Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Q.X. Azizov ―Maxsus fanlarni o‗qitish metodikasi‖ fanidan o‗quv qo‗llanma.
Toshkent-2021, TDTU. -121 b.
INNOVATSIYA VA TA‘LIM TIZIMINING UZVIYLIGI
Abduraxmanov Ravshan Anarbaevich t.f.b.f.d. (PhD), dotsent
O‗zMU Jizzax filiali Jizzax shahri
Annotatsiya: Ushbu maqolada jahonda va respublikamizda yuz berayotgan ta‘lim
tizimidagi o‗zgarishlar, ta‘lim tizimining innovatsiya bilan uzviy bog‗liqligi, rivojlanishi,
innovatsiya tushunchasining genezisi va uning hozirgi holati tahlili, innovatsiyani amalga joriy
etish jarayoni bosqichlarining ketma-ketligi va ijtimoiy mexanizmini tavsiflovchi tarkibiy
elementlar va ularning o‗zaro aloqaga kirishish usuli, innovatsiya rivojlanishning ijtimoiy
mexanizmi kabi jihatlari tahlil qilingan.
Kalit so‗zlar: innovatsiya, ta‘lim tizimi, innovaisya genezisi, innovatsiya fenomeni,
rivojlanish omili, rivojlanish resursi.
So‗nggi yillarda jahonda yuz berayotgan voqealar jamiyatning ta‘lim
tizimi
mamlakatning rivojlanish omili sifatidagi ahamiyatini yanada oshirish davr talabi bo‗lmoqda.
Milliy ta‘lim tizimi dunyoda yuz berayotgan o‗zgarishlar jarayonlarida, ayniqsa, ta‘sirchan
bo‗lgan qismi sanalgani bois juda muhim rol o‗ynaydi. Ta‘lim tizimini davr talablariga muvofiq
o‗zgartirish dolzarb muammoga aylanmoqda. Har qanday
modernizatsiya yuksak
texnologiyalarni o‗zlashtirishni taqozo etadi, ularni esa faqat eng yangi ilmiy ma‘lumotlar
asosida ishlab chiqish mumkin.
Innovatsiyalar doim ta‘lim tizimi bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan,
shu bois u tinimsiz
rivojlanib bormoqda. Albatta, ta‘lim innovatsiyalar sonini bevosita belgilamaydi. Ammo ta‘lim