134
―Ravzat-ur Rizvon‖da bu haqda Mahmud Sultonning Xo‗ja Sa‘dga
yozgan iltimosi (arzadosht) keltirilgan. Bunda ko‗rsatilishicha, ushbu
sultonning onasi Nur qishlog‗ida (Nurota) Mulk huquqi asosida ikkita
koriz
66
ga ega bo‗lgan. Ilgarigi Samarqand, Toshkentxon sultonlar
bunday mulklardan olinadigan o‗ndan bir soliqni undirmaganlar
Abdullaxon esa Nurga kelganida ushbu korizlarga daromadning 1/10
qismi miqdorida soliq solinganligini, xoja xonga buni tushuntirib
soliqdan ozod etishni so‗ragan.
Tarixiy manbalarda davlatda ta‘siri kuchli bo‗lgan otaliqlarning
hatto ulus xonlari vakolatlarini o‗zlashtirib, yig‗ilgan soliqlarni talon-
taroj qilganliklari haqida ma‘lumotlar uchrab turadi. Bunga dastlab
Termiz hokimi (1584 yildan O‗ratepa hokimi) Mahmud Sultonning
Xo‗ja Sa‘dga yozgan xatida keltirilgan ma‘lumotlar guvohlik beradi.
Xatda keltirilishicha, Xushi Jaloyirni Abdullaxon unga otaliq qilib
(Xushbiy otaliq) tayinlashga bir yil ham bo‗lmasdan, u barcha davlat
ishlarini, hatto hokim xonadonini boshqarish sarkorligi ishlarini ham o‗z
qo‗liga olib, viloyatdan to‗rt yil mobaynida to‗plangan muqarrari,
ixrajot, oshlig‗, mol kabi soliq va yig‗imlarni o‗zlashtirib olganligi,
buning natijasida viloyatning xonavayron bo‗lganligi hamda Xo‗jadan
ushbu xat mazmunidan Abdullaxonni ogoh qilib qo‗yish so‗ralgan
67
.
Shunday qilib shayboniylar hukmronligi va undan keyingi o‗zbek
xonliklari davrida ham yer egaligining o‗tmishda shakllangan turlari
saqlanib qolishi barobarida, ulardan tushadigan soliqlar ham ma‘lum
miqdorda davlat va amaldorlar xazinasini to‗ldirishda katta ahamiyat
kasb etgan.
Dostları ilə paylaş: