga undovchi ochlik instinkti faollashuv tizimiga, to’yingan holat esa sustlashuvga olib keladi. Harakat omilining ta’siri ham turlicha: issiqlik sustlashish tizimini qo’zg’atsa, sovuqlik faollashuv tizimini qo’zg’atadi. Giperglikemiya sustlashuvga (u ham markaziy asab tizimi orqali), gipoglikemiya esa faollashuvga yordam beradi. Sustlashuv holatida ko’proq ovqat hazm qilish va ekstretsiya a’zolari amal qiladi. Gipoksiya vaqtida motorikaning sustlashuvi vegetativ markazlarningyuksal qo’zg’luvchanligi bilan keskin kontrast hosil qiladi. Faollashuv tizimining rag’batlantirishning kuchli omillaridan biri propreoretseptiv (harakatlar motorekasi) sanaladi. Bunda motorekani hayotning asosi (yoki organizmning yuki) sifatidagi Sechenovga tushunishga rioya qilinadi hamda mazkur muammoni ishlab chiqishning katta kelajagi bor deb hisoblanadi. U umumiy biologiya sohasi -faol harakatchanlik konsepsiyasini, fiziologiya sohasida-motor-vistseral reflekslarnazariyasini, tibbiyot nuqtaiy nazaridan esa himoyalovchi qo’zg’alish tamoyillarini shakllantirib bergan.
Faol harakatchanlik konsepsiyasi insonda mavjud bo’lgan harakatlarga tug’ma, tabiiy, biologik ehtiyojga, hayvonlardagi xuddi shunga o’xshashehtiyojga asoslanadi. Harakat faolligi darajasi irsiy jihatdan shartlangan miqdor bo’lib, har bir biologik turda o’ziga xos, yangi tug’ilgan go’daklar hayotining dastlabki yillarida bu miqdor eng yuqori bo’ladi, bu oranizmning o’sishi va rivojlanishi sharoitlarini ta’minlashda, gomeostazning shakllanishida skelet mushaklarining qatlashish ehtiyoji organizm rivojlangani sayin pasayib borishi mumkin: bunga tarbiya xususiyatlari va turmush tarzi ham katta ta’sir ko’rsatadi; kasallikda bunga ehtiyoj juda past. Harakat ehtiyojining pasayishi bilan bir vaqtda ontogenezda organizmning qarish belgilari ko’payib borayotgani kuzatiladi, bunga quyodagi bog’liqlik aniqlangan: individning harakat faolligi nechog’li past bo’lsa, uning hajmida qisqarish qanchalik erta kuzatilsa, evolyutsiya jarayonlari organizmning funksional imkoniyatlari, ijtimoiy faolligi torayishi shunchalik namoyon bo’ladi. Jismoniy mashg’ulotlarga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirish, harakatlar hajmini boshqarish ITI davrdagi dolzarb ijtimoiy vazifa bo’libgina qolmay, asosli umumbiologik muammo hisoblanadi.
Bugungi kundagihayotiy sharoitlar vegetativ asab tizimiga yuqori talablar qo’yadi. Shuni hisobga olish kerakki, agar filogenezda vegetativ faoliyatlar (jumladan, yurak-qon tomir tizimi) qayta mushak yuklamalariga muvofiq rivojlanib, boshqarilgan bo’lsa, hozirgi vaqtda boshqarish jiddiy ruhiy zo’riqish fonida ularning surunkali yetishmovchiligi ostida amalga oshiriladi. Ma’lumki vegetativ asab tizimi, birinchi navbatda, umumiy trofik moslashuv faoliyatini vujudga keltiradi. Bu asab tizimining eng qadimiy faoliyati bo’lib, filogenez jarayonida u animalga nisbatan kamroq o’zgarishlarga uchragan, morfolik jihatdan u ancha sodda; eng qadimgi ajdodlarning vegetativ asab tizimiga xos bo’lgan munosabatlar saqlanib qolgan. Filogenezda qolgan faoliyatlar (masalan, gaz almashinuvi)lekomotsiya bilan ta’minlangan, keyinchalik esa ichki muhitning paydo bo’lishi hamda ko’chib yuruvchi asab tomiri ko’rinishidagi markaziy boshqaruv apparatining asta-sekin shakllanishi bilan muvofiqlashuviga ehtiyoj paydo bo’ldi. Vegetativ asab tizimining qdimiyligi hamda barqarorligi, uning skelet mushaklari bog’liqligi natijhasida jismoniy tarbiya ontogenezning barcha bosqichlarida motor va vegetativ faolioyatlarning reflektor asosidagi onformatsiyasi muammosini hal etishi kerak.
Bugungi kunda jahon adabiyotida gipokeneziya va gipodinamiya, faol harakatchanlik, visseral-motor, reflekslarning nazariy asoslari chuqur yoritilgan. Ma’lumki, harakat faolligi visseral-mator reflekslar tipi bo’yicha vegetativ sohasiga keng ta’sir zonasiga ega bo’lgan butun proprisevtiv afferentitatsiyaning bosh manbai sanaladi. Har qandayafferent tizimdan (ekstroseptiv va propriseptiv) impluslarning tanqisligi inson yoki hayvon organizmi butun hayot faoliyatining keskin susayishiga olib keladi, u potologik susayish holati bilan tavsiflanib ,tanglik omili sifatida baholanishi mumkin. Ayni vaqtda “vegetativ istil” hamda hissiyotlarning yo’qligi ham organizmning maqbul holati hisoblanmaydi. Asab trofikasi vegetativ asab tizimi tonusi saqlangan joyda amalga oshadi. Aynan faol harakat rejimi va ijobiy hissiyotlar organizm hayot faoliyatining barcha bosqichlarida- hatti harakatlardan tortib hujayralar miqiyosigacha, me’yordan ham, potologik holatdan ham o’z-o’zini himoya qilish uchun quvvat manbai sanaladi.
Inson salomatligini zamonaviy tarzda yaxlit baholashda jismoniy rivojlanish darajasi hamda uyg’unligi katta ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash zarurki, bugungi adabiyotlarda “jismoniy rivojlanish” tushunchasida bu xil ta’rif uchramaydi. Zamonaviy antropologiya va jismoniy tarbiya nazariyasida insonning “jismoniy rivojlanish” mashg’uloti markaziy hisoblanib, turlicha organizmga ega, negaki mazkur a’zolar inson organizmining turli jismoniy xususiyatlari hamda sifatlari majmualarini tadqiq etadi. Hozirgi vaqtgacha jismoniy rivojlanish va salomatlikning nisbati xususida yagona fikrga kelinmagan. Masalan, “jimoniy rivojlanish”, “salomatlik” tushunchlarini tenglashtirishga urinishlar mavjud, chunki jismoniy rivojlanish darajasining pastligi va surunkali kasalliklar birligi, ayniqsa bolalarda tez-tez uchrab turadi. Jismoniy bo’sh, nimjon bollalarning yuqumli kasalliklarga, jumladan sil kasalligiga moyilligi ilgaridan ma’lum. Haddan ziyod to’lalik, semizliknig yurak qon-tomir tizimi kasalliklari, jumladan ishemiya bilan yonma-yon kelishi to’g’risidagi ma’lumotlar ham o’sha qonuniyatning yana bir tasdig’idir. Ayni vaqtda katta odamlarda jismoniy rivojlanish darajasi salomatlik orasidagi aloqadorlikni aniqlaydigan xolis (obyektiv) ma’lumotlar, olimlarning fikricha yo’q jismoniy rivojlanishning salomatlikka va aksincha, salomatliknnig jismoniy rivojlanishga ta’siri aniqlanmagan, mualliflar nazarida, ular baravar ravishda rivojlanadi. Biz bu fikrni qo’llab-quvvatlaymiz va muammoning shunday qo’yililshi sababli bugungi kungacha aholining salomatligi muammolarini nazariy jihatdan hal etishda, jumladan dispanserizatsiya vaqtida insonning jismoniy rivojlanishiga yetarlicha e’tibor berilmaydi.
Insonning salomatligi va jismoniy rivojlanishi birligiga har tomonlama baho berish uchun “jismoniy holat” tushunchasini qo’llash hamda jismoniy rivojlanishning salomatlik bilan aloqadorligi xususiyatini qo’zg’alishi muhim amaliy vazifa bo’lib, u faqat bemorlarni emas, sog’lom kishilarni ham keng tekshirish yo’li bilan hal etishni talab qiladi. Mazkur masal bo’yicha bizning nuqtaiy nazarimiz yuqorida ko’rsatilgandek, Jismoniy rivojlanish, inson salomatligini yaxlit baholanganda, uning ko’rsatkichlaridan biridir.
