Chingizxon fan dasturi 2019. doc


Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak mug‘ullar davlatida xon hokimiyatinng quyidagi huquq va vazifalari bor edi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə5/10
tarix02.06.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#60441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi.mo\'g\'ullar

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak mug‘ullar davlatida xon hokimiyatinng quyidagi huquq va vazifalari bor edi:
1. Xon hukmdor urug‘ining boshlig‘i va qaram vassallar hukmdori sifatida butun mamlakat, uluslarga tegishli hududlar ustidan oliy huquqqa ega bo‘lib, uning asosiy vazifasi – mamlakatni tashqi dushmanlardan qurolli himoya qilish edi.
2. Xon urush e’lon qilish va sulh tuzish huquqiga ega bo‘lib, mamlakat qo‘shinlarining oliy boshlig‘i edi.
3. Xon boshqa davlatlar bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega bo‘lib, mamlakatning tashqi siyosiy aloqalarini ham boshqargan.
4. Xon o‘z qaramog‘idagilarni qatl etish va omon qoldirish huquqiga ega bo‘lib, mamlakatdagi bosh qozi vazifasini ham bajargan.
5. Xon qonunlar chiqarish hamda jamiyatning barcha a’zolari bajarishi lozim bo‘lgan farmonlar chiqarish huquqiga ega bo‘lib, jamoat tizimi va tartibni saqlash vazifasini bajargan.
Boshqaruvning qadimgi mug‘ul an’analariga ko‘ra, davlatdagi oliy hokimiyat xon qo‘lida bo‘lgan. Oliy hokimiyat huquqini beruvchi yagona manba – oltin urug‘ (Altan urug) hohishi bo‘lib, oltin urug‘ o‘z xohish – istagini shahzoda va aslzodalarning Qurultoyida ifoda etgan. Oltin urug‘ning har qanday a’zosi o‘z fazilatlari bilan shahzodalar va oliy aristokratiya tomonidan xon bo‘lishga lozim topilsa, xon bo‘lib saylangan. Mug‘ul jamiyatida noiblar, zodagonlar va aslzodalar turli-tuman unvonlar berish ta’qiqlangan. Abul Faraj va Juvayniyning “Yasoq”larni sharhlashiga ko‘ra, “podsho taxtiga o‘tirgan kishiga faqat bitta xon yoki qoon unvoni beriladi. Uning aka-uka va qarindoshlari faqat o‘zining nomi bilan ataladi.” “Yasoq”larning bu qismiga juda qattiq rioya qilingan bo‘lishiga qaramay, XIV asrning o‘rtalaridan boshlab Jo‘ji va Chig‘atoy uluslarida sulton unvoni ishlatila boshlandi.
Mug‘ul an’analariga ko‘ra, yangi hukmdorni saylaydigan butun mug‘ul qurultoyi chingiziylar urug‘ining yoshi eng ulug‘i yoki vaqtincha hukmdor tomonidan chaqirilgan. Qurultoy vaqti oldindan belgilangan va choparlar orqali barcha uluslarga xabar berilgan. Belgilangan vaqt va aniqlangan joyda ulkan imperiyaning barcha uluslaridan shahzodalar va ularning qarindosh-urug‘lari, malikalar, kuyov-ko‘ragonlar, obro‘li no‘yonlar, amirlar, amaldorlar, shuningdek, mug‘ullarga bo‘ysungan hukmdorlar o‘zlarining qimmatbaho hadya va tortiqlari bilan yetib kelganlar. Qurultoy bir necha hafta davom etgan (mas., 1229 yilda 40 kun, 1246 yilda 4 hafta va hok.)
Mug‘ullarda hukmdor xon davlat boshqaruvidagi oliy hukmdor bo‘lib, an’anaga ko‘ra, xon hokimiyati umumiy manfaatlar, jamiyatdagi barqarorlik va adolatlilik kafolati bo‘lgan. Hukmdor xonadonining har bir voyaga yetgan a’zosiga, jumladan hukmdorning beva qolgan xotiniga imperiyaning umumiy hududidan ma’lum sondagi hunarmandlar va dehqonchilik tumanlari berilgan. Ulardan kelgan foyda mulk egasining saroyi va qo‘shinlari ehtiyojini qondirishga sarflangan.
Shu bilan birgalikda har bir voyaga yetgan mug‘ul shahzodasi el (ma’lum urug‘- va qabilalar) va yurtga (hududiy voha, yaylov uchun yerlar) davogarlik qilgan. Bunday sharoitda ular o‘z ulusi odamlari bilan ularning qishgi va yozgi maskanlarida yashashlari hamda boshqaruv va soliq yig‘ilishiga aralashmasliklari lozim bo‘lgan. O‘troq viloyatlar boshqaruvi, dehqonchilik vohalari va hunarmandchilik ustaxonalaridan soliq yig‘ish va uni “kerakli odamga yuborish” buyuk xon tomonidan tayinlangan maxsus shaxslar, keyin esa mahalliy hukmdorlar zimmasida bo‘lgan.
Chingiziylar davlatida harbiy aslzodalar ko‘p bo‘lib, Chingizxonning o‘zi ham, undan keyingi mug‘ul xonlari ham ularni xon va davlat oldidagi hizmatlari uchun taqdirlab turganlar. Bunday taqdirlanganlar tarxon deb atalgan. Ular turli soliqlardan ozod qilingan bo‘lib, ov paytida va urushlarda qo‘lga kiritilgan o‘ljalar ularning shaxsiy mulki hisoblangan.
Mug‘ilistonning o‘zida va saltanatning sharqiy qismlarida Chingiziylar xonadoni shahzodalari dastlab kobegun, keyinchalik tayji deb atalgan. Chingiziylar davlatining g‘arbiy qismida shahzodalar boshqacha atalgan. XIII-XIV asrlar musulmon mualliflari asarlarida dastlabki Chingiziylar shahzoda, podshozoda yoki oddiy forscha pisar (o‘g‘il) deb atalgan bo‘lsa, g‘arbiy chingiziylarning uchinchi, to‘rtinchi va keyingi avlodlari turkcha o‘g‘il (ogul), o‘g‘lon (oglan) (odatda shahzodaning nomidan keyin) sifatida tilga olinadi. Yuqorida eslatganimizdek, XIV asrdan boshlab (ayniqsa g‘arbiy Chingiziylarda) nisbatan keng tarqalgan shahzodalar unvoni sulton hisoblanadi.
Xullas, Chingizxon asos solgan saltanat Markaziy Yevropadan Yapon dengizigacha, O‘rta Yer dengizidan Hindixitoygacha bo‘lgan ulkan hududni o‘z ichiga olgandi. Madaniy jihatdan bo‘ysundirilgan xalqlardan ancha orqada bo‘lgan Chingiziylar qaram o‘lkalar tarixiy taraqqiyotida salbiy iz qoldirdi. Chingizxon asos solgan saltanatda uluslarga bo‘lib boshqarish joriy qilingan bo‘lsa-da, har bir ulus mustaqil bo‘libgina qolmay, ular o‘rtasida uzoq yillar o‘zaro urushlar bo‘lib turdi.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin