4.Ishchanlik qobiliyatini va mehnatga layoqat salomatlik va shaxsiy sifatlar natijasi Hozirgi vaqtda organizmning funksional holatini baholashda, uning zahiralari, turli omillarga moslashishi darajasini aniqalashda, yurak qon-tomir tizimi tadqiqotlariga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Murakkab tashkil etilgan biologik tizimlarning turli-tuman reaksiyalarida qon aylanish tizimining ahamiyati juda katta. Qon harakatlanishining umumiy yoki cheklangan mexanizmlari buzilishi, odatda, deyarli har qanday potologik holatlarda, agar sabab sifatida bo’lmasa, natija sifatida kuzatiladi. Qon aylanish tizimini organizmning boshqa tizimlari bilan shunday mustahkam aloqadaki, u turli izdan chiqishlarning uneversal indikatorlari sifatida tekshiriladi.
Inson organizmining fiziologik zahiralari miqyosini aniqlash shiddatli, qisqa muddatli, qatiy o’lchab beriladigan jismoniy yoki aqliy yuklamalar, ya’ni funksional sinovlarning qo’llanishi bilan amalga oshadi. Jismoniy yuklama universal testlash vositasi hisoblab, uning yordamida organizmning funksional imkoniyatlari, uning yashirin zahiralari baholanishi mumkin. O’lchab berilgan jismoniy yuklama organizmning asosiy funksional tizimlari, eng avvalo, qon aylanish tizimining quvvat zahirasini o’lchash etaloni sanaladi. Organizmning funksional zahiralariga xos miqdoriy xususiyatlar usullaridan kiyingi yillarda ko’pchilikka ma’qul bo’lgani insoningjismoniy ishchanlik qobiliyati tadqiqotlaridir (RWC170testi). “Jismoniy ishchanlik qobiliyati” (phicycal work cfpfcity) atamasi orqali insonning statik (turg’un), dinamik (harakat) yoki aralash ishda maksimum jismoniy kuchlanishni namoyon etishga mavjud qobiliyati ifodalanadi. Ma’lumki jismoniy ishchanlik qobiliyati organizmdagi turli tizimlarning morfologik va funksional qobiliyatiga bog’liq. Jismoniy ishchanlik qobiliyati ustidagi tadqiqotlarning ahamiyati sog’liqni tashxislash hamda kasalliklarning oldini olish faliyati kuchayishi qobiliyatini o’rganishda a’zo va tizimlarning jismoniy faoliyatning moslashish holatini aniqlash muhim vazifa.
XULOSA Bugungi kunda jismoniy ishchanlik qobiliyatini tadqiq etish faqat sport amaliyotida emas, kasalxonalarda, fiziologiyada, mehnat gigiyenasida keng qo’llanilmoqda. Gigiyenik tadqiqot chog’ida jismoniy ishchanlik qobiliyatini aniqlashning ko’rsatishicha, RWC170 ma’lumotlari asosi jismoniy ishchanlik qobiliyatini paytida tavsiflash bilan organizmning faoliyat ko’rsatishi ishonchli ekanligi, kislorod yetkazib beruvchi eng muhim fiziologik tizimlarning holati to’g’risida tasavvur hosil qilish muhim. Usulning qimmati shundaki, u integral shakldagi organizm faoliyatidagi nomuvofiqlikning solishtirma siljishlarini aks ettirradi. Mazkur sinov (proba) yordamida belgi egalarida mavjud bo’lgan yurak-qon tomir, hamda nafas olish tizimlaridagi funksional cheklanishlarni aniqlash mumkin.
Shunday qilib, mazkur bobda inson salomatligining uning uchun odatiy bo’lgan harakat (jismoniy) faollik xususiyatlari bilan o’zro aloqasini ko’rsatishga urindik. Bunda biz o’z oldimizga muayyan tavsiyalar berishnigina maqsad qilib qo’ymay, balki inson salomatligi, uning biologik ishchanligini oshirishnnig maqbul variantlarini izlash bo’yicha ilmiy tadqiqotlar hamda amaliy tadbiq etishni qanday yo’nalishlarda davom ettirish lozimligini ko’rsatdik, bunga hozirgi vaqtda maliy sog’liqni saqlash uchun ijtimoiy buyurtma sifatida qaraladi. Salomatlikning organizmning jismoniy rivojlanishi va funksional holatining morfofunksional ko’rsatkichlarini tadqiq etish, zahiradagi imkoniyatlarni aniqlash profilaktik tibbiy ko’riklar, dispanserizatsiyaning majburiy atributi bo’lishi kerak, chunki faqat shu shart bilan kasalliklar oldini olish, sog’liqni mustahkamlas masalalarini hal qilish mumkin.