“Jismoniy rivojlanish” tushunchasining mazmunini organizmning mexanik-tuzilish xususiyatlari nuqtaiy nazaridan izohlash yetarli bo’lmaydi, jismoniy tarbiya nazariyasida uning harakat apparati va umuman organizm rivojlanishinig haqiqiy tavsifi bilan bog’lanish lozim. Hozirgi vaqtda shunday fikrlar ustunvorligi, ularga ko’ra alohida bir belgi emas, balki tana uzunligining turlicha varizantlarida uchraydigan nisbati insonning jismoniy rivojlanishini tavsiflaydi. Tana o’lchamlarining kattalashishi har doim jisoniy rivojlanishning yaxshilanishiga muvofiq keladi; buni “jismoniy anglash indekslari” parallel ravishda ortganidagina ta’kidlash mumkin. Bolalar va o’smirlar jismoniy rivojlanishini o’rgangan mamlakatimizdagi va chet ellik mualliflarning ko’p sonli tadqiqotlarida ko’rsatilishicha, jismoniy rivojlanishning yo’nalishi va darajasi biologik omillardan (irsiyat va h.k) tashqari ijtimoiy va ekologiya shart-sharoitlariga (jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, maishiy va gigiyenik ko’nikmalar jismoniy tarbiyani tashkil etish, tabiiiy sharoit, turmush tarzi va boshqalar). Inson salomatligi ko’rsatkichlaridan biri bo’lgan jismoniy rivojlanishga munosabat uning ilmiy va amaliyot ahamiyatini oshiradi hamda rivojlanish darajasi va uyg’unligiga bog’liqligini o’rganish vazifasini birinchi darajali masalar qatoriga qo’yadi. Chunki jismoniy rivojlanishning bir xil ko’rsatkichlari namoyon bo’lish darajasiga qarab ijobiy, salomatlikning umumiy bahosi uchun qulay yoki uning yomonlashuvining xavfli omiliga aylanib, u yoki bu kasallikning yuzaga kelishiga sharoit yaratishi mumkin. Jismoniy rivojlanishning mohiyatini bunday tushuntirish insonning kelajagi uchun foydali, uning o’z-o’zini jismoniy takomillashtirish bo’yicha faoliyatlarini kuchaytiradi. Jismoniy rivojlanish darajasi va munosibligi har qanday yoshda organizm bilan muhit orasidagi o’zaro munosabatning dialektikasini ochib beradi, organizmdagi metabolik jarayonlarini, endokrin tizimi muvozanatini, jismoniy tarbiyaning adekvatligini tavsiflaydi.
Insonning jismoniy rivojlanishi organizmning funksional holati- salomatlikning boshqa tarkibiy qismi bilan chambarchas bog’liq; bular alohida rivojlanish jarayonida o’zaro aloqaga kirishib, bir-birini taqozo etadigan holatlardir. Morfolik holda funksional ko’rsatkichlarning birligini, unnig ahamiyatini biologiyaning asosiy tamoyillaridan biri-tuzilish va vazifa birligi nuqtaiy nazaridan tekshirish lozim. Funksionalko’rsatkichlariga tana tuzilishidagi tarkibiy qismlarida hayot faoliyatining namoyon bo’lishi sifatida qaraladi. Tuzilmalar va uning bajaradigan vazifalari bir-biridan ayri holda mavjud bo’lmaydi, balki dialektik birlikda yashaydi. Biroq tuzilmalar hamda vazifalarning tashqi ta’sirlarga beriluvhanligi turlicha: bulardan birinchisi ancha barqaror. Funksiya u yoki bu biologik tuzilmada hayotning namoyon bo’lishi (moddalar almashinuvi), har qanday funksiya va uning o’zgarishlarini har doim tegishli tuzilma o’zgarishlari taqozo etadi, ular tegishli tuzilma o’rganishlari bilan uzviy bog’liq. Ontogenez jarayonida jismoniy tarbiyalash, uning bosqichlariga xos xususiyatlarni e’tiborga olish mazkur biologik imkoniyatlar va qonuniyatlarni amalga oshirish, insonning hayot faoliyati jarayonida morfofunksional rivojlanishning maqbul darajasini saqlab qolish uchun sharoit yaratadi. Bunda jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini o’lchash organizmdagi evolyutsiya yoki involyutsiya jarayonlarining nazorati bo’lib xizmat qilishi mumkin; u sog’lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya omillaridan salomatlikni saqlash, rivojlantirish hamda tahrir qilishda maqsdli foydalanish imkonini beradi.
So’ngi yillarda ilmiy texnik revolyutsiyaning davom etishi hamda ekologik ahvolning keskinlashuvi tufayli inson dalomatligiga talablar o’sib bormoqda. Insonning biologik ishonchliligini, organizmning tibbiy imkoniyatlarini oshirish masalasi ko’tarilyapti. Shuning uchun bir tomondan, gap zamonaviy inson shaxsini har tomonlama samarali rivojlantirish, uning tabiiy qobiliyatlaridan oqilona foydalanish darajasini oshrish , ularni o’zgartirib turgan hayot atrof-muhit, shartlari bilan maqbul sharoitlar yaratish zarurati ustida borsa, ikkinchi tomondan, insonning o’z sog’lig’ini mustahkamlash, funksional holatini yaxshilash, organizmning zahiradagi imkoniyatlarini kengaytirish, va shu tarzda hayotning murakkabliklari, o’zgarishlariga qarshi tura olish qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha masuiyatini oshirish zarur. Organizmning fiziologik zahiralari so’rovini kengaytirish vositasi va usullarini izlab topish bosh vazifalardan biri sifatida kun tartibiga quyilmoqda. Faqat shu yo’l bilan insonning kasbiy yuklamalar va tanglik omilariga chidamliligini kuchaytirish mumkin. Bunga erishish uchun organizmning umumiy va maxsus jismoniy mashg’ulotlar, noqulay omillarga qarshi maxsus mashqlar, formokologik vositalar yordamida chiniqtirish lozim.
Inson organizmining funksional holati uning asosiy tizimlarida zahiralarning mavjudligi bilan belgilanadi, asosiy funksional tizimlarning “zahiradagi quvvati yig’indisi” faqat salomatlik holatinigina tavsiflab qolmay, insoning kasallikka munosabatini ham belgilaydi. Organizmning zahiradagi imkoniyatlari salomatlikning ko’rsatkichlaridan biri hisoblanib, insoning yashash qobiliyatini ham ko’rsatadi. Ularning ahamiyati ayniqsa, tashqi muhitdagi o’zgarishlar vaqtida, tanglik va tanglikka yaqin vaziyatlarda, u yoki bu kasallikning rivojlanishi vaqtida, keksayish jarayoni ortadi. Insoning zahiradagi imkoniyatlari konseptsiyasi organizmga tarixan ato etilgan obyektiv imkoniyatlarga tayanadi. Mazkur muammonnig yechimi imsonning imkoniyatlarini baholashga yangicha yondashish uchun sharoit yaratadi, kishilarni bolaligidan va butun ongli hayoti davomida ta’lim-tarbiya berish jarayonlari samaradorligini oshirishga olib keladi.
Organizmning fiziologik zahiralari mutlaqo aniq anatomik-fiziologik, funksional imkoniyatlariga ega. Kompensatsiya- moslashuv jarayonlarini moddiy ta’minlashning hammabop tamoyili shakllangan bo’lib, bunday ta’minlashning yo’li har doim va har yerda hujayralarning ichki tuzilishini giperplaziyasi sanaladi. Sog’lom kishi katta hajmli jismoniy ish bajarish bilan bog’liq hayot faoliyati jarayonida tabiiy zahira hisobiga funksiyalarnnig yanada yaxshilanishi yuz beradi. Bu zahira organizmning genometining tarkibiy qismi bo’ladi hamda inson organizmining ichki va tashqi muhit omillariga moslashuvi tushunchasi mazmunini tashkil etadigan ko’pdan-ko’p jarayonlariga erishiladi va tadqiqotchi insonning moslashish materialini –uning umumiy moslashish zahirasini hamda yuklamaga moslashish zahirasini to’g’ridan-to’g’ri o’lchash imkoniga ega.
O’z hayot faoliyati davomida inson o’z imkoniyatlari chegarasida ishlamaydi, ya’ni zahiradan yuqori tarzda foydalanmaydi. Organizmning zahiradagi imkoniyatlari ortishi butun organizm manfaatlari yo’lida alohida a’zo va tizimlarning muvofiqligi, yuksak biologik zaruriyatning safarbarligiga asoslangan. Har turli “zahiralar”ning mavjudligi to’g’ri rivojlanishning eng oddiy va samarali himoya vositsi hisoblanadi; zahira tizimlarining mavjudligi alohida ahamiyatga ega. Boshqaruv mexanizmlari shunday zahira tizimini ta’minlovchi tomonlardan birini tashkil etadi. Aynan boshqaruv mexanizmlari holati, ularning mukammalligiga organizmning zahiradagi imkoniyatlari bilan bog’liq bo’lib, bu faqat maishiy hamda ishlab chiqarish sharoitdagi moslashuv jarayonlardagina emas, kasallik chog’ida ham katta ahamiyat kasb etadi. Organizmda paydo bo’ladigan izdan chiqarishlar evalyutsiya (taraqqiyot) jarayonida yuzaga keladigan boshqaruv mexanizmlzri tomonidan yo’lga solinadi. Organizmning to’g’ri reaktivligi doirasi qanchalik keng bo’lsa, u xavfli omillar ta’siridan shunchalik ishonchli muhofazalangan bo’ladi.