Chidamlilikni rivojlantirish bolalar jismoniy tarbiyasi


Sog’lom turmush tarzini omillari



Yüklə 99 Kb.
səhifə2/6
tarix08.06.2023
ölçüsü99 Kb.
#126755
1   2   3   4   5   6
ERGASHEVA M

1. Sog’lom turmush tarzini omillari
Jismoniy tarbiya tarixini tahlil qilib, shuni ta’kidlash mumkin-ki, quldorlik jamiyatida jismoniy tarbiyaning ahamiyati, hukmdorlikni ushlab qolish va zabt etishga loyq harbiy jismoniy tayyorgarlik inson tipini tarbiyalashdan iborat edi. Birlamchi jamiyatdagi asosiy unsurlar, harakat shakllaridan, insoniyat yuqori darajadagi jismoniy va sport faoliyatida, insonni, tabiatni zabt etishga qaratilgan unsurlar yashiringan. Jismoniy tarbiya va sport insonni jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi kuchli omildir. “Jismoniy tarbiya tamoyili” tushunchasi uning insonlarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish natijalari tushuniladi. Jismoniy tarbiyaning asosiy natijalari sifatida salomatlik, tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga organizmning chidamlilik darajasi, tana tuzilishi, ma’lum jismoniy rivojlanish darajasi sifatlari, harakat malakalari va mahoratini ta’minlovchi fiziologik funksiyaning holati shu bilan birga harakatchanlik – insonning jismoniy holati deyiladi. Jismoniy tarbiyaning asosiy ijtimoiy xususiyatlari bo’lib,uning jamiyatda ishlab chiqaruvchidan bog’liqligi, qayta ishlashdagi, mehnatni tashkillashtirish tizimida o’rni va ahamiyati hisoblanadi. Jismoniy tarbiya jismoniy mehnat ta’siri ostida paydo bo’lib, insonnnig mehnat faoliyatiga tayyorgarligini o’z ichiga oladi.
O’g’il bolalar, o’smirlar va o’spirinlar o’zlarining jismoniy imkoniyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatlariga ega bo’ladilar. Ular ko’pincha jismoniy kuchlarga ortiqcha baho beradilar, kam namoish qilinadigan, ammo hayotiy birmuncha muhim xusususiyatlarni mensimaydilar, ayniqsa chidamlilik qadriga yetmaydilar. Xususan o’smirlar va o’spirinlar birinchi navbatda shuni esda tutish kerakki, atrofdagilar hurmatiga, jismoniy xususiyatlarni namoish qilib emas, balki faqat foydali ishlar bilangina sazovor bo’lish mumkin.
Jismoniy tarbiya organizmga rivojlantiruvchi, takomillashtiruvchi va tuzatuvchi ta’sir etadi. U qaddi-qomatdagi nuqsonlarni-umurtqa pog’onasining qiyshayganligini , bukchayganlikni yo’q qiladi; jismoniy mashqlar yordamida qomatdagi ayrim kamchiliklarni, ya’ni ko’krak botiqligi, yelka kichikligi va muskullar yaxshi rivojlanmaganligini ham to’g’rilashi mumkin. Erkak va ayollar uchun maxsus mashqlar kompleksi mavjud, ularda organizmning xususiyatlari, erkak va ayolar qomatiga bo’lgan estetik talablar hisobga olinadi. Bundan tashqari jismoniy mashqlar odamning psixik holatini, tashqi ko’rinishini va kayfiyatini yaxshilaydi, umumiy hayotiy tonusni oshiradi.
Jismoniy tarbiya o’z ichida 2 ta asosiy vazifani: turli toifadagi aholining salomatligini mustahkamlash, ularning jamiyatdagi ishlab chiqarish har tomonlama qatnashuvi uchun gipokineziya va gipodinamiya kategoriyasidagi odamlarni faol harakatga boshlashdir. Jismoniy mashqlar insonni nafaqat jismoniy holatiga ta’sir qiladi, balki uning yanada ruhiy xususiyatlarni mukammallashtiradi, ruhiy jarayonlarni boshqarishni yaxshilaydi, insonni xarakterini mustahkamlaydi. Bu mashqlar jismoniy va ruhiy faoliyatni yakkakurashning bir holatini namoyon etadi. Jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida insonlar o’z tabiatini “o’zlashtiradi”.
Jismoniy tarbiyada ijtimoiy va biologik omillar o’zaro aloqada bo’ladi. U jismoniy sifatlarni takomillashtirish bilan chegaralanmay, balki dunyoqarashni, inson sinfiy ongini shakllantiradi. Jismoniy tarbiyaning vazifasi reja bilan tashkillashtirilgan boshqaruvni biologik va ijtimoiy dialektik o’zaro bog’liqlikni shaxsning hamma tomonlama rivojlanishiga ta’sir etishdir. Muntazam sport faoliyatida intilish, obyektib ijtimoiy zaruriyat va alohida talabning yaqqol namoyon bo’lgan yakkakurashidir, lekin sport faoliyatiga talab, biologik emas, balki ijtimoiy zaruriyatga asoslangan.

Yüklə 99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin