51
Ma‘nosi,
kishining to‗plagan bilimi, ko‗nikma va fikrlash uslubi uning tezaurusini tashkil
qiladi.
Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyil asosida bir qator qonuniyatlar yotadi. Jumladan:
— dunyoni o‗rganib bo‗ladi va insoniyat aniqlagan va amaliyotda sinab ko‗rilgan
qonuniyatlarni o‗rgansa bo‗ladi;
— ta‘lim-tarbiya jarayoni — ilmiy faoliyat orqali to‗plangan, ob‘ektiv olam to‗g‗risidagi
ma‘lumot tizimini o‗sib kelayotgan avlodga bildiradi;
— ilmiylik — beriladigan bilimlar ma‘lum bir ketma-ketlikda
berilishini taqozo etadi;
— ilmiylik yana berilayotgan bilimning hozirgi zamon ijtimoiy va ilmiy-taraqqiyot
darajasiga mosligi bilan hamda tuzilgan dastur va ishchi rejaga mos bo‗lishligi
bilan ham
belgilanadi.
Nazariya va amaliyot birligi tamoyili. Bu tamoyil falsafaning bilish nazariyasining
markaziy qoidasiga asoslanadi. Unda, bilishning birinchi va asosiy nuqtai nazari — bu hayotning
va amaliyotning nuqtai nazaridir, deyiladi. U quyidagi qonuniyatlardan kelib chiqadi:
— har qanday bilimning to‗g‗riligi
amaliyotda sinalib, tasdiqlanadi;
— amaliyot —
haqiqat mezoni, bilishning manbai va tadqiqot natijalarining qo‗llanish
ko‗lami;
— to‗g‗ri tashkil qilingan ta‘lim-tarbiya hayotdan kelib chiqadi;
—ta‘lim-tarbiyaning samaradorligi uning amaliyot bilan qanchalik bog‗liqligi bilan
belgilanadi;
—
bilim berishning samaradorligi, uning politexnik ta‘lim bilan bog‗liqligi bilan
belgilanadi;
— berilayotgan bilim hayot bilan qanchalik bog‗lansa, talabalardagi
bilim egallash
shunchalik ongli va oson kechadi.
Dostları ilə paylaş: